Tаriхshunоslik fanidan o`quv uslubiy majmua bilim sоhаsi: Gumаnitаr sоhа



Yüklə 1,54 Mb.
səhifə58/63
tarix24.03.2023
ölçüsü1,54 Mb.
#103068
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
portal.guldu.uz-TАRIХSHUNОSLIK

Birinchidan, istiqlol yillarida O`zbekiston mustaqil suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatida o`ziga xos nufuzga ega bo`ldi. U o`zining katta ishlab chiqarish imkoniyatlari, boy aqliy va jismoniy salohiyati, tengsiz tabiiy boyliklari bilan dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari diqqatini tortdi va ular bilan tengma-teng turib hamkorlik qilish qudratiga ega ekanligini ko`rsata oldi.
Ikkinchidan, eng og`ir, mashaqqatli va ziddiyatli paytlarda, o`tish davrining o`ziga xos murakkabliklari mavjud bo`lgan bir vaqtda mamlakatda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy barqarorlikning saqlab turilishi mamlakat hukumati siyosatining naqadar hayotiy va xalqchil ekanligini ko`rsatadi. Ayniqsa, yuzdan ortiq millat va elat yashayotgan mamlakatda turli aqidalar va g`oyalar ta`sirida bo`lgan aholining talab-ehtiyojlarini o`z vaqtida qondirish, ularning qarashlarini bir nuqtada jamlash alohida uddaburonlikni va qat`iyatlikni talab etadi. O`zbekiston hukumati xuddi ana shunday qat`iyatni ko`rsata bildi.
Uchinchidan, bozor munosabatlariga o`tish jarayonida aholini ijtimoiy himoyalash, dunyoviy davlat qurishning asosi bo`lgan qonun ustivorligiga erishish, qonun oldida barchaning tengligini ta`minlash tamoyillari vujudga keldi.
To`rtinchidan, xorijiy investittsiyalarni jalb etish, chet ellik ishbilarmonlar bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish, shu asosda mamlakat ishlab chiqarishini tubdan o`zgartirish, uni jahonning eng ilg`or texnologiyalari bilan qayta jihozlantirish yo`li tutildi. Bu O`zbekistonning jamiyatni bir holatdan ikkinchi bir holatga o`tkazishda barcha yosh mustaqil mamlakatlar o`rtasida eng to`g`ri yo`l tanlaganini ko`rsatdi.
Beshinchidan, O`zbekiston hukumatining islohotchilik siyosati bevosita xalq dunyoqarashi, uning ming yillar mobaynida shakllangan urf-odatlari, an`analari bilan uyg`un holda amalga oshirila boshlandi. «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir», «Savob ishni har kim qilishi kerak», «Farzandlarimiz bizdan ko`ra kuchli, aqlli, dono va albatta baxtli bo`lishi kerak» singari shiorlar xalqimizning orzu-istagi, umid va intilishlari bilan uyg`un holda dunyoga keldi. Bugungi O`zbekistonning tom ma`noda ma`naviy tiklanish va ruhiy poklanish maydoniga aylanganligi ana shu eng ezgu niyatlar asosida davlat siyosati va xalq orzu-umidlarining uyg`unligi natijasidir.
Ma`lumki, jamiyat taraqqiyotida shaxsning roli benihoya katta. Ayniqsa, o`tish davrida davlat arbobining, siyosiy yetakchining o`rni yana ham yaqqolroq ko`zga tashlanadi. CHunki, bu paytda hali ma`lum bir siyosiy tuzum, siyosiy qatlam va jamiyatni yo`naltiradigan oqim shakllanmagan, qarashlar bir o`zanga tushmagan, turli qarama-qarshiliklar va ziddiyatlar mavjud bo`lgan murakkab bir vaziyat vujudga keladi. Bunday paytda xalq o`z kelajagini asosan davlat rahbariga qarab belgilaydi. O`zining iymon-e`tiqodini, taqdirini u bilan bog`laydi.
Ana shu nuqtayi nazardan qaraganda mustaqillikning o`tgan davrida mamlakatimizda amalga oshirilgan keng koiamli ishlar bevosita davlat rahbarining shaxsiyati, uning ish uslubi, voqea-hodisalarga yondashish usuli bilan bog`lanib ketgan. Xohlaymizmi-yo`qmi, davlat arbobining siyosiy qiyofasi o`tish davrining noyob mahsuli sifatida tarix sahifalarida Bosh islohotchi qiyofasida mustahkam o`rnashgan bo`ladi.
SHubhasiz, yuqorida tilga olingan masalalarni o`rganish va mushohada qilish kishilarda yuksak ma`naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish, yoshlarni tarixiy an`analarga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga ko`maklashadi.



Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə