Ta’lim vazirligi 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi


 .1 .  Davlat  pensiyasini  tayiniovchi  organlar



Yüklə 5,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/81
tarix12.05.2022
ölçüsü5,72 Mb.
#86832
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Ijtimoiy ta\'minot huquqi (Y.Tursunov)

9 .1 .  Davlat  pensiyasini  tayiniovchi  organlar
 
va  ularning  vakolatlari
Pensiya  olishga  haqli  b o ‘lgan  fuqarolarga  pensiyani  to'g‘ri  va
 
o ‘z  vaqtida  tayinlash,  qonunchilik  talablariga  qat'iy  rioya  etilishini
 
ta  'minlash  qonuniylik  va  ijtimoiy  adolat  qaror  toptirilishining
 
muhim  shartlaridan  sanaladi.
Amaldagi  qonunchilikda  pensiya  tayinlash  vakolati  berilgan
 
davlat  organtari,  ularning  vazifalari  va  pensiyalam i  tayinlash,
 
hisoblash  va  tojashning  qat'iy  qoidalari  belgilab  berilgandir.
Davlat  pensiyalarini  tayinlash  pensiya  tayinlash  vakolatiga  ega 
bo‘lgan  organlar  tom onidan  amalga  oshiriladi.
Pensiya  tayinlash  huquqiga  hozirgi  paytda  quyidagi  organlar 
haqlidirlar:
O'zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi  huzuridagi  Budjet- 
dan  tashqari  Pensiya  jam g‘armasi  tuman  (shahar)  boMimlari;
Mudofaa  vazirligi,  Ichki  ishlar  vazirligi,  Favqulodda  vaziyat- 
lar  vazirliklari,  Milliy  xavfsizlik  xizmati  davlat  qo'mitasi  pensiya 
tayinlash  hamda  to'lash  organlari.
Barcha  fuqarolarga,  shu  jumladan,  muddatli  harbiy  xizmat- 
dagi  harbiy  xizmatchilarga  pensiyalar  Moliya  vazirligi  huzuridagi 
Budjetdan  tashqari  Pensiya  jamg'arm asi  tuman  (shahar)  bo‘!im- 
lari  tom onidan  tayinlanadi.
Ofitserlar  tarkibidan  bo‘lgan  shaxslar,  praporshiklar,  m ich- 
m anlar  va  boshqa  m uddatidan  tashqari  xizm atni  o'tayotgan 
harbiy  xizmatchilar,  Ichki  ishlar,  Milliy  xavfsizlik  xizmati,  Fav- 
qulodda  vaziyatlar  vazirligi,  boshliqlar  ham da  oddiy  askarlar 
tarkibidan  bo‘lgan  harbiy  xizmatchilaiga  Mudofaa  vazirligi  yoki 
boshqa  vazirlik,  idorasining  pensiya  boMimlari  tom onidan  belgi- 
langan  tartibda  tayinlanadi.
Fuqarolarga  pensiya  tayinlash  tartibi  0 ‘zbekiston  Respub- 
likasi  „F uqaro larn in g   davlat  pensiya  ta 'm in o ti  t o ‘g ‘risid a“gi 
qonunining  43-moddasida  belgilab  qo ‘yilgandir
0 ‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  M ahkamasining  2011  yil 
8 -sen tab rd ag i  252-sonli  „D av lat  pensiy alarin i  tay in lash   va 
to ‘lash  tartibini  yanada  takom illashtirishga  yo ‘naItiriIgan  nor- 
m ativ-huquqiy  hujjatlarni  tasdiqlash  to ‘g ‘risida“gi  qarori  bilan
75
www.ziyouz.com kutubxonasi


„D avlat  pensiyalarini  tayinlash  va  to 'lash   tartibi  to ‘g‘risida 
N izom “  tasdiqlangan  boMib',  mazkur  Nizomga  ko‘ra 
pensiya 
tayinlash  to ‘g‘risidagi  ariza  oxirgi  ish  joyidagi  korxona,  muas- 
sasa,  tashkilot  m a'm uriyati,  fermer  xo'jaligi  boshlig‘i  yoki  qish- 
loq  xo‘jaligi  kooperativi  (shirkat  xo‘jaligi)  boshqaruvi  orqali 
beriladi.
lsh  vaqtlarini  hisobga  olib  bo'lmaydigan  shaxslarga  va  ular- 
ning  oila  a'zolariga  pensiya  tayinlash  haqidagi  ariza,  arizachining 
bevosita  yashash  joyidagi  tum an  (shahar)  ijtim oiy  ta 'm in o t 
boMimiga  beriladi.
Pensiya  tayinlanadigan  shaxs  balog‘atga  yetmagan  yoki  huqu- 
qiy  muomalaga  layoqatsiz  bo'lgan  taqdirda,  ariza  uning  ota-onasi 
yoki  vasiysi  tom onidan  ulaming  yashash  joylari  orqali  beriladi.
Pensiya  tayinlash  yoki  to'xtatib  qo'yilgan  pensiyani  tiklash 
uchun  pensiya  olish  huquqi  paydo  bo ‘lgan  kundan  boshlab 
istalgan  vaqtda,  biror  muddat  bilan  cheklanmagan  holda  muro- 
jaat  etish  mumkin.

Yüklə 5,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə