Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .4 .  Pensiya  tayinlashda  o ‘rtacha  oylik  ish  haqini



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

9 .4 .  Pensiya  tayinlashda  o ‘rtacha  oylik  ish  haqini
 
hisoblab  chiqarish  tartibi
Tayinlanadigan  pensiyalar  miqdorini  belgilovchi  asosiy  omil 
—  o'rtacha  oylik  ish  haqidan  iborat.  Shu  sababli  o ‘rtacha  oylik 
ish  haqi  to ‘g‘ri  aniqlanishi  va  to ‘g‘ri  hisoblanishi  muhim  aha- 
miyatga  egadir.
Pensiya  tayinlash  chog'ida  o ‘rtacha  oylik  ish  haqini  hisob- 
lashning  umumiy  tartibi  „Fuqarolam ing  davlat  pensiya  ta'm inoti 
to ‘g ‘risida“gi  qonunning  31-moddasida  belgilangan  bo‘lib,  unga 
k o 'ra  pensiyani  hisoblab  chiqarish  uchun,  ishdagi  tanaffuslar 
mavjudligidan  q at'i  nazar,  oxirgi  o ‘n  yillik  m ehnat  faoliyati 
davomidagi  istalgan  ketma-ket  besh  yil  uchun  (pensiya  so‘rab 
m urojaat  etgan  kishining  tanlovi  b o ‘yicha)  amaldagi  o ‘rtacha 
oylik  ish  haqi  olinadi.  0 ‘rtacha  oylik  ish  haqi  ketma-ket  ish- 
langan  oltmish  kalendar  oyidagi  ish  haqining  umumiy  miqdorini 
oltmishga  bo'lish  yo‘li  bilan  aniqlanadi.  Bunda  pensiya  so'rab 
murojaat  etgan  kishining  xohishiga  qarab,  ishga  kirish  yoki  ish- 
dan  bo‘shash  munosabati  bilan  ish  kunlari  soni  to'liq  bo ‘lma- 
gan  oylar  ishlangan  to'liq  kalendar  oylari  sifatida  hisobga  olinadi.
Pensiya  soTab  m urojaat  etgan  kishi  besh  yildan  oz  vaqt 
ishlagan  hollarda  o'rtacha  oylik  ish  haqi  ishlangan  kalendar  oy- 
laridagi  ish  h aq in in g   um um iy  m iq d o rin i  shu  oylar  soniga 
bo'lish  yo‘li  biian  aniqlanadi.
M avsum iy  ishlarda  band  b o ‘lgan  xodim larga  pensiyalar 
tayinlashda  amaldagi  o'rtacha  oylik  ish  haqi  istalgan  ketma-ket 
besh  mavsumdagi  ish  haqini  oltmishga  bo‘lish  yo‘li  bilan  aniq- 
lanadi.
Pensiyani  hisob-kitob  qilish  uchun  eng  kam  ish  haqining 
sakkiz  hissasidan  ortiq  bo‘lmagan  ish  haqi  olinadi.
Pensiyani  hisoblab  chiqarish  uchun  olinadigan  o ‘rtacha  oylik 
ish  haqi  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdoridan  oz  bo ‘lgan  yoki  ish 
haqi  to ‘g‘risidagi  m a'lum otlar  umuman  bo‘1magan  hollarda  ish 
staji  uchun  pensiya  eng  kam  oylik  ish  haqiga  qarab  hisoblab 
chiqariladi.
Qonun  hujjatlariga  muvofiq  sug'urta  badallari  hisoblanadigan 
ish  haqining  b archa  tu rlari  pensiyalam i  hisoblab  chiqarish 
uchun  ish  haqiga  qo'shiladi.
Davlat  tomonidan  ijtimoiy  sug'urtalanmaydigan  shaxslaming 
pensiyasini  hisoblab  chiqarish  uchun  ish  haqiga  sug‘urta  badal-
82
www.ziyouz.com kutubxonasi


lari  olinadigan  m ehnat  haqi  turlariga  o'xshash  pul  ta'm inotining 
barcha  turlari  qo'shiladi.
Pensiya  so‘rab  m urojaat  etgan  kishining  xohishiga  binoan 
o‘quv  davrida to'langan  stipendiya  ish  haqiga tenglashtiriladi.
Ish  vaqtini  hisob-kitob  qilish  mumkin  boMmagan  xodimlar- 
ning  (fermerlar,  yakka  tartibdagi  mehnat  faoliyati  bilan  shug'ul- 
lanuvchi  shaxslar,  ayrim  fuqarolam ing  yum ushlarini  bajaruv- 
chilar  va  hokazo)  pensiyalarini  hisoblab  chiqarish  uchun  ish 
haqi  miqdori  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzu- 
ridagi  B udjetdan  tash q ari  Pensiya  jam g 'arm asig a  to 'la n g a n  
sug'urta  badallari  miqdoriga  qarab  aniqlanadi.
Ish  haqining  natural  qismi  ijtimoiy  sug'urtaga  o ‘tkazilgan 
badallar  miqdoriga  qarab  baholanadi.
Boshqa  davlatlardan  ko‘chib  kelgan,  0 ‘zbekiston  Respubli- 
kasida  ishlamagan  fuqarolarga  pensiyalar  0 ‘zbekistondagi  tegishli 
kasb  ham da  malakadagi  xodimlarning  pensiya  tayinlanayotgan 
vaqtdagi  o 'rtach a  oylik  ish  haqiga  asoslangan  holda  hisoblab 
chiqariladi.
Basharti,  bunday  kasb  hamda  malakalar  respublikada  bo‘l- 
masa,  o ‘rtacha  oylik  ish  haqini  aniqlash  tartibini  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  belgilab  beradi.
Chet  elda  ishlashga  yuborilgan  xodimlaming  o'rtacha  oylik  ish 
haqini  hisoblab  chiqarishda  ular  chet  elga  yuborilishidan  oldin 
olgan  ish  haqi  hisobga  olinadi.
Ishlovchilaming  ish  haqiga  mintaqaviy  koeffitsiyent  belgilan- 
gan  hududlarda  yashovchi  shaxslar  va  oilalarga  pensiya  tayinlashda 
mintaqaviy  koeffitsiyent  e'tiborga  olingan  holda  hisoblab  chiqilgan 
amaldagi  ish  haqi  hisobga  olinadi.
Turli  davrlarda  tayinlangan  davlat  pensiyalarini  barobarlash- 
tirish  maqsadida  joriy  qilingan  tuzatish  koeflfitsiyentlarini  qo'llash 
tartibi  sohasida  muayyan  o ‘zgarishlar  joriy  qilindi.
Jum ladan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asi- 
ning  2011-yil  8-sentabrdagi  252-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan 
„Davlat  pensiyalarini  tayinlash  va  to ‘lash  tartibi  to ‘g‘risida“gi 
N izom ga  ilova  qilingan  „P en siy an i  hisoblash  uchun  qabul 
qilinadigan  amaldagi  ish  haqining  yakka  tartibdagi  koeffitsi- 
yentlarini  qo‘llagan  holda  qayta  hisoblab  chiqish  tartibi  to ‘g‘ri- 
sida“gi  Nizomga  ko‘ra:  „Ish  haqining  yakka  tartibdagi  koeflfitsi- 
yenti  —  tegishli  oyning  pensiyasini  hisoblash  uchun  qabul
83
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilinadigan  haqiqiy  ish  haqining  aynan  shu  oyning  eng  kam 
oylik  ish  haqi  nisbati  sifatida  aniqlanadigan  m iqdor  b o ‘lib, 
shaxsning  ishdagi  mavjud  tanaffuslaridan  qat'i  nazar  (pensiya 
tayinlash  uchun  m urojaat  qilgan  shaxsning  tanlashiga  ko‘ra), 
mehnat  faoliyatining  oxirgi  o ‘n  yili  mobaynidagi  istalgan  ketma- 
ket  oltmish  oyidan  har  bir  oyi  uchun  aniqlanadi,  bunda  shaxs- 
ning  pensiyani  hisoblash  uchun  qabul  qilinadigan  haqiqiy  ish 
haqi  tegishli  oydagi  eng  kam  oylik  ish  haqi  miqdoriga  bo‘linadi  va 
hisoblab  chiqiladi.
Davlat  pensiyalarini  rasmiylashtirish  va  tayinlangan  pensiya- 
larni  to ‘lash  bilan  bog'liq  hujjatlarni  yuritish  tartibi  0 ‘zbekiston 
respublikasi  Adliya  vazirligi  tomonidan  2011-yil  17-noyabrda  2282- 
son  bilan  ro'yxatga  olingan  „Pensiya  ishlarini  rasmiylashtirish  va 
yuritish  tartibi  pensiya  hujjatlarining  shakllari  va  ulami  to‘ldirish 
qoidalari  to ‘g‘risidagi  yo‘riqnoma“da  belgilab  qo'yilgandir.1

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə