Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .  Boquvchisini  y o ‘qotganlik  pensiyasi  olishga



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

7.2 .  Boquvchisini  y o ‘qotganlik  pensiyasi  olishga
 
haqli  ho‘lgan  shaxslar  qaramog‘ida  bo‘lish
Boquvchisini  yo ‘qotganlik  pensiyalarini  tayinlashda  ushbu 
pensiya  turini  olishga  haqli  b o lg an   shaxslar  doirasining  to ‘g ‘ri 
belgilanishi  muhim  ahamiyatga  ega,  chunki  uning  noto‘g‘ri  bel- 
gilanishi  fuqarolaming  asossiz  ravishda  pensiya  olishlariga  yoki 
boMmasa  pensiya  olishga  haqli  bo'lgan  shaxslarning  konsti- 
tutsiyaviy  huquqlarining  g‘ayriqonuniy  tarzda  cheklab  qo‘yilishiga 
sabab  bo‘lishi  mumkin.
Boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasini  olish  huquqiga  ega  bo‘l- 
gan  shaxslar  doirasiga  kirish  uchun  quyidagi  talablar  qo'yiladi:
a)  bolalar,  aka-ukalar,  opa-singillar  va  nabiralar  16  yoshga 
tolm agan  bo‘lsa  yoki  16  yoshdan  katta  bo ‘lsa  ham  16  yoshga 
toMmasdan  nogiron  bo‘lib  qolgan  bo‘lsalar.  Bunda  aka-ukalar, 
opa-singillar  va  nabiralaming  mehnatga  qobiliyatli  ota-onalari  bo‘l- 
masa;
b)  ota,  ona,  o ‘gay  ota,  o ‘gay  ona,  xotin,  er,  basharti,  ular 
7-moddada  nazarda  tutilgan  pensiya  yoshiga  to ‘lgan  yoki  nogiron 
bo‘lsalar;
d)  yoshidan  va  m ehnat  qobiliyatidan  q at'i  nazar,  ota  va 
onadan  biri  yoki  er  (xotin)  yoxud  buva,  buvi,  aka-uka,  opa- 
singil,  agar  u  vafot  etgan  boquvchining  bolalari,  aka-ukalari, 
opa-singillari  yoki  nabiralarini,  ishlovchilarga  bolaga  qarash 
uchun  ish  haqi  saqlanmagan  ta'tilda  bo‘lish  huquqini  beradigan 
yoshga  to ‘lgunga  qadar  boqish  bilan  mashg‘ul  bo‘lsa  va  ishlamasa;
e)  buva  va  buvi  —  agar  qonunga  muvoflq  ularni  boqishi 
shart  bo‘lgan  kishilar  boMmasa.
0 ‘quvchilar  18  yoshga  toMgunga  qadar  boquvchisini  yo‘qot- 
ganlik  pensiyasi  olish  huquqiga  egadirlar.
Boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasini  olish  huquqiga  ega 
bo‘lgan  voyaga  yetmagan  farzandlar,  ular  farzandlikka  olingan- 
larida  ham  bu  huquqni  saqlab  qoladilar.
64
www.ziyouz.com kutubxonasi


0 ‘gay  o ‘g‘il-qiz,  agar  ular  ota-onalaridan  aliment  olmagan 
boMsalar,  haqiqiy  farzandlar  singari  pensiya  olish  huquqiga 
egadirlar.
0 ‘gay  ota-ona,  agar  vafot  etgan  o'gay  o ‘g ‘ilni  (qizni)  18 
yoshga  to ‘lgunga  qadar  kamida  5  yil  tarbiyalagan  yoki  boqqan 
bo'lsalar,  haqiqiy  ota  va  ona  singari  pensiya  olish  huquqiga  ega 
bo‘ladilar.
Boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasini  olish  huquqi  vafot 
etgan  shaxslar  bilan  bir  qatorda  belgilangan  tartibda  bedarak 
ketgan  yoki  o ‘lgan  deb  e'lon  qilingan  shaxslaming1  oila  a'zolarida 
ham  paydo  bo‘ladi.
M arhum  boquvchi  bilan  qarindoshlik  aloqalari  0 ‘zbekiston 
Respublikasi  „Oila  kodeksi“  qoidalari  bilan  belgilanadi2 *
 *
 5
.
Jumladan,  ushbu  kodeksning  57-moddasiga  muvofiq:
Bir  um um iy  uchinchi  shaxsdan  (ajdoddan)  kelib  chiqqan 
shaxslar  qarindoshlar  hisoblanadi.  Ikki  shaxs  o ‘rtasidagi  to ‘g‘ri 
shajara  bo‘yicha  qarindoshlikning  yaqinligi  qarindoshlik  darajasi, 
ya’ni  tug‘ilish  soni  bilan  belgilanadi.
Bolalar  ota-onasiga  nisbatan  to ‘g‘ri  shajaradagi  birinchi, 
nevara  bobosiga,  buvisiga  nisbatan  ikkinchi,  evara  katta  bobosiga, 
katta  buvisiga  nisbatan  uchinchi  darajadagi  qarindosh  hisoblanadi 
va  hokazo.
A ka-uka,  opa-singil,  ularning  bolalari,  o ta-o n an in g   aka- 
ukasi  va  opa-singlisi  hamda  ularning  bolalari,  bobo  va  buvilarning 
aka-uka  ham da  opa-singillari  va  ularning  bolalari  va  shunga 
o'xshashlar  yon  shajara  bo'yicha  qarindoshlar  hisoblanadi  va 
hokazo.
T o ‘g‘ri  shajara  bo ‘yicha  qarindoshlar  yon  shajara  bo‘yicha 
qarindoshlarga  nisbatan  yaqinroqdir.
lkki  shaxs  o'rtasida  qarindoshlikning  uzoq-yaqinligini  aniq- 
lashda,  darajalaming  soni  yoki  shu  shaxslardan  birining  o ‘zini 
hisobga  qo‘shmay  turib,  undan  kelib  chiqqan  avlodlar  soni  hi- 
sobga  olinadi.
Hisob  ajdodlar  tom on  to ‘g‘ri  shajara  bo'yicha  ular  uchun 
umumiy  boMgan  shaxsga  (ajdodga)  qarab  va  undan  esa  avlodlar 
tom on  ulardan  boshqasiga  qarab  olib  boriladi.
Tug‘ishgan  aka-uka  va  opa-singil  qarindoshlikning  ikkinchi
1  Q a ra n g :  O'zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik  kodeksining  33,  34,  36-
moddalari;  Fuqarolik  protsessual  kodeksining  286—290-moddalari.
1
  Q a ra n g :  O'zbekiston  Respublikasining  Oila  kodeksiga  sharhlar.  T.,
„Adolat“,  2000-yil.
5  —  Ijtimoiy  ta'm inot  huquqi
65
www.ziyouz.com kutubxonasi


darajasida,  tog‘a  va  amaki,  amma  va  xola  o ‘z  jiyanlari  bilan 
qarindoshlikning  uchinchi,  tog'avachcha,  amakivachcha,  am m a- 
vachcha  va  xolavachchalar  esa  to‘rtinchi  darajasida  turadilar.
„Oila  kodeksining“  58-moddasiga  ko‘ra  esa  aka-uka  va  opa- 
singillar  yot  aralashmagan  va  yot  aralashgan  qarindosh  bo‘lishi 
mumkin.  Aka-uka  va  opa-singillar  bir  ota-onadan  kelib  chiqqan 
bo‘lsa,  yot  aralashmagan,  ota  bir  ona  boshqa  yoki  aksincha  ona 
bir  ota  boshqa  bo‘lsa,  yot  aralashgan  qarindosh  hisoblanadi.  Yot 
aralashmagan  qarindoshlikda  aka-uka  va  opa-singillar  tug‘ishgan, 
yot  aralashgan  qarindoshlikda  esa,  aka-uka  va  opa-singillar  o ‘gay 
hisoblanadi.  Er-xotinning  ilgarigi  nikohlaridan  bo‘lgan  bolalari 
o ‘zaro  qarindosh  hisoblanmaydi.
Er  (xotin)  va  uning  yaqin  qarindoshlari  bilan  xotin  (er) 
qarindoshlarining  bir-biriga  nisbatan  munosabatlari  (qayinbo'yin- 
chilik  va  quda-an d ach ilik )  o ‘zaro  huquq  va  m ajburiyatlarni 
keltirib  chiqarmaydi.
Bolaning  nasl-nasabini  belgilash  asoslari  „Oila  kodeksi“ning 
60-moddasida  belgilab  qo'yilgan  va  bolaning  shu  onadan  tug‘il- 
ganligi  (onalik)  fuqarolik  holati  dalolatnom alarini  qayd  qilish 
organi  tom onidan  tibbiy  muassasaning  hujjatlariga  ko‘ra,  bola 
tibbiy  muassasada  tug'ilm agan  hollarda  esa,  boshqa  dalillarga 
asosan  belgilanadi.
Ayolning  nikoh  tuzilgandan  keyin  yoki  erining  o ‘limi,  ni- 
kohdan  ajratilganligi  yoxud  nikoh  haqiqiy  emas  deb  topilganiigi 
tufayli  nikoh  tugaganidan  so‘ng  uch  yuz  kun  ichida  tug'ilgan 
bolasi  nikohda  tug'ilgan  bola  hisoblanadi.
Agar  nikoh  tugaganidan  keyin  uch  yuz  kun  ichida  bola 
tug'ilsa  va  bu  davrda  ayol  yangi  nikohga  kirgan  bo‘lsa,  bola  awalgi 
nikohdan  tug'ilgan  hisoblanadi.  Bunday  hollarda  sobiq  er  yoki 
uning  ota-onasi  bolaning  nasl-nasabi  xususida  nizolashish  huqu- 
qiga  ega  ekanliklari  belgilangan.
O ta -o n a   rasm iy  qayd  etilm agan  nikoh  m u n o sab atlarid a 
(fuqarolik  nikohida)  b o ‘lganlari  holda  tug'ilgan  farzandlarning 
nasl-nasabi  (onasi  ham,  otasi  ham,  er-xotinning  ixtiyoriy  tarzda 
birgalikda  bergan  arizasiga  ko‘ra,  bunday  ariza  mavjud  bo‘lmagan 
va  otalikni  ixtiyoriy  tan  olishdan  bo ‘yin  tovlanayotgan  hollarda 
otalik  belgilangan  tartibda  sud  yo‘li  bilan  aniqlanishi  m um kin1.
1  Q a ran g :  0 ‘zbekiston  Respublikasi  „Oila  kodeksi“ning  61—62-moddalari; 
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Sudi  Plenumining  2001-yil  l-maydagi  „Otalikni 
belgilash  haqidagi  ishlarni  ko'rishda  sudlar  tomonidan  qonunlarning  tatbiq 
etilishi  to‘g‘risida“gi  qarori.  „Qonun  nomi  bi!an“ ,  2001-yil,  3—4-son,  31-bet.
66
www.ziyouz.com kutubxonasi


M arhum   boquvchi  fuqaroning  qaram og'ida  b o ‘lganlik  tu- 
shunchasi  ta ’rifi  „Fuqarolarning  davlat  pensiya  ta'm inoti  to 'g '- 
risida“gi  qonunning  20-moddasida  bayon  etib  berilgan.
U shbu  m oddada  k o ‘rsatilishicha,  qonunda  nazarda  tutib 
qo‘yilgan  oila  a'zolari  (yuqoridagi  qonunning  19-moddasi)  agar 
ular  marhumning  to ‘liq  boquvida  bo ‘lgan  yoki  undan  yordam 
olib  turgan  bolsalar,  bu  yordam  ular  uchun  doimiy  va  asosiy 
kun  kechirish  m ablag'ining  manbayi  hisoblangan  bo‘lsa,  mar- 
humning  qaramog‘ida  turgan  deb  hisoblanadilar.
M arhumning  biron  turdagi  pensiya  olayotgan  oila  a'zolari, 
agar  m arhum ning  yordami  ular  uchun  doimiy  va  asosiy  kun 
kechirish  mablag‘ining  manbayi  hisoblangan  bo‘lsa,  boquvchisini 
yo'qotganlik  pensiyasiga  o ‘tish  huquqiga  egadirlar.
Boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasi  tayinlanishini  so ‘rab 
murojaat  qilayotgan  va  hech  qanday  daromadga  ega  bo‘lmagan 
oila  a’zolarini  (yosh  bolalar,  pensiya  olmaydigan  nogironlar  va 
boshqalar)  marhum  boquvchi  shaxs  qaramog‘ida  bo‘lib  kelganligi 
faktini  aniqlash  hollari  qiyinchilik  tug'dirmaydi  va  osonlikcha  hal 
etilishi  mumkin.
Biroq  m arhum   boquvchi  hayotlik  paytida  bir  oila  bo ‘lib 
yashagan,  um um iy  darom adga  ega  boMgan  bo‘lsa-da,  am m o 
mustaqil  ish  haqi  (pensiya,  nafaqa)  yoki  boshqa  daromadga  ega 
b o ‘lgan  shaxslarning  m arhum   qaram og‘ida  b o ‘lib  kelganligini 
aniqlash  muayyan  murakkabliklar  tug'diradi.
Bunda  marhumning  ish  haqi,  stipendiya yoki  pensiya  oluvchi 
oila  a'zolari  uning  qaramog‘ida  turgan-turmaganligi  masalasini  hal 
qilishda  ko‘rsatiladigan  moddiy  yordam  doim iy  xarakterga  va 
boshqa  d aro m ad larg a  q arag an d a  qanday  hajm da  ekanligini 
aniqlash  lozim  b o ‘ladi.
Oila  a ’zosining  ish  haqi,  stipendiya  yoki  pensiya  olishi  uni 
oilaning  qaramog‘ida  deb  tan  olishga  monelik  qilmasligi  kerak, 
buning  uchun  sanab  o ‘tilgan  oila  a'zolarining  daromadi  emas, 
vafot  etgan  shaxsning  yordami  yashash  uchun  asosiy  va  doimiy 
mablag1  manbayi  bo‘lishi  kerak.
Bolalar  ota-onalarining  ish  haqlari  miqdori  qancha  bo‘lishi- 
dan  qat'i  nazar  har  ikkalasining  qaramog‘ida  deb  hisoblanadilar. 
Uy  xo‘jaliklari  bilan  shug‘ullanuvchi  ishlamaydigan  onalarning 
bolalari  uning  qaramog‘ida  deb  tan  olinadi.  Ota  oMgandan  keyin 
tug‘ilgan  yoki  tug‘ish  paytida  onasi  o ‘lgan  bola  qaramog'da  deb 
hisoblanadi.
67
www.ziyouz.com kutubxonasi


Marhum  boquvchining  qaramog‘ida  bo‘lganlik  masalasida  nizo 
kelib  chiqqani  taqdirda  ushbu  masala  qonun  hujjatlarida  bel- 
gilangan  tartibda  sud  yo'li  bilan  ko‘rib,  hal  etiladi'.
Er  (xotin)ning  vafot  etganligi  sababli  tayinlangan  pensiya 
yolg‘iz  qolgan  er  (xotin)  yangi  nikohdan  o'tganida  ham  saqlanib 
qoladi.
Oilaning  pensiya  olish  huquqiga  ega  bo‘lgan  barcha  a ’zolariga 
bitta  umumiy  pensiya  tayinlanadi.
Oila  a’zosining  talabi  bilan  uning  pensiyadagi  ulushi  ajratilib, 
alohida  to ‘lanadi.
Pensiyadan  ulush  ajratib  berish  pensiyani  bo‘lish  to ‘g‘risida 
ariza  tushgan  oydan  keyingi  oyning  birinchi  kunidan  boshlab 
amalga  oshiriladi.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə