Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


  Pensiya  tayinlash  haqidagi  hujjatlarni  ko‘rib



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

9.5.  Pensiya  tayinlash  haqidagi  hujjatlarni  ko‘rib
 
chiqish  va  qaror  qabul  qilish
„Davlat  pensiyalarini  tayinlash  va  toMash  tartibi  to ‘g‘risida“gi 
N izom ning  5 -b o ‘limi  pensiya  tayinlash  haqidagi  hujjatlarni 
ko‘rib  chiqish  va  qaror  qabul  qilish  masalalariga  bag‘ishlanadi.
Pensiya  tayinlash  masalalarini  ko'rib  chiqish  uchun  pensiya 
jamg'armasi  boMimida  pensiya  tayinlash  bo'yicha  komissiya  tuzi- 
ladi.  Komissiya  faoliyatini  tashkil  etish  tartibi  qonun  hujjatlarida 
belgilanadi.
Komissiya  boshqa  zarur  hujjatlar  bilan  birgalikda  pensiya 
tayinlash  to ‘g‘risidagi  ariza  tushgandan  keyin  o‘n  kun  muddatda 
tegishli  qaror  qabul  qiladi  (pensiya  tayinlash  to ‘g‘risida,  pensiya 
tayinlashni  rad  etish  haqida,  taqdim  etilgan  hujjatlarning  asos- 
langanligini  tekshirish  to ‘g‘risida  va  hokazo).
Agar  ariza  beruvchi  pensiya  olish  huquqiga  ega  boMgani  holda 
pensiya  tayinlash  uchun  murojaat  qilishda  nazarda  tutilgan  zarur 
hujjatlami  taqdim  etmasa  yoki  taqdim  etilgan  hujjatlar  ulaming 
asoslanganligi  va  ishonchliligi  yuzasidan  qo ‘shimcha  tekshirishni 
talab  qilsa,  komissiya  tom onidan  ariza  beruvchining  yozma 
roziligiga  ko'ra  shubha  tug‘dirmaydigan  mavjud  hujjatlar  bo'yicha
1  ,,0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami“ ,  2011-yil.
84
www.ziyouz.com kutubxonasi


pensiya  tay in lan ish i  m um kin.  Agar  ariza  beruvchi  shubha 
tug‘dirmaydigan  mavjud  hujjatlar  bo‘yicha  pensiya  tayinlashga 
rozi  bo‘lmasa,  komissiya  ariza  beruvchi  tomonidan  taqdim  etilgan 
hujjatlami  tekshirish  tamom  bo‘lgandan  keyin  pensiya  tayinlash 
to ‘g‘risida  qaror  qabul  qiladi.
Pensiya  ishi  komissiya  tom onidan  pensiya  tayinlash  to ‘g‘risida 
qaror  qabul  qilingan  kun  mobaynida  rasmiylashtirilishi  kerak.
Pensiya  ishlarini  rasm iylashtirish  va  yuritish  tartibi,  shu- 
ningdek,  pensiya  hujjatlari  shakllari  va  ulami  to ‘ldirish  qoidalari 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  tom onidan  tasdiqlanadi.
Pensiya  tayinlash  rad  etilgan  taqdirda  Pensiya  jamg'arm asi 
bo'limi  tegishli  qaror  chiqarilgandan  keyin  besh  kundan  kechik- 
may  tashkilot  yoki  ariza  bemvchiga  rad  etish  sabablarini,  qabul 
qilingan  qaro r  yuzasidan  shikoyat  qilish  tartib i  ko ‘rsatilgan 
bildirishnomani  berishi  yoki  yuborishi  hamda  barcha  taqdim  etil- 
gan  hujjatlarning  asl  nusxalarini  hujjatlar  olinganligi  to ‘g‘risidagi 
tilxat  bilan  p en sio n em in g   (o ta-o n an in g ,  qonuniy  vakilning) 
qo'liga  qaytarishi  shart.
Komissiyaning  qarori  yuzasidan  ariza  bemvchi  tom onidan 
Pensiya  jam g'arm asi  bolim ining  bevosita  yuqori  organiga  yoki 
sudga  shikoyat  qilish  mumkin.
Boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasini  olish  huquqiga  ega 
b o ‘lgan  oila  a ’zo larin in g   barchasiga  b itta  um um iy  pensiya 
tayinlanadi.  Oila  a'zosining  talabiga  ko‘ra  uning  pensiyadagi  ulushi 
ajratiladi  va  unga  alohida  to'lanadi.
Boshqa  tum anda  (shaharda)  yashaydigan  oila  a'zosi  o‘ziga 
pensiya  ulushini  tayinlash  yoki  ajratish  to ‘g‘risidagi  ariza  bilan 
murojaat  qilganda,  murojaat  qilganning  yashash  joyi  b o ‘yicha 
Pensiya  jam g 'arm asi  b o ‘limi  rasm iylashtiradigan  yoki  ushbu 
oilaning  amaldagi  pensiya  hujjatlari  yig‘majildi  turgan  Pensiya 
jam g ‘armasi  b o ‘limiga  tegishli  xabarnom ani  yuboradi.  Xabar- 
nomaga  ariza  va  yangidan  murojaat  qilgan  oila  a'zosining  pensiya 
olish  huquqini  tasdiqlaydigan  hujjatlar  ilova  qilinadi.
Pensionerga  rasmiy  hujjat  hisoblanadigan  pensiya  guvoh- 
nomasi  beriladi.
KALIT S O ‘ZLAR
  Pensiya  tayinlashni  so 'ra b   m urojaat  qilish.  Pensiya 
tayinlovchi  organlar.  Pensiya  tayinlash  hujjatlari.  Ishlayotgan  xodim larga 
pensiya  to ‘lash.  Pensiya  hujjatlarini  ko'rib  chiqish.  Pensiya  tayinlashni  rad 
etish.
85
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə