Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


PENSIYALARNI  H ISO BLASH NING



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

  PENSIYALARNI  H ISO BLASH NING
 
U M U M IY   QOIDALARI
10 .1 .  Pensiyalarni  hisoblab  chiqarishning
 
umumiy  talablari
Pensiyalar  m iqdorini  hisoblab  chiqarish  paytida  ish  haqi 
miqdori  va  mehnat  staji  hajmi  muhim  o ‘rin  tutadi.
„Fuqarolaming  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  qonun- 
ning  25-m oddasiga  k o 'ra   pensiyalarning  qat'iy   m iqdori  uch 
tarkibiy  qismga  bo‘linadi:
a)  pensiyaning  tayanch  miqdori;
b)  mehnat  staji  uchun  pensiyaning  oshirilishi;
d)  pensiyaga  qo'shiladigan  ustama  haqlardan  tashkil  topadi.
Ushbu  uch  tarkibiy  qismning  aniqlanishi  turli  pensiya  tur- 
larida  birm uncha  o ‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  bo‘lsa-da,  ularni 
hisoblab  chiqarilishida  ular  asos  qilib  olinadi.
Pensiyaning  tayanch  miqdori:
a)  yoshga  doir  to ‘liq  pensiya  uchun  —  pensiyani  hisoblab 
chiqarish  uchun  (31  va  33-moddalar)  olinadigan  o'rtacha  oylik 
ish  haqining  55  foizi,  lekin  rasmiy  belgilangan  eng  kam  oylik 
ish  haqining  kamida  100  foizi  miqdorida;
b)  I  va  TI  guruh  nogironlariga  nogironlik  pensiyasi  uchun  — 
pensiyani  hisoblab  chiqarish  uchun  olinadigan  o‘rtacha  oylik  ish 
haqining  55  foizi,  lekin  eng  kam  oylik  ish  haqining  kamida  100 
foizi  miqdorida;
d)  oilaning  m ehnatga  layoqatsiz  har  bir  a'zosiga  boquv- 
chisini  yo‘qotganlik  pensiyasi  uchun  —  pensiyani  hisoblab  chi- 
qarish  natijasida  olinadigan  o'rtacha  oylik  ish  haqining  30  foizi, 
lekin  eng  kam  oylik  ish  haqining  kamida  50  foizi  miqdorida;
e)  ota-onasidan  judo  bo ‘lgan  (chin  yetim)  bolalarga  yoki 
vafot  etgan  yolg‘iz  onaning  bolalariga,  har  bir  bolaga  boquv- 
chisini  y o 'q o tg an lik   pensiyasi  uch u n   —  pensiyani  hisoblab 
chiqarish  uchun  olinadigan  o'rtacha  oylik  ish  haqining  30  foizi, 
lekin  eng  kam  oylik  ish  haqining  kamida  100  foizi  miqdorida.
Ish  staji  uchun  pensiyaning  oshirilishi.  To‘liq  pensiya  tayin- 
lashda  talab  etiladiganidan  ortiqcha  ish  stajining  har  bir  to ‘liq 
yili  u c h u n   p en siy alarn in g   tay an ch   m iq d o rlari  qu y id ag ich a 
oshiriladi:
87
www.ziyouz.com kutubxonasi


a)  yoshga  doir  pensiyalar  —  pensiyani  hisoblab  chiqarish 
uchun  (31  va  33-moddalar)  olinadigan  o ‘rtacha  oylik  ish  ha- 
qining  1  foizi  miqdorida;
b)  1  va  II  guruh  nogironlariga  nogironlik  pensiyalari  —  pen- 
siyani  hisoblab  chiqarish  uchun  olinadigan  o 'rtach a  oylik  ish 
haqining  1  foizi  miqdorida;
g) 
boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyalari  oilaning  mehnatga 
qobiliyatsiz  har  bir  a'zosi  uchun  —  boquvchining  o‘rtacha  oylik 
ish  haqining  0,5  foizi  miqdorida  oshiriladi.
Ota-onasidan  judo  bo'lgan  (chin  yetim)  bolalarga  tayinlana- 
digan  boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyalarini  oshirish  ota  va  ona 
ish  haqlarining  umumiy  miqdoridan  kelib  chiqib,  eng  kam  oylik 
ish  haqining  sakkiz  hissa  miqdori  doirasida  amalga  oshiriladi.
Yoshga  doir  pensiyalaming  va  I  hamda  II  guruh  nogironlariga 
belgilanadigan  nogironlik  pensiyalarining  miqdori  —  pensiyani 
hisoblab  chiqarish  uchun  olinadigan  ish  haqining  75  foizidan 
iborat  bo'ladi.
Pensiya  miqdorini  hisoblashdagi  uchinchi  tarkibiy  qism  — 
pensiyalarga  qo ‘shiladigan  ustama  haqlardir.
„Fuqarolaming  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  qonun- 
ning  28-m oddasiga  ko‘ra:  „H isoblab  chiqarilgan  pensiyalarga 
ustama  haqlar  quyidagi  miqdorlarda  belgilanadi:
a)  I  guruh  urush  nogironlariga  —  eng  kam  oylik  ish  haqi- 
ning  150  foizi;
b)  II  guruh  urush  n o g ironlariga  —  eng  kam  oylik  ish 
haqining  125  foizi;
d)  III  guruh  urush  nogironlariga  —  eng  kam  oylik  ish 
haqining  75  foizi;
e)  ko‘zi  ojiz  I  guruh  nogironlariga  —  eng  kam  oylik  ish 
haqining  100  foizi;
0   I  guruh  nogironlariga  —  eng  kam  oylik  ish  haqining  75 
foizi;
g)  II  gumh  yolg'iz  nogironlarga  —  eng  kam  oylik  ish  ha- 
qining  50  foizi;
h)  urush  qatnashchilari  va  ularga  tenglashtirilgan  shaxs- 
laiga  —  eng  kam  oylik  ish  haqining  50  foizi;
i)  Ikkinchi  Jahon  umshi  yillarida  mamlakat  ichkarisida  ishla- 
gan  va  harbiy  majburiyatni  bajargan  shaxslarga  —  eng  kam  oylik 
ish  haqining  30  foizi;
88
www.ziyouz.com kutubxonasi


j)  harbiy  xizm at  yoki  ichki  ishlar  organlaridagi  xizm at 
majburiyatlarini  bajarish  chog‘ida  halok  bo'lgan  harbiy  xizmat- 
ch ilarn in g   ham da  ichki  ishlar  organlari  xodim larining  ota- 
onalariga  va  yangi  nikohdan  o'tm agan  beva  xotinlariga  (beva 
erlariga)  —  eng  kam  oylik  ish  haqining  30  foizi;
k)  0 ‘zbekiston  Respublikasi  oldida  alohida  xizmatlari  bo ‘lgan 
shaxslarga  xizmatlariga  qarab  —  eng  kam  oylik  ish  haqining  100 
foizidan  150  foizigacha;
l
)  yoshidan  qat'i  nazar  imtiyozli  pensiyaga  chiqish  huquqiga 
ega  bo‘lgan  artistlarga  —  eng  kam  oylik  ish  haqining  75  foizi;
m)  teatr-konsert  tashkilotlari  artistlari  va  badiiy  xodimlariga, 
te atr  va  musiqa  san 'ati  ijodiy  xodim lari  tayyorlovchi  o ‘quv 
muassasalarining  professor-o‘qituvchilari  va  konsertmeysterlariga, 
Vazirlar  M ahkamasi  belgilaydigan  ro‘yxatga  ko‘ra  —  eng  kam 
oylik  ish  haqining  50  foizi.
Ish  staji  to ‘liq  b o ‘lmagan  chog‘dagi  pensiyalar  bor  stajga 
mutanosib  miqdorda  tayinlanadi.
Ish  staji  to ‘liq  bo ‘lmagan  chog‘dagi  pensiyalar:
—  yoshga  doir  pensiyalar  uchun —  eng  kam  oylik  ish  haqi- 
ning  50  foizidan;
—  I  guruh  nogironlariga  nogironlik  pensiyalari  uchun — eng 
kam  oylik  ish  haqining  100  foizidan;
—  II  guruh  nogironlariga  nogironlik  pensiyalari  uchun — eng 
kam  oylik  ish  haqining  50  foizidan;
—  oilaning  mehnatga  layoqatsiz  har  bir  a'zosiga  boquvchisini 
yo‘qotganlik  pensiyasi  uchun — eng  kam  oylik  ish  haqining  50 
foizidan;
—  otasi-onasidan  judo  bo‘1gan  (chin  yetim)  har  bir  bolaga 
boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasi  — eng  kam  oylik  ish  haqi- 
ning  100  foizidan  kam  bo‘lmasligi  lozim.
U stam a  haqlar  tayinlanayotgan  pensiyaning  turidan  q a t’i 
nazar  q o ‘shib  hisoblanadi.
Pensiya  so'rab  m urojaat  etgan  kishiga  qonun  hujjatlarida 
nazarda  tutilgan  ustama  haq  bilan  bir  paytda  0 ‘zbekiston  Res- 
publikasi  oldida  alohida  xizmatlari  bo'lgan  shaxslarga  bajargan 
ishlariga  qarab  eng  kam  oylik  ish  haqining  100  foizidan  150 
foizigacha  ko‘rsatilgan  ustama  haq  qo‘shib  hisoblanishi  mumkin 
(ikkita  ustama  haq  berilishi  mumkin).
Tayinlangan  pensiyalar  keyinchalik  qayta  hisoblanishi  mum- 
kin.  Pensiyani  qayta  hisoblashga  asos  b o ‘ladigan  ana  shunday
89
www.ziyouz.com kutubxonasi


holatlar  „Fuqarolam ing  davlat  pensiya  ta ’m inoti  to ‘g‘risida“gi 
qonunning  49-moddasida  ko'rsatib  qo‘yilgan  bo‘lib,  ular  quyi- 
dagi  hollarda  qayta  hisoblanadi:
—  pensioner  pensiya  miqdoriga  ta'sir  ko‘rsatuvchi  (pensiya 
tayinlanishigacha  bo‘lgan  ish  staji  va  ish  haqi  to ‘g‘risidagi  hamda 
boshqa)  qo'shim cha  hujjatlami  taqdim  etgan  taqdirda;
—  nogironlik  guruhi  o ‘zgarganda;
—  boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasi  oladigan  oila  a'zolari 
soni  o ‘zgarganda;
—  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdorlari  o‘zgargan  taqdirda;
—  m intaqaviy  koeffitsiyent  belgilangan  (b ek o r  qilingan) 
yoki  uning  miqdori  o ‘zgargan  taqdirda;
—  daromadlar  indeksatsiya  qilingan  taqdirda  amalga  oshiriladi.
Pensionerlar  pensiyani  qayta  hisoblash  uchun  ana  shunday
huquq  paydo  boMganidan  keyin  istalgan  vaqtda  murojaat  etishlari 
mumkin.
Pensiyani  oshirish  huquqi  paydo  bo'lganida,  tayinlangan 
pensiyani  qayta  hisoblash,  pensioner  pensiyani  qayta  hisoblash 
uchun  murojaat  etgan  oydan  keyingi  oyning  birinchi  kunidan 
amalga  oshiriladi.
Pensiya  miqdorini  kamaytirishga  sabab  bo ‘ladigan  holatlar 
vujudga  kelgan  taqdirda,  qayta  hisoblash  ana  shu  holatlar  paydo 
bo‘lgan  oydan  keyingi  oyning  birinchi  kunidan  boshlab  amalga 
oshiriladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə