Taqdimoti axloq odobga oid hadis namunalaridan



Yüklə 8,83 Kb.
səhifə1/3
tarix24.12.2023
ölçüsü8,83 Kb.
#160385
  1   2   3
Axloq odobga oid hadis namunalaridan


Termiz davlat pedogogika universiteti BT 23-04 S guruh talabasi Tosheva Oyshaning Boshlang`ich ta`limda tarbiya fanidan “Axloq odobga oid hadis namunalaridan” mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI

Axloq odobga oid hadis namunalaridan


Reja:
1. Hadis haqida tushuncha
2. Imom Buxoriy hadislari
3. Axloq odobga oid hadislar
Hadis - islom dini talimoti bo’yicha Qur’ondan keyin turadigan ikkinchi muqaddas manba bo’lib, Muhammad(s.a.v.) payg’abarning hayoti va foliyati, shuningdek uning diniy va axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga oladi. Muhammad(s.a.v.) payg’ambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko’rsatgan bo’lsa, yoxud boshqalarning o’zlaricha qilayotgan biron ishini ko’rib, uni man etmagan bo’lsa, shu uch holatning har biri sunnat hisoblanadi. Ana shunday hatti-harakatlar yoki ko’rsatmalar haqidagi rivoyat hadis deb yuritiladi.
Hadislarda islom dini ahkomlari yani, farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh kabilardan tashqari, axloq-odobga doir ko’rsatmalar ham talqin etiladi. Ularda ibodatning tartib-qoidalari va ularni mukammal bajarishga da’vat etish bilan birga insoniy fazilatlar ham keng tashviq qilinadi, insoniylik sha’niga dog’ tushiradigan razil sifatlar qoralanadi. Shuning uchun ham islomning ilk davrlaridanoq musulmonlar hadislarga juda katta ahamiyat berishgan. Eshitgan har bir hadisni xatosiz, asl holicha boshqalarga yetgazishga qat’iy rioya qilingan.
Bu to’g’rida Muhammad(s.a.v.) payg’ambarning o’zi musulmonlarni tez-tez ogohlantirib turgan. Hadis mazmuni va iborasini buzib o’zicha yangi hadis to’qib tarqatuvchilar qattiq qoralangan. Bunday talabchanlik payg’ambar vafotidan ancha keyinga qadar ham hadislarning sof holda saqlanib turishiga imkon bergan. Lekin keyinchalik turli sinfiy va ijtimoiy ziddiyatlar, islom dininidagi ichki g’oyaviy kurashlar natijasida ko’pgina soxta hadislar ham yuzaga kelgan. Natijada yirik muhaddislar1 hadislarni ishonchli manbalar asosida qayta ko’rib chiqish va ularning haqiqiylarini soxtalaridan ajratish uchun ancha xizmat qilganlar.

Yüklə 8,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə