Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


NOGIRONLIK  T U SH U N C H A SI  VA



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

  NOGIRONLIK  T U SH U N C H A SI  VA
 
UNI  BELGILASH  TARTIBI
6 .1 .  Nogironlik  tushunchasi,  nogiroulikning
 
asosiy  mezonlari  va  belgilanish  tartibi
Fuqarolami  nogironlik  pensiyasi  bilan  ta ’minlashning  huqu- 
qiy  asosi  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  (39-moddasi), 
„Fuqarolam ing  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  qonuni  (III 
bob,  15— 18-m oddalari)  , , 0 ‘zbekiston  Respublikasida  nogiron- 
lami  ijtimoiy  himoya  qilish  to ‘g‘risida“gi  qonun  (Yangi  tahrirda) 
va  ular  asosida  qabul  qilingan  boshqa  qonun  hujjatlari  sanaladi. 
Shuni  qayd  etish  joizki,  470288  nafar  nogiron  bugungi  kunda 
nogironlik  pensiyasini  oluvchilar  sifatida  B udjetdan  tashqari 
Pensiya  jam g‘armasi  tum an  (shahar)  bo'limlarida  hisobda  tura- 
dilar'.
„N o g iro n “  shaxs  atam asining  rasmiy  ta ’rifi  , , 0 ‘zbekiston 
Res-  publikasida  nogironlami  ijtimoiy  himoya  qilish  to ‘g‘risida“gi 
qonunning  1-moddasida  nazarda  tutilgan.  Unga  ko'ra:
„Nogiron — jismoniy,  aqliy,  ruhiy  yoki  sensor  (sezgi)  nuq- 
sonlari  borligi  tufayli  turm ush  faoliyatining  cheklanganligi  mu- 
nosabati  bilan  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  nogiron  deb 
topilgan  hamda  ijtimoiy  yordamga  va  himoyaga  muhtoj  shaxs“ . 
Mazkur  rasmiy  ta'rifda  nogironlikning  asosiy  mezonlari  belgilab 
qo'yilgan  b o ‘lib,  jism oniy  nuqson  deganda  —  tananing  biror 
organining  nuqsonliligi,  o ‘z  funksiyalarini  t o ‘la  yoki  qisman 
bajarishga  qodir  emasligi  va  shu  tufayli  erkin  harakatlanish,  o‘z 
ehtiyojlarini  bevosita  qondirish  im koniyati  cheklanishiga  olib 
keladi.
Aqliy  nuqson  —  shaxsning  intellektual  jihatdan  rivojlanma- 
ganligi,  mushohada  qilish  qobiliyatining  mavjud  emasligi 
yoki 
primitivligi  bilan  tavsiflanishi  mumkin.
Ruhiy  nuqson  —  odatda,  mhiy  buzilishi  va  shu  tufayli  atrof- 
tevarakni  to ‘g‘ri  idrok  qila  olmaslik,  o ‘z  xatti-harakatlariga  tanqidiy 
baho  berish  qobiliyatining  cheklangani  bilan  tavsiflanib,  odatda, 
ruhiy  kasallikning  m uayyan  turi  bilan  kasallanganligi  bilan 
bog'liq  bo'ladi. 1
1  Q a r a n g :   Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'armasining  2011-yil  uchun 
tezkor  ma'lumotlari.  T.,  2011-yil.
53
www.ziyouz.com kutubxonasi


Sensor  nuqson  —  deganda  sezgilaming  yo‘qolishi  (ko‘zining 
ojizligi,  kar-soqovlik  va  teri  sezgilarining  mavjud  emasligi  va 
boshqalar)  nazarda  tutilib,  uning  natijasida  shaxs  o'ziga  o ‘zi  xiz- 
mat  qiiish,  erkin  harakatlanish,  tanlash  imkoniyatiga  ega  bo‘l- 
maydi  yoki  cheklangan  bo‘ladi.
Shaxsning  turmush  faoliyati  cheklanganligi  uning  o ‘z-o ‘ziga 
xizmat  qilish,  yurish,  yo‘lni  topa  bilish,  m uloqot  qilish,  o ‘z 
xatti-harakatlarini  nazorat  qilish,  shuningdek,  m ehnat  faoliyati 
bilan  shug‘ullanish  qobiliyati  yoki  imkoniyatini  to ‘la  yoki  qisman 
yo‘qotganligida  ifodalanadi.
Shaxsni,  shu  jum ladan,  o ‘n  oltidan  o ‘n  sakkiz  yoshgacha 
bo'lgan  yoshlarni  nogiron  deb  topish  tib b iy -m eh n at  ekspert 
komissiyalari  tom onidan,  o ‘n  olti  yoshgacha  boMgan  o ‘smirlami 
nogiron  deb  topish  esa,  tibbiy-maslahat  komissiyalari  tomonidan 
amalga  oshiriladi.
T ib b iy -m eh n at  ekspert  kom issiyalari  va  tib b iy -m aslah at 
komissiyalarini  tuzish,  shuningdek,  ular  tom onidan  xulosalar 
berish  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  amalga  oshiriladi.
Jum ladan,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkam asi- 
ning  2008-yil  8-avgustdagi  175-sonli  „Tibbiy-mehnat  ekspertiza 
xizm ati  boshqarish  tuzilm asini  va  faoliyatini  tashkil  etishni 
akom illashtirish  chora-tadbirlari  to ‘g ‘risida“gi  qaroriga  ko ‘ra 
uslibu  m uassasalar  ishi  tubdan  isloh  qilindi  va  nogironlikni 
belgilash  yuzasidan  zarur  tartib-intizom   kuchaytirildi1.
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasining  2011-yil 
1-iyuldagi  195-sonli  „Tibbiy-mehnat  ekspert  komissiyalari  tom o- 
nidan  fuqarolarni  tibbiy  ko‘rikdan  o ‘tkazish  tartibini  yanada 
takom illashtirishga,  nogironlikni  va  kasbiy  m ehnatga  layoqat 
yo‘qotilishi  darajasini  aniqlashga  yo‘naltirilgan  normativ-huquqiy 
hujjatlarni  tasdiqlash  to ‘g‘risida“gi  qarori  bilan1
 2  „Fuqarolarni 
tibbiy-mehnat  ekspert  komissiyalarida  tibbiy  ko‘rikdan  o ‘tkazish 
tartibi  to ‘g ‘risida  N izom “  tasdiqlandi:
—  mazkur  Nizomga  ko‘ra  fuqarolami  TM EKda  tibbiy  ko‘rik- 
dan  o'tkazish  uchun  quyidagicha  hayot  faoliyati,  ya’ni  mehnatga
1  ,,0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to‘plami“,  2008-yil,  33-son, 
314-modda.
2  ,,0 ‘zbekiston  Respublikasi  qonun  hujjatlari  to'plami",  2011-yil,  27-son, 
283-modda
54
www.ziyouz.com kutubxonasi


layoqati  cheklanganligi,  nogironlikning  g u ru h lari,  sabablari, 
boshlangan  vaqti  va  muddatlarini  aniqlash;
—  mehnat  faoliyatini  bajarish  bilan  bogMiq  holda  mehnatda 
mayib  boMgan  yoki  salomatligini  boshqacha  tarzda  shikastlagan 
fuqarolaming  mehnatga  layoqati  yo'qotilganligi  darajasini,  shu- 
ningdek,  ular  yordamning  qo ‘shimcha  turlariga  muhtojliklarini 
aniqiash;
—  nogironlaming  salomatligi  va  mehnatga  layoqati  holatini 
hisobga  olgan  holda  ulami  tibbiy  va  ijtimoiy  m ehnat  bo‘yicha 
reabilitatsiya  qilish  chora-tadbirlarini  belgilash  maqsadlarida  amal- 
ga  oshiriladi.
Fuqarolarni  tibbiy  ko'rikdan  o'tkazishda  yashash  joyidagi 
tum anlararo,  tum an  (shahar)  TM EK   tomonidan;
—  fuqaroda  mazkur  TM EK  sohasi  bo'yicha  alohida  kasalliklar 
mavjud  bo ‘lgan  taqdirda  —  davolash-profilaktika  muassasasiga 
biriktirish  o ‘sha  joydagi  ixtisoslashtirilgan  TM EK  tomonidan;
—  shifokorlami,  TM EK  xodimlarini  va  ulaming  yaqin  qarin- 
doshlarini,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  Ichki  ishlar  vazirligi,  Milliy 
xavfsizlik  xizmati  xodimlarini  tibbiy  koTikdan  o ‘tkazish,  jino- 
yatlar  sodir  etganlikda  gum on  qilinayotgan,  ayblanayotgan, 
sudlangan,  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda  hukm  qilingan 
shaxslarni,  shuningdek,  ixtisoslashtirilgan,  tum anlararo  va  tu- 
manlar  (shaharlar)  TM EK   xulosasiga  rozi  bolm agan  fuqarolami 
tibbiy  koTikdan  o 'tk azish   — bosh  TM EK   tom onidan  amalga 
oshiriladi.  TM EKda  fuqarolami  tibbiy  ko‘rikdan  o ‘tkazish  bepul 
amalga  oshiriladi.
TM EK  tibbiy  ko‘rikdan  oTkazishga  0 ‘zbekiston  Respublikasi 
fuqarolari,  0 ‘zbekiston  Respublikasi  hududida  doimiy  yashaydigan 
xorijiy  fuqarolar  va  fuqaroligi  bo'lmagan  shaxslar,  16  yoshdagi  va 
undan  katta  yoshdagi,  davolash-profilaktika  muassasasi  yoTlan- 
masiga  ega  boTgan,  ushbu  TMEKga  biriktirilgan  shaxslami  qabul 
qiladi.
Boshlang'ich  tibbiy  ko‘rikdan  oTkazishga:
—  aynan  bir  kasallik  tufayli  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 
boshlangan  kundan  boshlab  uzluksiz 
4
  oydan  ortiqni  tashkil 
qiladigan  uzoq  m uddat  kasal  boTgan  (sil  kasalligiga  chalingan 
bemorlardan  tashqari)  shaxslar;
—  aynan  bir  kasallik  tufayli  vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik 
davri  v aq tin ch a  m ehnatga  layoqatsizlik  boshlangan  kundan 
e'tiboran  12  oy  mobaynida  tanaffus  bilan  birga  6  oy  mobaynida
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


davom  etgan  shaxslar  (sil  kasalligiga  chalingan  bem orlardan 
tashqari);
—  sil  kasalligi  birinchi  marta  aniqlangan,  vaqtincha  mehnatga 
layoqatsizlik  davri  kasallik  aniqlangan  kundan  boshlab  kamida  10 
oyni  tashkil  qiladigan,  shuningdek,  asosiy  kasallik  kuchaygan  — 
vaqtincha  mehnatga  layoqatsizlik  boshlangan  kundan  e'tiboran 
kamida  6  oy  silga  qarshi  kurashish  muassasalarida  hisobda  turgan 
taqdirda  sil  kasalligiga  chalingan  bemorlar  qabul  qilinadi.
Nogironlik  belgilari  aniq  ko'rinib  turgan  shaxslar,  shuning- 
dek,  noxush  klinik  prognozli  bem orlar  yuqorida  ko‘rsatib  o ‘til- 
gan  m uddatlar  o'tgungacha  tibbiy  ko'rikdan  o ‘tkazishga  qabul 
qilinishi  mumkin.
Pasport  yoki  shaxsni  tasdiqlovchi  boshqa  hujjat  m ajburiy 
tartibda  ko‘rsatiladi.
TM EKda  tibbiy  ko'rikdan  o ‘tish  uchun:
—  DPM   yo'llanm asi,  davolovchi  shifokor,  bo ‘lim  m udiri, 
bosh  shifokor  imzosi  va  muassasaning  dumaloq  muhri  bilan  tas- 
diqlangan  kasallik  tarixidan  ko'chirm alar,  ambulatoriya  kartasi;
—  ishlaydiganlar  tom onidan  —  vaqtincha  mehnatga  layoqat- 
sizlik  varaqasi  taqdim  etiladi.
Kasbiy  kasallik  oqibatida  kasbiy  mehnatga  layoqat  yo‘qotil- 
ganligi  darajasi  va  nogironlik  aniqlangan  taqdirda  TM EKga  tibbiy 
k o 'rik d an   o ‘tish  u chun  qonun  hujjatlariga  m uvofiq  maxsus 
vakolat  berilgan  sogMiqni  saqlash  muassasasi  xulosasidan  ko‘- 
chirma  ham  taqdim  etiladi.
Kasbiy  m ehnat  layoqati  yo‘qotilganligini  aniqlash  uchun 
TMEKga  birinchi  marta  yuborilgan  shaxslar  m ehnat  vazifalarini 
bajarish  bilan  bog'liq  holdagi  baxtsiz  hodisa  yoki  sogMiqning 
boshqacha  tarzda  shikastlanganligi  to ‘g‘risida  belgilangan  shakldagi 
dalolatnomani  ham  taqdim  etadilar.
Tibbiy  ko‘rik  natijalari  bo‘yicha  TM EK   quyidagi  xulosalami 
chiqarishi  mumkin:
—  nogironlik  guruhini  aniqlash,  uning  sabablari  va  m ud- 
datlari  to ‘g‘risida;
—  kasbiy  m ehnat  layoqatining  yo'qotilganlik  darajasi  to ‘g‘- 
risida;
—  q o ‘shim cha  ravishda  tekshirish  ham da  klinik  tashxisni 
aniqlashtirish  uchun  tibbiy  ko‘rikdan  o ‘tuvchini  biriktirilgan  da- 
volash-profilaktika  m uassasalariga,  nogironlarni  reabilitatsiya
56
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilish  va  protezlash  milliy  markaziga  hamda  nogironlar  uchun 
mintaqaviy  reabilitatsiya  markazlariga  yuborish  to ‘g‘risida;
—  tibbiy  ko'rikdan  o ‘tayotgan  bem om i  davolashni  oxirigacha 
yetkazish  zarurligi  munosabati  bilan  uning  vaqtincha  mehnatga 
layoqatsizlik  varaqasi  muddatini  uzaytirish  to ‘g‘risida;
—  protez-ortopediya  buyumlari,  nogironlik  aravachalari  va 
reabilitatsiya  qilishning  boshqa  yordamchi  texnik  vositalari  bilan 
ta'minlashga  muhtojlik  to ‘g‘risida;
—  mehnatga  tavsiya  etish,  nogironning  o ‘qitishga  yoki  qayta 
o'qitishga  muhtojligi  to‘g‘risida;
—  o'zgalar  parvarishiga  muhtojlik  to ‘g‘risida.
Agar  qayta  tibbiy  ko‘rikdan  o ‘tkazishda  nogironlik  guruhi 
belgilanmasa,  nogironlik  gumhini  olib  tashlash  to ‘g‘risida  ushbu 
Nizomga  3-ilovaga  muvofiq  shakl  bo'yicha  m a’lum otnom a  ras- 
miylashtiriladi.
Nogironlik  gumhini  olib  tashlash  to ‘g‘risidagi  m a'lum otnom a 
TM EK   xulosasi  chiqarilgan  kundan  boshlab  uch  kun  muddatda 
tegishli  Pensiya  jamg'arm asi  bo'limiga  yuboriladi.
Nogironlik  navbatdagi  qayta  tibbiy  ko‘rikdan  o'tkazish  tayin- 
langan  navbatdagi  oyning  birinchi  kunigacha  belgilanadi.
D avolovchi  sh ifo k o rlar  va  D P M n in g   d av o lash -m aslah at 
kom issiyalari  (keyingi  o 'rin la rd a   D M K   deb  ataladi)  raislari 
nogironlik  guruhi  qayta  tibbiy  ko'rikdan  o'tkazish  muddati  ko‘r- 
satilgan  holda  belgilangan  fuqarolarni  TM EKda  tibbiy  tekshirishga 
yuborish  uchun  hujjatlarning  o ‘z  vaqtida  va  to‘g‘ri  rasmiylash- 
tirilishi  yuzasidan  shaxsan  javob  beradilar.
Ko'rsatib  o ‘tilgan  muddatlardan  oldin  qayta  tibbiy  ko‘rikdan 
o'tkazish,  belgilangan  tartibda,  sog'liqning  holati  va  hayot  fao- 
liyatining  cheklanganlik  darajasi  o ‘zgarganda,  nogironlikni  belgi- 
lashning  to'gTiligi  bosh  TM EK,  Respublika  tibbiy-ijtimoiy  eks- 
pertiza  inspeksiyasi,  O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining 
Nazorat-taftish  bosh  boshqarmasi  va  uning  hududiy  bolinm alari 
tom onidan  tekshirilganda,  TM EK   qarorining  asossizligi  holatlari 
aniqlanganda,  shuningdek,  agar  TM EK   qarori  soxta  hujjatlar 
asosida  chiqarilganda  hamda  qonun  hujjatlarida  nazarda  tutilgan 
boshqa  holatlarda  amalga  oshiriladi.
M u d d atsiz  n o g iro n lar  deb  e 'ti r o f   etilgan  shaxslar  ham 
yuqorida  ko'rsatib  o'tilgan  holatlarda  qayta  tibbiy  ko'rikdan  o ‘tka- 
zilishi  mumkin.
57
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə