Tanlama kuzatish



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#143628
  1   2   3   4   5
8.МАВЗ TANLAMA KUZATISH.



TANLAMA KUZATISH. 
 
Maqsad:
Tanlama kuzatish: mohiyati, zarurligi va ahamiyati, tanlama 
to’plamning reprezentativligi va uni ta’minlash usullari
Zarur adabiyotlar va 
jihozlar:
1.
O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistikasi to’g’risida»gi qonun. Xalq so’zi, 
2002 yil 26 dekabr.
2.
Shodiev X., Statistika (darslik). T.: «Abu Ali ibn Sino», 2004 – 96-110 betlar.,
Noutbuk va tarqatma materiallar
3.
 
http://library.ziyonet.uz/ru/book/download/35990
 
Ishning mazmuni: 
 
8.1. Tanlama kuzatish: mohiyati, zarurligi va ahamiyati
 
8.2. Tanlama to’plamning 
reprezentativligi va uni ta’minlash usullari
 
8.3. Tanlab kuzatish xatolari
 
 
 
 
Statistika ommaviy to’plamlar bilan shug’ullanganligi sababli statistik tadqiqotlar juda 
ko’p mashaqqatli mehnatni talab qiladigan qimmatli ishlardan hisoblanadi.
Tanlama kuzatish – qisman kuzatish usuli bo’lib, bunda to’plamning hammasi emas, balki 
ma’lum tanlash qoidalari asosida ajratib olingan va butun to’plamni umumiy holda 
xarakterlay oladigan uning bir qismidir. Tanlama kuzatishda to’plamning oldindan 
belgilangan ma’lum qismi, masalan, 1/10, 1/20, 1/50 va h.k. qismi tekshiriladi va 
tekshirish natijalari butun to’plamga tatbiq etiladi.
Tanlanma kuzatish quyidagi maqsadlarda qo’llaniladi: vaqt va mablag’ni tajashda; 
kuzatish jarayonida sifati buziladigan yoki qiymatini butunlay yo’qotadigan birliklar 
miqdorini qisqartirishda; umumiy to’plam haddan tashqari ulkan bo’lib, uni yoppasiga 
kuzatish imkoniyati bo’lmaganda; kuzatish ob’ektini to’laroq, chuqurroq o’rganishda; 
yoppasiga kuzatish natijalarini tekshirish va nazorat qilishda.
Tanlama kuzatishni amalga oshirganda, yoppasiga kuzatish o’tqazgandagi aniq 
ma’lumotlarni olish juda ham qiyin, chunki bunda butun bosh to’plam birliklari emas, 
balki uning tanlab olingan qismigina tekshiriladi, xolos. Shuning uchun tanlama kuzatish 
o’tkazilganda, u o’ziga xos bo’lgan ayrim kamchilik va xatoliklardan xoli bo’lmaydi.
Tanlama kuzatishga xos bo’lgan xatolarni reprezentativ xatolar yoki vakolatli xatolar 
deyiladi. Ular tanlama kuzatish ma’lumotlari bilan bosh to’plam ma’lumotlarining to’g’ri 
kelmaslik miqdorini xarakterlab beradi. Reprezentativ xatolar tasodifiy va muntazam 
xatolarga bo’linadi.
Tasodifiy xatolar kuzatish yoppasiga bo’lmaganligi sababli to’plamni etarli darajada aniq 
ko’rsata olmaganligidan kelib chiqadi. Ularning miqdori katta sonlar qonuni va ehtimollar 
nazariyasiga asoslangan holda etarli aniqlik bilan aniqlanadi.
Muntazam xatolar kuzatish uchun tanlangan to’plam birligini ajratishda tasodifiylik 
tamoyilining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Masalan, kollejda o’zlashtirishni yuqori 
darajada ko’rsatish uchun a’lochi talabalar maxsus tanlab olingan.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə