Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini sozlash va ishlash jarayonini tekshirish ishning maqsadi


Эxtensions (Расширения) – loyiha masteri va boshqa uskunalar qatoridan tashkil topgan; Help



Yüklə 1,51 Mb.
səhifə2/8
tarix28.11.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#135479
1   2   3   4   5   6   7   8
Tarmoq simulyatori bilan ishlash. Cisco packet tracer dasturini -fayllar.org

Эxtensions (Расширения) – loyiha masteri va boshqa uskunalar qatoridan tashkil topgan;

Help (Помощ) – dastur bo‘yicha yordamdan tashkil topgan.
Uskunalar paneli:

Asosiy menyu oynasining tagida uskunalar paneli joylashgan (2-rasm).



2-rasm. Uskunalar paneli

Uskunalar paneli piktogrammalar yordamida dastur bosh menyusining asosiy punktlarini takrorlaydi.

Qurilmalar.

Ishchi maydonning pastida qurilmalar paneli joylashgan. Ushbu panel o‘zining chap tamonida qurilmalar tipi (sinflari), hamda o‘ng tamonida – ularning nomlari (modellari)dan tashkil topgan. Qurilmalarning har birining ustiga borganda ularning markazida joylashgan to‘g‘rito‘rtburchakda uning tipi akslanadi. Qurilmalarning tiplari 3-rasmda keltirilgan.

3-rasm. Packet Tracer qurilmalar paneli (qurilmalarning asosiy tiplari)

Marshrutizatorlar (routerlar) marshrutizatsiya algoritmlari asosida ma’lumotlarni uzatishning optimal marshrutini qidirish uchun ishlatiladi.

Kommutatorlar – tarmoqning bir yoki bir nechta segmentlari chegarasida bir nechta tugunlarni birlashtirish uchun mo‘ljallangan qurilma. Kommutator (svitch) kommutatsiya jadvali asosida axborot paketlarini uzatadi, shuning uchun trafik faqat u yo‘naltirgan MAC-adresga ketadi, konsentrator (xab) dagi singari barcha portlarda takrorlanmaydi.

Simsiz qurilmalardan dasturda simsiz marshrutizator va uchta kirish nuqtasi keltirilgan. Oxirg‘i qurilmalar orasida siz ShK, noutbuk, server, printer, telefonlar va boshqalarni ko‘rishingiz mumkin. Dasturda Internet bulut va DSL modemlar ko‘rinishida tasvirlangan. Ko‘p foydalanuvchili ish uchun foydalanuvchi qurilmalari va bulut 4-rasmda tasvirlangan.

4-rasm. Ko‘p foydalanuvchili ish uchun foydalanuvchi qurilmalari va bulut


Aloqa liniyalari. Aloqa liniyalari yordamida tarmoq tugunlarining ulanishi amalga oshiriladi hamda bunda har bir tipdagi kabel qurilmaning ma’lum tipdagi interfeyslariga ulanishi ham mumkin (5-rasm).

5-rasm. Алоқа линиялари типлари


Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə