Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari


Jamoa nazariyasining shakllanishi va uning mohiyati



Yüklə 13,91 Kb.
səhifə4/5
tarix23.09.2023
ölçüsü13,91 Kb.
#123472
1   2   3   4   5
Umumiy pedagogika 22-V

Jamoa nazariyasining shakllanishi va uning mohiyati
Jamoa haqida tushuncha. Jamoa (lotincha «kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig‘ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh) bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad asosida tashkil topgan guruh demakdir. Zamonaviy talqinda «jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, jamoa deganda bir necha kishilarning muayyan maqsad yo‘lida birlashuvidan iborat tashkiliy guruhi tushuniladi (masalan ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, o‘quv yurti jamoasi, xo‘jalik jamosi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan guruh tushuniladi.

Inson to‘g‘risidagi fanlar tizimida jamoaga berilgan turli ta’riflar mavjud. Falsafiy ma’noda jamoa - bu bir necha kishilardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad, muloqot va o‘zaro faoliyat asosida tashkil etilgan guruhni anglatsa, sotsiologiyada mehnat jamoasi imkoniyatlari o‘rganiladi, psixologiyada guruhdagi aloqadorlik, o‘zaro ta’sir, pedagogikada bolalar jamoasining tashkil etilishi o‘rganiladi.
Pedagogikada bolalar va o‘quvchilar jamoasi tushunchasi bola rivojlanishida va hayotida jamoaning o‘rni anglanishi natijasida paydo bo‘lgan. Ya.A.Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika» asarida bolalarni bir-biriga ta’siri haqida fikr bildirib, o‘qituvchilarga passiv o‘quvchini faol o‘quvchi bilan, aqliy rivojlanishini pastrog‘i bilan, to‘polonchini bosiq bola bilan birlashtirib o‘qitish kerakligi haqida maslahatar bergan. XX asr boshlariga kelib, pedagoglar jamoaviy munosabalarni rivojlanishini bola shaxsini rivojlanishida qulay sharoitlarni yaratishning asosiy yo‘nalishi sifatida talqin qilganlar. Bolalar jamoasi kuchli tarbiyaviy instrument hisoblanadi. Shuning uchun tarbiyaning asosiy vazifasi bolalar uchun qiziqarli, turli-tuman faoliyatni tashkil etish hisoblanadi.
Bolalarni jamoada tarbiyalash nazariyasi A.S.Makarenkoning amaliy faoliyatida rivojlandi. Uning ta’kidlashicha, jamoa tarbiyaning shakli, quroli, vositasi hamda har bir shaxsni rivojlantirish manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, jamoada shaxs erkinligi va qadr-qimmati hamda himoyalanganligi va ijtimoiy aloqalari ta’minlanadi.
Shuning uchun insoniylik tarbiyasi bu jamoaviy tarbiya deb hisoblanib, tarbiyalovch jamoani shakllantirishning ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Tarbiyalovchi jamoa bu o‘zining vazifalariga, an’analariga, munosabat stiliga, o‘z- o‘zini boshqarish organlariga ega bo‘lgan tirik ijtimoiy hodisadir. Makarenkoning xizmatlari yana shunda ko‘rindiki, u birinchilardan bo‘lib, jamoa tarbiyasining asosiy prinsiplarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, ularga bolani ijobiy tomonlariga tayanish, parallel ta’sir etish, bola shaxsiga hurmat va talab uyg‘unligi, bolaga individual ta’sir etish prinsiplari kiradi.

Jamoa nazariyasining rivojlanishiga polyak pedagogi Ya.Korchak munosib hissa qo‘shgan. U tarbiyaning maqsadi - bu bolani ichki kuch va imkoniyatlarini, qobiliyatlarini to‘liq, erkin, har tomonlama mustaqil rivojlantirish deb hisoblagan. Uning fikricha, bu jarayonining asosiy omili demokratik tarzda tashkillashtirilgan, bolalar hayotini to‘liqligini ta’minlovchi, ularni xulq-atvorini tuzatuvchi, o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi bolalar jamoasi hisoblanadi deb ta’kidlagan. Tarbiyachining vazifasi bolani xatti-harakatlarini kuzata olishi,uning xulq-atvori motivlarini tushunishi, hurmat asosidagi munosabatlarini o‘rnata olishni bilishi hisoblanadi.
Bugungi kunda bolalar jamoasi rus pedagoglari A.V. Mudrik, L.I, Novikova, N.Ye.Shurkovalar o‘zbek pedagoglaridan O.Musurmonova, M.Quronovlar tomonidan ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida qaralmoqda.
Ularning fikricha, tarbiya tizimi bolalar va o‘smirlarning turli ko‘rinishdagi tabaqalashgan birligini ifodalaydi. Bularga: sinf, to‘garak, sport seksiyasi, ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Bizga ma’lumki, jamoada tarbiyalash muammosi tadqiqotlar tomonidan mamlakatimizda va ko‘plab mamlakatlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi qabul qilingan hamda ta’lim tizimi modernizatsiya qilinayotgan sharoitda o‘rganilmoqda.

Yüklə 13,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə