Tarbiyaviy ishlar uslubiyati faniga kirish


O’qituvchilik kasbi juda katta va jismoniy kuch talab etadi. Shuning uchun o’qituvchining ayniqsa guruh rahbarining salomatligiga ham ma’lum talablar qo’yiladi



Yüklə 48,83 Kb.
səhifə4/5
tarix29.11.2023
ölçüsü48,83 Kb.
#138789
1   2   3   4   5
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish mahorati

O’qituvchilik kasbi juda katta va jismoniy kuch talab etadi. Shuning uchun o’qituvchining ayniqsa guruh rahbarining salomatligiga ham ma’lum talablar qo’yiladi.
O’qituvchi qo’yiladigan umumiy talablar guruh o’qituvchisining kasbini o’ziga xosligi ayrim spetsifik talablarni keltirib chiqaradi. Chunonchi, guruh o’qituvchisi anatomiya,fizalogiya, o’quv yurti gigienasi fanlaridan xabardor bo’lmog’I, o’quvchilar faoliyatini shu fanlar tavsiyasi asosida tashkil etishi lozim; (guruh gigeinik talabga javob berishi, o’quvchilar rejimi, ularning aqliy va jismoniy rivojlanishini kuzatishi va to’g’ri yo’naltirish); o’qituvchi o’z nutqini iroda qilishi; adabiy nutq normalariga rioya qilishi, ovozning baland pastligiga ahamiyat berishi, nutqining jonli, ifodali bo’lishiga e’tibor berishi; bolarini charchatib qo’ymaslik maqsadida ish turlarini tez-tez o’zgartira olishi, ota-onalar o’rtasida pedagogik bilimlarni targ’Ib qilishi, ular bilan yaqindan aloqa o’rnata olishi (bu faoliyatini turi boshlang’ich guruh o’qituvchilarini, jismoniy holatini o’rganishga yordam beradi) va ularga tarbiyaviy ta’sir o’tkazishga yordamlashishi kerak. Nihoyat u o’z ustida tinmay ishlamog’I lozim. Ayniqsa qadryatlarimizni o’rganishga, o’zligimizni bilishga ehtiyoj katta bo’lmoqda, zero bu narsalarni bilmay turib mustaqilligimizni mustahkamlab, buyuk davlat qurib bo’lmaydi. Shunday ekan, boshlang’ich gurugdan boshlab bolalar sharqon tarbiya ta’siriga olmog’I, o’z qadryatlarini bilmog’I lozim. Bu o’qituvchidan qolaversa guruh rahbaridan chuqur bilimli bo’lishni talab etadi.
Rabbim-fan payg’ambarim bilimdir.
(Abduraif Fitrat).
Ustozlik –bu kelajak, istiqbol uchun meros qilib qoldiriladigan boylikdir. Bu boylikning qadr-qiymati sshu qadar buyukki, u odamni ma’naviy jihaatdan boy qilib, qalbini baxtga ilohiy nurga to’ldiradi. «Ustoz » so’ziga berilgan ta’rifga e’tibor bering-a uning mazmuni naqadar boy. Ustoz-muayyan fan, bilim gohida betakror olim, pedagog mutaxassis, o’z yo’nalishi bo’yicha barcha yangilikardan bohabar, hayotda o’z o’rnini topgan mavqei, salohiyatini va o’quv yurtiga ega, olim fuzalo, oqil komil o’rnak bo’ladigan, o’zining ilg’or tajribasiga ega va kelajakni ilmiy tasavvur qiladigan: ilmiy, bilimli, hamma tomondan tan olingan malohatgo’y inson.
Dunyoda biron kimsa yo’qki, uning ustozi bo’lmasa. U hukumat rahbarimi, buyuk allomami, vazir yoki iqtidorli shifokormi, xalq mehrini qozongan yozuvchimi yoki qo’li gul kosibmi, qarangki barcha-barchaning o’z ustozi va hayot yo’lini charog’on etib turuvchi yo’lboshchisi bo’ladi. Siz o’zingizni ustozlik baxt sohibi hisoblasangiz quyidagilarni unitmaslik kerak.
“O’zbekiston kelajagi buyuk davlat” g’oyasi sizning har kungi faoliyatingiz uchun dasturulomal bo’lsin va shu buyuk xalq va davlatga munosib shogirdlar tayyorlang.
Ustuzning eng buyuk burchi –xalqqa naïf tegadigan aql idrokli, qobilyatli o’quvchi shogirdlar tayyorlashdan iborat. Ustoz yaxshi shogird tayyorlash uchun eng avvalo o’zining o’zi ma’naviy jihatdan barkamol fikrlash tarsi, noyob, dunyo qarashi sog’lom, o’z yurti va xalqining g’oyasi va ilg’or mafkuraning bayrog’dori bo’lishi kerak.



Yüklə 48,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə