Tarix fanini o`qitishda chet el tajribalarini o`rganish va foydalanish reja


AMERIKA QO`SHMA SHTATLARIDAGI TA’LIM



Yüklə 22,59 Kb.
səhifə2/6
tarix18.06.2023
ölçüsü22,59 Kb.
#117792
1   2   3   4   5   6
Tarix fanini o`qitishda chet el tajribalarini o`rganish va foydalanish

AMERIKA QO`SHMA SHTATLARIDAGI TA’LIM
AQShda majburiy ta’lim 16 yoshgacha amal qiladi. Shunisi diqqatga sazovorki, AQSh maktablarining bitiruvchi sinf o`quvchilaridan tashqari barcha o`quvchilar ta’tillar paytida ish bilan band bo`ladilar. Ta’lim tizimlariga mablag` ajratish bo`yicha AQSh dunyo mamlakatlari o`rtasida yetakchi o`rinni egallaydi. Amerika boy mamlakat lekin bu mamlakatda bolalar uch yoshga tulgunlaricha onalarga turli moddiy imtiyozlar berilish nazarda tutilmagan. Boshlang`ich maktablarning asosiy vazifasi 6 yoshdan 15 yoshgacha bo`lgan bolalarga to`laqonli bilim, ta’lim berish, ularning umuminsoniy, axloqiy xislatlariga ega bo`lib shakllanishini taminlashdan iboratdir. Amerika maktablarida o`quv-tarbiya ishlari bilan bog`liq masalalarni to`laligicha har bir shtat o`ziga mustaqil belgilab olish huquqiga ega. Shu boisdan boshlang`ich maktablarda o`quv davomiyligi turli shtatlarda turlicha. Ya’ni boshlang`ich ta’lim 4,5,6,8 yillik bo`lishi mumkin.O`quvchining boshlang`ich ta’lim bosqichidanoq o`quvchilar uchun turli to`garaklar, sayohatlar tashkil etiladi. Ma’lum darajada 9-sinf bitirganlar yuqori maktablarga tanlov yo`li bilan qabul qilinadilar. Lekin yuqori va o`rta maktab o`quvchilarining bilimiga qarab tabaqalashtirilganligi tufayli 86,4 foiz o`quvchi ularga qabul qilinadi.
O`rta maktab o`quvchilari kundalik faoliyatida yarim vaqtini o`quv sinflarida, qolgan vaqtini esa labaratoriya va tajriba maydonchalarida o`tkazadilar. O`quvchilar va ota-onalarning istaklariga muvofiq, kasb-hunar yo`nalishlariga mos keluvchi predmetlardan olinuvchi saboqlarni ko`paytirish mumkin. AQShda har bir o`quvchining fanlar bo`yicha olgan bilimlarini jamlovchi attestatlari mavjud bo`ladi. Odatda o`quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o`quv predmetlalari bo`yicha bir o`qituvchi bilim beradi. Ayrim maktab o`quvchilarining o`quv predmetlarini o`zlashtirishda eng yangi o`quv vositalarini qo`llash va urganilayotgan darsliklarni programmalashtirish tufayli amalga oshiriladi. AQShda oliy ta’lim 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi bular: kichik mutaxasislik, bakalavr, magistr, va doktorlik. AQSh ta’lim tizimi asosi ikki bosqichdagi ananaviy yo`nalishdan iborat.
Oliy ta’limdagi o`z oldiga qo`ygan maqsadi va o`quv dasturlari jihatidan bir-biridan qat’iy chegaralangan. Birinchi bosqich garchi AQSh oliy ta’lim bosqichi deb yuritilsada ularni vazifasiga ko`ra bizdagi maxsus o`rta ta’lim yurtlariga tenglashtirish mumkin. Bu bosqich 2 yillik kollej shaklida bo`lib bitiruvchilarning uchdan ikki qismi 4 yillik kollejlarning III-ko`rsiga qabul qilinadilar. Qolgan bir qismi esa kichik mutaxassis guvohnomasini oladi. Ikki yillik kollejlarning 87foizi davlat ixtiyorida, qolgan 13 foizi esa xususiydir.
1-bosqich oliy ta’limni tugatgan talabalarga 2-bosqichdagi to`rt yillik kollej va dorilfununlarga kirish imkoniyati beriladi. Bunday oliy o`quv dargohini bitirganlarga 1-darajali bakalavr unvoni beriladi. 2-bosqich oliy o`quv yurtini bitirganlarning bir qismi nazariy bilimlarni amaliyotda mustahkamlash uchun to`rt yil ishlab chiqarishga borib ishlaydilar. 3-bosqich –magistr maktabi hisoblanib, unda o`qish muddati 1-2 yildan iborat. 4-bosqich doktarantura bosqichidir tinglovchilar unda 3-4 yil ta’lim oladilar.
AQSh ta’lim tizimimimg oliy bosqichi to`g`risida gap ketar ekan, uning ikki ananaviy yo`nalishi mavjudligini qayd etmoq kerak. Birinchisi, bu ta’limni individuallashtirish bo`lsa, ikkinchisi, talabalarning mustaqil ishlashlarini amalga oshirishdir. Amerika pedagogikasida ta’limning bosh maqsadi intelektni mashq qildirish, xulosalash, mantiqan fikrlash qobiliyatini o`stirishdan iboratdir.



Yüklə 22,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə