Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


BO Q UVCH ISINI  YO'QOTGANLIK



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

  BO Q UVCH ISINI  YO'QOTGANLIK
 
PENSIYASI
7 .1 .  Boquvchisini  y o ‘qotganlik  pensiyasi  tushunchasi
 
va  uni  tayinlash  asoslari
Boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasi  bilan  fuqarolami  ijtimoiy 
ta'm inlash,  pensiya  ta'm inotini  amalga  oshirish  shakllaridan  biri 
bo‘lib,  davlat  tom onidan  moddiy  ta'm inlanib  kelingan  shaxsni 
vafot  etishi  munosabati  bilan  uning  qaram og'ida  boMganlarga 
qonun  hujjatlarida  belgilab  q o ‘yilgan  tartib d a,  shartlarda  va 
miqdorlarda  ular  voyaga  yetgunlariga  qadar,  m ehnat  qilish  qobili- 
yatlari  qayta  tiklangunicha  yoki  bo'lm asa  tegishli  hollarda  butun 
umrga  davlat  ijtimoiy  ta'm inot  mablag'lari  hisobidan  tayin  etila- 
digan,  qaytarib  olinm aydigan,  haq  olinm aydigan,  m untazam  
ravishda  to ‘lab  boriladigan  pul  to ‘lovlaridan  iborat.
1)  ishlab  chiqarishda  yuz  bergan  baxtsiz  hodisalar,  ishda 
olingan  jarohatlar  yoki  kasb  kasalligiga  chalinish  oqibatida  vafot 
etgan  shaxslaming  qaramog‘idagilarga  tayinlanadigan  boquvchisini 
yo‘qotganlik  pensiyasi;
2)  ishlab  chiqarishdagi  sabablarga  ko‘ra  vafot  etgan  shaxslarga 
tenglashtirilgan  holatlarda  (urush  harakatlari,  harbiy  burchni 
bajarish,  fuqarolik  burchini  bajarish  paytlarida  va  hokazo)  vafot 
etganlaming  oila  a'zolariga  tayinlanadigan  boquvchisini  yo‘qot- 
ganlik  pensiyalari;
3)  umumiy  kasallikdan  (turmushdagi  jarohatlarning  oqiba- 
tida)  vafot  etgan  shaxslam ing  oila  a'zolariga  tayinlanadigan 
boquvchisini  yo‘qotganlik  pensiyasi  kabilar  o'zaro  farqlanadi.
4)  yuqorida  ko‘rsatib  o ‘tilgan  dastlabki  ikki  holat  tufayli 
vafot  etgan  marhumlarning  qaramog'ida  bo‘lib  kelgan  mehnatga 
yaroqsiz  oila  a'zolariga  marhum  m ehnat  staji  miqdoridan  qat’i 
nazar  pensiya  tayinlanaveradi.
Uchinchi  sababga  ko‘ra,  ya'ni  umumiy  kasallik  (turmushdagi 
jarohatlanish)  tufayli  vafot  etgan  marhumlarning  oila  a'zolariga 
esa  marhum  boquvchi  shaxs  vafot  etgan  paytdagi  yoshiga  mos 
keluvchi  muayyan  hajmdagi  m ehnat  stajiga  ega  bo‘lgan  bo‘lsa 
to ‘liq  miqdorda,  belgilanganidan  kam  ish  stajiga  ega  bo‘lsa  — 
to'liq  bolm ag an   miqdorda  boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasi 
tayinlanadi.  Masalan,  „Shinam “  mebel  korxonasining  muhandisi
62
www.ziyouz.com kutubxonasi


A.  Obidov  umumiy  kasallik  tufayli  35  yoshida  vafot  etdi.  Uning 
mavjud  mehnat  staji  10  yilni  tashkil  etdi.  „Fuqarolaming  davlat 
pensiya  ta 'm in o ti  to ‘g ‘risida“gi  qonunning  17-m oddasida  30 
yoshgacha  boMgan  shaxslardan  7  yillik  mehnat  staji  talab  qilinishi 
belgilangan.  Demak,  marhum  A.  Obidovning  oila  a’zolariga  to'liq 
m iqdordagi  boquvchisini  y o 'q o tg an lik   pensiyasi  tayinlanishi 
mumkin.
Boshqa  bir  misol,  Agrar  kasb-hunar  kollejining  buxgalteri 
A.  Muhammadjonov  54  yoshida  uyida  ta'm irlash  ishlarini  baja- 
rish  paytida  yuz  bergan  baxtsiz  hodisa  (tomning  o ‘pirilib  tushi- 
shi)  tufayli  vafot  etdi.  A.  Muhammadjonovning  m ehnat  staji  10 
yildan  iboratligi  m a'lum   bo‘ldi.  Ya’ni  A.  Muhammadjonov  talab 
qilinadigan  17  yillik  m ehnat  stajiga  ega  emas.  Demak,  uning 
qaramog‘idagi  mehnatga  yaroqsiz  oila  a'zolariga  to‘liqsiz  pensiya 
tayinlanishi  lozim.
„Fuqarolaming  davlat  pensiya  ta'm inoti  to ‘g‘risida“gi  qonun- 
ning  21-moddasiga  muvofiq:
—  m ehnatda  mayiblanganlik  yoki  kasb  kasalligiga  chalinganlik 
oqibatida  vafot  etgan  boquvchining  oilasiga,  shuningdek,  mar- 
hum  pensionerning  oilasiga  pensiya  boquvchining  ish  stajidan 
qat'i  nazar  tayinlanadi.
Basharti,  boquvchi  vafot  etgan  kunga  qadar  unga  nogironlik 
pensiyasi  tayinlanishi  uchun  zarur  ish  stajiga  ega  boMgan  (17- 
m odda)  boMsa,  um um iy  kasallik  yoki  ish  bilan  bogMiq  bo‘l- 
magan  mayiblanish  oqibatida  vafot  etgan  boquvchisini  yo‘qot- 
ganlik  pensiyasi  tayinlanadi.
Boshqa  mamlakatlardan  ko‘chib  kelgan  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasi  fu q aro larin in g   o ilalariga,  boquvchi  0 ‘zbekiston  Res- 
publikasida  ishlam agan  boMsa,  pensiyalar  quyidagi  hollarda, 
ya’ni:
a)  boshqa  m am lakatlarda  boquvchisini  yo‘qotganlik  pensi- 
yasini  olgan  oilalarga  —  boquvchisining  ish  stajidan  qat’i  nazar;
b)  pensiya  olmagan  oilalarga  —  basharti,  boquvchi  ishlash 
to ‘xtatilgan  kunga  qadar  tegishli  stajga  ega  boMgan  (17-modda) 
boMsa,  mehnatda  mayiblanganlik  yoki  kasb  kasalligiga  chalinganlik 
oqibatida  vafot  etgan  taqdirda  esa  boquvchining  ish  stajidan  qat'i 
nazar  tayinlanadi.
Ushbu  qonunning  22-moddasiga  ko‘ra  esa:
—  umumiy  kasallik  oqibatida  vafot  etgan  hamda  nogironlik 
pensiyasini  to 'liq   tayinlash  uch u n   yetarlicha  ish  stajiga  ega
63
www.ziyouz.com kutubxonasi


boMmagan  (17-m odda)  boquvchisini  yo'qotgan  oila  a'zolariga 
pensiya  boquvchining  bor  stajiga  mutanosib  ravishdagi  miqdorda 
(29-m odda)  tayinlanadi.
Er  (xotin)  vafot  etganligi  sababli  uning  xotini  (eri)ga  tayin- 
langan  boquvchisini  yo'qotganlik  pensiyasi,  xotin  (er)  turm ush 
qurgani  (yangi  nikohga  kirgani)  taqdirda  ham 
pensiya  saqlanib 
qolishi  ko'zda  tutilgan.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə