о
edurtm_uz
TARBIYA, 3-SINF С И
AVGUSTNING 0 ‘G‘RILIGi
Maktabdan qaytgan Umidjon dar-
hol oyisining yoniga boribdi-da: «Oyi-
jon, nega 12 oydagi kunlarning sanog‘i
har xil? Ayniqsa, fevral kunlari boshqa
oylarnikiga qaraganda juda kam. Bu-
ning sababi nimada?!» - deb so‘rabdi.
Umidjonning oyisi biroz o‘ylanib turdi-da:
«Bilmasam, o‘g‘lim.
Bu
savoling bilan
meni ham qiziqtirib qo‘yding. Rostdan
ham, nega fevralning kunlari boshqa oy-
larnikidan kam?
Bu savolingga javobni,
yaxshisi, buvangdan borib so‘ragin», -
debdi. Sabri chidamay, betoqat bo‘lgan
Umidjon bog‘da o‘tirgan buvasining yoni
ga borib salom bergach, so‘rabdi: «Buva-
jon, siz fevral oyida tug‘ilgansiz. Nega bu
oyning boshqa oylarga qaraganda kunlari
kam?» Buva
nabirasining salomiga alik
olib,
peshonasidan o‘pib qo‘ydi-da, jil-
mayib, shunday dedi: «O‘zimning ziyrak-
kina nabiram. Bundan bir necha yillar
avval, xuddi
sening yoshingda men ham
shu savolga javob topaman, deb juda
qiziqqan edim. Sababi, men 29-fev-
ral kuni tug‘ilganman. Tengdoshlarim
tug‘ilgan
kunini har yili nishonlasa,
mening tavallud kunim to‘rt yilda
bir marotaba bo‘lardi. Le-
kin ota-onam meni xafa
bo‘lmasin deya, 28-fevral
kuni tug‘ilgan
kunim bilan
tabriklab, nishonlab beri-
shardi. Men «Tug‘ilgan kunim
uch yil qayerga g‘oyib bo‘lar
71