Tarbiya 3 sinf muqova P. cdr



Yüklə 376 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix23.12.2023
ölçüsü376 Kb.
#155230
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
96463 c17bc0f304beec87c3e0dbee56a9c558 2

о 
edurtm_uz
II bob. Bilim va odob - inson ziynati
Tun yarmidan oqqanda akasi ukasiga bildirmay uydan chi- 
qibdi va u ham omborxonaga boribdi. Mo‘ljallagan ishini qilib
aka ham xursand bo‘lib o‘rniga kelib yotibdi.
Ertasi kuni ertalab aka-ukalar o‘zlarining donlarini bozorga olib 
borib sotibdilar. Qarangki, akaning ham, ukaning ham 
donlarining miqdori teng ekan. Bu holdan uka qat- 
tiq ranjib, qozining oldiga boribdi. U yerda xuddi 
o‘zi kabi donlar teng bo'lganligidan ranjib kel- 
gan akasini uchratibdi.
л
т е й
W
&
у
1
\ г
\
L
к
Ijodiy faoliyat
1. Aka-uka bir-biridan yashirincha omborxonada nima ish qilgan
bo‘lishlari mumkin?
2. Nima uchun aka-uka bir-biriga bildirmasdan uydan chiqibdi?
3. Hikoyani davom ettiring.
4. Aka-ukalar nima uchun bir-biridan ranjigan bo‘lishi mumkin?
5. Qozi qanday hukm qiladi deb o‘ylaysiz?


Respublika
Ta'lim Markazi
О 
edurtm_uz
TARBIYA, 3-SINF С И
Qozi aka-ukaning da’vosini birma-bir tinglabdi va ularga: 
«Sizlarga tarbiya bergan ota-onangizga rahmat!» - debdi. 
Chunki uka: «Akamning to‘rt bolasi bor, men esa hali uylan- 
maganman, donni teng bo‘lish adolatdan bo‘lmaydi. Yarmini 
akamga qo‘shib qo‘yay», - deb, donidan akasining doniga qo‘shib 
qo‘ygan ekan. Akasi esa: «Men oilaliman, ukam uylanishi kerak, 
to‘y qilishga pul kerak, donni teng bo‘lish adolatdan bo‘lmay- 
di», - deb, o‘zining donidan ukasining doniga qo‘shib qo‘ygan 
ekan.
Ijodiy faoliyat
1. Hikoyaga sarlavha qo‘ying.
2. Siz ukangiz yoki akangiz uchun o‘zingizga zarur bo‘lgan 
narsadan voz kecha olasizmi?
3. «Sizlarning eng yaxshingiz qarindoshlar holidan xabar olib tu- 
ruvchingizdir» degan hikmat mazmunini oila a’zolaringizdan 
so‘rang.
4. Hikoyada aka-ukalar o‘rtasidagi munosabatni mehr-oqibat 
deyish mumkinmi?
5. Mehr-oqibatga misollar keltiring.


^ .e d u rtm u z

Yüklə 376 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə