Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .2 .  Pensiya  tayiniash  uchun  murojaat  qilish



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

9 .2 .  Pensiya  tayiniash  uchun  murojaat  qilish
 
va  talab  etiladigan  hujjatlar
Yoshga  doir  pensiya  tayinlanishini  so‘rab  pensiya  yoshiga 
to ‘lmasdan  aw al  ham  murojaat  etish  mumkin,  lekin  bu  maz- 
kur  pensiyani  bir  oydan  so‘ng  olish  huquqiga  ega  boMinadi.
Pensiya  tayinlash  to ‘g‘risidagi  arizaga  barcha  zarur  hujjatlar 
ilova  qilinmagan  hollarda  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'armasi 
tu m an   (sh ah ar)  b o ‘limi  q o 'sh im c h a   yana  qan d ay   hujjatlar 
taqdim  etilishi  lozimligini  korxona,  tashkilot  ma'muriyatiga  yoki 
arizachiga  ma'lum   qiladi.  Agar  ular  qo‘shimcha  hujjatlar  taqdim 
etilishi  lozimligi  to ‘g‘risida  bildirish  xati  olingan  kundan  boshlab 
3  oydan  kechikmay  taqdim  etilsa,  pensiya  tayinlash  to ‘g‘risidagi 
ariza  qabul  qilingan  kun  yoki  ariza  yuborilgan  joydagi  pochta 
shtempelida  ko'rsatilgan  sana  pensiya  tayinlash  to ‘g‘risidagi  ariza 
qabul  qilingan  kun  hisoblanadi.
Yoshga  doir  pensiya  tayinlash  to ‘g‘risidagi  arizaga  quyidagilar 
ilova  qilinishi  kerak:
a)  mehnat  stajini  (umumiy  va  maxsus)  tasdiqlaydigan  huj- 
jatlar; 1
1  0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to'plami.  2011-yil.  37-son,  377- 
modda.
76
www.ziyouz.com kutubxonasi


b)  ish  haqi  to ‘g ‘risidagi  m a'lum otnom a.
Bundan  tashqari,  zarur  hollarda  quyidagilar  taqdim  etiladi:
a)  bola  tug‘i)ganligi  va  u  sakkiz  yoshgacha  tarbiya  qilinganligi 
haqidagi  hujjat;
b)  arizachining  farzandi  bolalikdan  nogiron  yoki  nogiron 
bola  ekanligini  tasdiqlovchi  hujjatlar;
d)  arizachi  urush  ishtirokchisi  ekanligini  tasdiqlovchi  huj- 
jatlar;
e)  davolash  muassasasining  arizachi  gipofizar  mittilik  kasa- 
liga  chalingan  (liliput)ligi  va  gavda  tuzilishida  mutanosiblik  buzil- 
gan,  pakana  ekanligi  to ‘g‘risidagi  hujjati.
Urush  nogironlariga  „Fuqarolam ing  davlat  pensiya  ta ’minoti 
to ‘g‘risida“gi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Qonuni  12-moddasining 
„a“  bandiga  muvofiq  pensiya  tayinlanganda  va  ularning  pensiya- 
lariga  Qonunning  28-moddasi  „a“ ,  „b“ ,  „v“  bandlariga  muvofiq 
ustamalar  hisoblanganda  Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'arm asi 
tum an  (shahar)  bo ‘limi  arizaga  tibbiy-mehnat  ekspert  komissi- 
yasi  (TM EK )dan  olingan  tekshiruv  dalolatnom asidan  ko'chir- 
mani  ilova  qiladi.
M ehnatda  mayiblanganlik  yoki  kasb  kasalligi  oqibatida  I  va  11 
guruh  nogironi  bo‘lgan  vaqt  ish  stajiga  qo‘shiladigan  hollarda 
arizaga  TM EK   tekshirish  dalolatnomalaridan  ko‘chirmalar  ilova 
qilinadi.
Nogironlik  pensiyasini  tayinlash  to ‘g‘risidagi  arizaga  quyida- 
gilar  ilova  qilinishi  kerak:
a)  mehnat  stajini  (umumiy  va  maxsus)  tasdiqlovchi  hujjatlar;
b)  ish  haqi  to ‘g‘risidagi  m a'lum otnom a.
Agar  nogironlik  mehnatda  mayiblanish  oqibatida  sodir  bo‘l- 
gan  bo‘lsa,  unda  baxtsiz  hodisa  haqidagi  dalolatnoma  (yoki  boshqa 
rasmiy  hujjat)  taqdim  etiladi.
Bundan  tashqari,  zarur  hollarda  quyidagilar  taqdim  etiladi:
a)  arizachining  yolg‘iz  va  o ‘zgalar  yordamiga  muhtoj  deb  tan 
olinganligi  to ‘g‘risidagi  hujjat;
b)  arizachining  urush  ishtirokchisi  ekanligini  tasdiqlovchi 
hujjat.
Ijtimoiy  ta'm inot  bo‘limi  arizaga  tibbiy-xizmat  ekspert  ko- 
missiyasi  (TM EK )dan  olingan  tekshiruv  dalolatnomasidan  ko‘- 
chirmani  ilova  qiladi.
77
www.ziyouz.com kutubxonasi


Boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasini  tayinlash  to ‘g‘risidagi 
arizaga  quyidagilar  ilova  qilinishi  kerak:
a)  pensiya  tayinlanayotgan  shaxsning  yoshini  tasdiqlovchi 
tug'ilganlik  haqidagi  guvohnoma  yoki  pasport;
b)  oila  a ’zosining  vafot  etgan  boquvchiga  qarindoshligi 
munosabatlarini  tasdiqlovchi  hujjatlar;
d)  fuqarolik  holati  aktlarini  qayd  qilish  bo'lim ining  boquv- 
chining  vafot  etganligi  to ‘g‘risidagi  guvohnom asi  yoki  uning 
bedarak  yo‘qolganligini  tasdiqlovchi  hujjat;
e)  oila  boquvchisining  yoshi  to ‘g‘risidagi  hujjat  (agar  vafot 
etganlik  haqidagi  guvohnomada  yoshi  ko'rsatilmagan  bo‘Isa);
f)  boquvchining  m ehnat  stajini  tasdiqlovchi  hujjatlar;
g)  boquvchining  ish  haqi  to ‘g‘risida  maMumotnoma.
Bundan  tashqari,  zarur  hollarda  quyidagilar  taqdim  etiladi:
a)  boquvchining  qaram og‘ida  b o ‘lgan  uning  oila  a ’zolari 
tarkibi  to ‘g‘risida  mahalla,  qishloq  (shaharcha),  ovul  (uy-joy  or- 
ganlari)  fuqarolari  yig‘inining  maM um otnom asi  yoki  boshqa 
hujjatlar;
b)  oilan in g   16  yoshdan  18  yoshgacha  b o 'lg an   a 'z o la ri 
um um ta'lim   maktablari,  kasb-hunar  bilim  yurtlari,  o 'rta  maxsus 
va  oliy  o ‘quv  yurtlarining  o ‘quvchilari  ekanligini  tasdiqlovchi 
m a'lum otnom alar;
d)  m ahalla,  qishloq  (shaharcha),  ovul  (uy-joy  organlari) 
fuqarolari  yig‘iniga  vafot  etganning  ota-onasi,  turmush  o ‘rtog‘i, 
buvasi,  buvisi,  yoki  3  yoshga  to ‘lmagan  farzandlari,  aka-ukalari, 
opa-singillari,  nabiralariga  qarash  uchun  ishlam ayotganligini 
tasdiqlovchi  m a'lum otnom a  topshiriladi.
Agar  boquvchining  o'lim i  m ehnatda  mayiblanish  oqibatida 
sodir  bo'lgan  bo ‘lsa,  baxtsiz  hodisa  haqidagi  dalolatnoma  (yoki 
boshqa  rasmiy  hujjat)  ham  taqdim  etiladi.
B udjetdan  tashqari  Pensiya  ja m g ‘arm asi  tu m an   (shahar) 
bo ‘limiga  oilaning  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasini  olish 
huquqi  balog‘at  yoshidagi  oila  a'zolariga  ulam ing  nogironliklari 
oq ib atid a  berilayotganligini  tasdiqlovchi  T M E K d an   olingan 
tekshiruv  dalolatnomalaridan  ko‘chirmalar  ilova  qilinadi.
Boquvchining  mehnatda  yoki  kasb  kasalligi  oqibatida  I  va  II 
guruh  nogironi  bo'lgan  vaqti  mehnat  stajiga  qo‘shilgan  hollarda 
arizaga  TM EK   ning  tekshiruv  dalolatnom asidan  ko‘chirm alar 
ilova  qilinadi.
78
www.ziyouz.com kutubxonasi


Basharti  vasiylik  ostidagi  shaxsga  pensiya  tayinlanishi  xususida 
vasiy  m urojaat  qilayotgan  bo‘lsa,  u  holda  vasiyning  arizasiga 
vasiylikni  belgilovchi  organning  vasiy  etib  tayinlash  haqidagi 
qarori  ilova  qilinadi.  O ta-o n alar  va  vasiylar  yashash  joylari 
to'g'risida  hujjatlar  topshiradilar.
M ehnat  stajini  (umumiy  va  maxsus)  tasdiqlash  uchun  qabul 
qilinadigan  hujjatlar  pensiya  tayinlash  uchun  m ehnat  stajini 
tasdiqlash  tartibi  qonuniga  ko‘ra  belgilanadi.
Pensiyani  hisoblab  chiqish  uchun  taqdim  etiladigan  ish  haqi 
to ‘g‘risidagi  m a'lum otnom a  shakli  va  uni  to ‘ldirishga  oid  qoidalar 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  M ehnat  va  aholini  ijtimoiy  Muhofaza 
qilish  vazirligi  tom onidan  tasdiqlanadi.
Ish  haqini  guvohlar  k o ‘rsatm asi  asosida  aniqlashga  yo‘l 
qo'yilmaydi.  Lavozim  maoshlari  shtat  jadvalidan  ko'chirm alar  va 
jam oat  tashkilotlari  a'zolik  chiptalari  haqiqiy  ish  haqini  tasdiq- 
laydigan  hujjat  o'rnini  bosa  olmaydi.
Ish  haqi  to ‘g ‘risidagi  m a'lu m o tlar  butunlay  yoki  qisman 
y o ‘q  b o 'lsa ,  pensiyani  h iso b -k ito b   qilish  u ch u n   pensiyani 
tayinlash  kunida  rasman  belgilangan  eng  kam  ish  haqi  miqdori 
olinadi
Q aram o g ‘ida  m ehnatga  layoqatsiz  oila  a'zo lari  borligini 
tasdiqlovchi  hujjat  sifatida  m ahalla,  qishloq  (shaharcha),  ovul 
(uy-joy  organlari)  fuqarolar  yig‘inining  m a'lum otnom asi  qabul 
qilinadi.  M azkur  m a’lum otnom ada  har  bir  oila  a'zosining  ismi- 
sharifi,  otasining  ismi,  marhum  boquvchiga  qarindoshlik  aloqasi, 
ular  uning  qaramog‘ida  bo'lganligi  ko‘rsatiladi.
K o‘rsatib  o ‘tilgan  hujjat  yo‘q  bo‘lsa  va  uni  olishning  imkoni 
bo'lmasa  qaram og‘ida  boMganlik  masalasi  sud  qarori  bilan  hal 
etilishi  mumkin.
Arizachining  urush  ishtirokchisi  ekanligini  tasdiqlovchi  huj- 
jat  sifatida  Ikkinchi  Jahon  urush  ishtirokchisi  guvohnomasidan 
ko‘chirma,  baynalmilalchi  jangchilarga  beriladigan  imtiyoz  olish 
huquqi  haqidagi  guvohnoma,  shuningdek,  ular  urush  ishtirok- 
chisiga  tenglashtirilganligini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatlar  qabul 
qilinadi.
Arizachining  urush  nogironi  ekanligini  tasdiqlovchi  hujjat 
sifatida  T M E K n in g   tekshirish  d alo latn o m asid an   k o ‘ch irm a, 
urush  nogironi  guvohnom asi,  shuningdek,  urush  nogironiga 
tenglashtirilganligini  tasdiqlovchi  boshqa  hujjatlar  qabul  qilinadi.
79
www.ziyouz.com kutubxonasi


Bola  tug‘ilganligi  haqidagi  guvohnoma  asosida,  o‘n  sakkiz 
yoshgacha  tarbiyalaganlik  esa  —  pasport,  vafot  etganlik  haqidagi 
guvohnoma,  mahalla,  qishloq  (shaharcha),  ovul  (uy-joy  organ- 
larida)  fuqarolari  yig‘ini  m a'lum otnom asi  va  boshqa  hujyatlar 
asosida  belgilanadi.
Pensiya  tayinlash  uchun  zaru r  hujjatlarning  asl  nusxasi 
ham,  ulaming  notarial  tartibda,  arizachini  pensiya  tayinlashga 
taqdim  etayotgan  korxona  muassasa,  tashkilot  ma'm uriyati  yoki 
Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'arm asi  tum an  (shahar)  bo'limi 
tasdiqlagan  nusxalari  ham  topshirilishi  mumkin.
Mehnat  stajini  tasdiqlovchi  hujjatlar  faqat  asl  nusxada  top- 
shiriladi.  Biroq  m ehnat  stajini  tasdiqlovchi  hujjat  faqat  mehnat 
daftarchasi  bo‘lgan  hollarda,  undan  oxirgi  ish  joyidagi  korxona, 
muassasa,  tashkilot  ma'rnuriyati  yoki  Budjetdan  tashqari  Pensiya 
jam g ‘armasi  tum an  (shahar)  b o lirn i  tom onidan  tasdiqlangan 
ko'chirma  topshirilishi  mumkin.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə