Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .2 .  CHAESda  yuz  bergan  avariya  tufayli  zararlanish  va



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

8 .2 .  CHAESda  yuz  bergan  avariya  tufayli  zararlanish  va
boshqa  atom  obyektlaridagi  falokatlar  tufayli  nogiron
 
bo‘lib  qolgan  fuqarolar,  ulam ing  oila  a’zolariga  pensiya
 
tayinlash  va  hisoblashning  o ‘ziga  xos  xususiyatlari
CHAES  va  boshqa  atom  obyektlarida  sodir  bo‘lgan  halokatlar 
oqibatida  ziyon  ko‘rgan  fuqarolarga  yuqorida  ko'rsatib  o ‘tilgan 
imtiyoz  va  yengilliklar  bilan  bir  qatorda  imtiyozli  pensiyalar 
tayinlash  ham  nazarda  tutilgan.  Bunda  ularga  yoshga  doir,  nogironlik 
va  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyalari  tayinlash,  hisoblash  bir 
qator  o ‘ziga  xos  xususiyatlarga  ega  ekani  e'tiborga  loyiqdir.
Awalo,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Kengashi  Rayosati  va 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asining  1992-yil  6- 
apreldagi  „C hernobil  halokatidan  ziyon  ko'rgan  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  fuqarolarini  ijtimoiy  himoyalash  haqida“gi  170-sonli 
qaroriga  ko‘ra  (1994-yil  11-yanvardagi  7-sonli  qaroriga  qo'shimcha
71
www.ziyouz.com kutubxonasi


va  o 'zg a rtirish lar  kiritilgan)  im tiyozdan  foydalanishga  haqli 
b o ‘lgan  shaxslar  toifalari  quyidagicha  tabaqalanadilar  ham da 
beriladigan  imtiyozlar  hajmi  ulaming  qaysi  tabaqaga  mansubligiga 
bog'liq  b o ‘ladi.
1.  Chernobil  AESdagi  halokat  tufayli  kasallangan  va  nur- 
lanish  kasaliga  chalingan,  shu  tufayli  nogiron  bo‘lib  qolgan  fu- 
qarolar.
a)  Chemobil  AESida  ishlagan  yoki  halokat  oqibatlarini  tu- 
gatishda  ishtirok  etganlar;
b)  maxsus  harbiy  yig‘inlarga  chaqirilgan  va  CHAES  halokati 
oqibatlarini  bartaraf  etishga  jalb  etilgan  muddatli  yoki  muddatsiz 
harbiy  xizmatchilar.
2.  CHAES  halokati  oqibatini  tugatish  uchun  xizmat  safariga 
yuborilgan,  ammo,  nurlanish  kasaliga  chalinmagan,  nogiron  deb 
topilmagan  fuqarolari.
3.  CHAES  halokati  tufayli  nurlanish  kasaliga  chalinib,  shu 
tufayli  nogiron  b o lib ,  vafot  etgan  shaxslaming  qaramog‘ida  b o ‘l- 
gan  shaxslar.
Quyida  ushbu  davlat  pensiyalarini  tayinlash  va  hisoblash 
sohasidagi  o ‘ziga  xos  jihatlam ing  umumiy  tavsifl  bayon  etiladi.
Yoshga  doir  pensiyalar.
  1986— 1987-yillarda  C H A E Sning 
zararlangan  zonasida  xizm atni  o ‘tagan,  ishlagan  va  halokat 
oqibatlarini  tugatishda  qatnashgan  fuqarolarga  o ‘ta  zararli  va  o ‘ta 
og‘ir  ishlarda  ishlaganligi  uchun  nazarda  tutilgan  shartlarda  Sobiq 
Ittifoq  davrida  („SSSR  fuqarolarining  pensiya  ta'm inoti  to‘g‘risi- 
d a “gi  o ‘sha  paytda  am alda  b o ‘lgan  qonunga  k o 'ra ),  y a ’ni 
erkaklarga  —  20  yillik  m ehnat  staji  bilan,  50  yoshdan;  ayollarga 
esa,  15  yil  mehnat  staji  bilan  45  yoshdan  yoshga  doir  pensiya 
tayinlanadi.
Ularning  pensiyasiga  hisoblangan  pensiyaning  30  foizi  miq- 
do rid a  q o ‘sh im cha  q o ‘shib  beriladi.  B unda  m eh n at  stajini 
hisoblash,  o ‘rtacha  oylik  ish  haqini  aniqlash  umumiy  qoidalarga 
ko‘ra  amalga  oshiriladi.
CHAES  halokati  oqibatlarini  bartaraf  etishda  1988-yilda  ishti- 
rok  etgan  fuqarolarga:
erkaklarga  —  25  yillik  ish  staji  bilan  55  yoshdan,  ayollarga  — 
20  yil  ish  staji  bilan  50  yoshdan  yoshga  doir  pensiya  tayinlanadi. 
Ushbu  toifadagi  pensiyalarga  eng  kam  pensiyaning  25  foizi 
miqdorida  qo'shimcha  qo‘shiladi.
72
www.ziyouz.com kutubxonasi


1988-yildan  keyin  CHAES  halokati  oqibatlarini  tugatishda 
qatnashgan  shaxslarga  im tiyoz  berilm aydi  va  ularga  pensiya 
umumiy  asoslarda  tayinlanadi.
Nogirvnlik  pensiyalari.
  Nogironlik  pensiyalarini  tayinlash  shart- 
lari  CHAES  halokati  oqibatlarini  bartaraf  etishda  qatnashgan 
shaxsning  qaysi  toifaga  mansubligiga  bog‘liq  bo'ladi.  Bunda  fuqaro- 
laiga  va  harbiy  xizmatchilarga  pensiya  tayinlash  shartlari  turlicha 
belgilangandir.
Fuqaroga  nogironlik  pensiyasi  fuqarolaming  pensiya  ta'm inoti 
to ‘g‘risidagi  qonunga  ko‘ra,  zararlangan  zonada  olgan  ish  haqi- 
dan  kelib  chiqqan  holda  va  zarar  qoplangan  haqiqiy  miqdordan 
kelib  chiqib  hisoblanadi.
1993-yil  1-iyuldan  boshlab  C hernobil  halokatidan  ziyon 
ko‘rgan  fuqarolarga  va  boquvchisini  yo'qotgan  hollarda  ulaming 
oilalariga  nogironlik  pensiyalarining  quyidagi  eng  ko‘p  miqdorlari 
belgilanadi:
I  guruh  nogironlariga — eng  kam  ish  haqining  10  baravari 
miqdorida;
II  guruh  nogironlariga — eng  kam  ish  haqining  8  baravari 
miqdorida;
III  guruh  nogironlariga — eng  kam  ish  haqining  4  baravari 
miqdorida;
boquvchisini  yo‘qotgan  hollarda  mehnatga  qobiliyatsiz  har 
bir  oila  a'zosiga — eng  kam  ish  haqining  3  baravari  miqdorida.
Pensiyalarning  eng  kam  miqdorlari  ko‘rsatib  o'tilgan  eng 
ko‘p  miqdorlaming  tegishlicha  50  foizi  darajasida  belgilanadi.
1993-yil  1-iyulgacha  belgilangan  hamda  ko‘rsatib  o'tilgan  eng 
ko‘p  miqdorlardan  ortiq  bo‘lgan  pensiyalar  qayta  hisoblab  chi- 
qilmaydi.
Boquvchisini  y o ‘qotganlik  pensiyalari.
  Bu  pensiyani  tayin- 
lashda  ham  m arhum   boquvchi  shaxsning  CHAES  halokatlari 
oqibatlarini  tugatishda  qaysi  toifaga  mansub  bo‘lganiga  bog‘liq 
bo'ladi.
Fuqarolar  toifasiga  mansub  bo'lgan  marhum  boquvchi  shaxs- 
larning  har  bir  m ehnatga  yaroqsiz  oila  a'zosiga  ularning  ish 
haqining  40  foizi  m iqdorida  pensiya  tayinlanadi  va  m arhum  
zararlangan  zonada  ishlagan  chog‘dagi  ish  haqidan  kelib  chiqib 
hisoblanishi  mumkin.
73
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fensiyaning  eng  ko‘p  miqdori  boquvchisini  yo'qotgan  hol- 
larda  mehnatga  qobiliyatsiz  har  bir  oila  a’zosiga — eng  kam  ish 
haqining  3  baravari  miqdorida  belgilanadi.
Pensiyalam ing  eng  kam  m iqdorlari  ko'rsatib  o'tilgan  eng 
ko‘p  miqdorlaming  tegishlicha  50  foizi  darajasida  belgilanadi.
M uddatli  va  m uddatsiz  harbiy  xizm atni  o 'tash   ch o g ‘ida 
CHAES  halokati  oqibatlarini  b artaraf  etishga  jalb  etilgan  va 
harbiy  xizm atni  o ‘tash  ch o g 'id a   yoki  xizm at  bilan  b o g ‘liq 
nogironlik  natijasida  vafot  etgan  harbiy  xizmatchi-boquvchining 
oila  a'zolariga  harbiy  xizm atchilam i  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risi- 
dagi  qonunchilikka  binoan  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasi 
tayinlanadi.
KALIT  SO'ZLAR.
  C h ern o b il  ato m   elektrostansiyasida  yuz  bergan 
halo k at.  C H A E S   h alo k ati  o q ib atlarin i  b a rta ra f  q ilishda  q atn ash g a n  
xodim lar.  C H A E S   halokati  o qibatlarini  b a rta ra f  qilishda  q atnashgan 
m uddatli  harbiy  xizm atchilar.  C H A E S   halokati  o qibatlarini  b a rta ra f 
etishdagi  kasalliklar  tufayli  nogiron  b o ‘lib  qolgan  shaxslar.  C H A E S  
halokati  oqibatlarini  tugatishda  qatnashgan  fuqarolar  pensiya  ta'm in o ti.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə