Tarmoq xavfsizligi


-topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot



Yüklə 305,53 Kb.
səhifə15/80
tarix27.12.2023
ölçüsü305,53 Kb.
#163603
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80
Tarmoq xavfsizligi-hozir.org

2-topshiriq bo`yicha qisqacha nazariy ma’lumot

Agregatsiya kanal (ingilizcha link aggregation) – bir nechta fizik kanalni bitta mantiqiy kanalga birlashtirish imkonini beradigan texnologiya. Agregatsiya kanal fizik kanal bo`ylab mantiqiy kanalda trafiklarni taqsimlash va bitta yoki bir nechta jismoniy kanallarni bitta mantiqiy kanalda ichki rad etilish holati sodir bo`lganda zahiralash imkonini beradi. Bunday texnologiya kanal o`tkazish qobilyatini va ishonchligini oshirish imkonini beradi. Tarmoq topologiyasi 5.6-rasmda keltirilgan


5.6 - rasm. Kommutatorlar o`rtasida agregatsiya kanalning tashkil etilishi

Agregatsiya kanallar to`g`risida umumiy axborotlar

Agregatsiya kanallar ikkita masalani echish imkonini beradi:

    • Kanalni o`tkazish qobiliyatini oshirish


    • Kanallardan biri qatordan chiqqanda zahirani ta’minlaydi.


Agregatsiya kanallar ikkita kommutator, kommutator va marshrutizator, kommutator va xostlar o`rtasida yaratilishi mumkin.


Cisco da kanallarni agregatsiyalash uchun quyidagi uchta variantdan biridan foydalanish mumkin:
    • LACP (Link Aggregation Control Protocol) standart protokol;


    • PAgP (Port Aggregation Protocol);


    • Protokoldan foydalanmaydigan statik agregatsiyalash.


EtherChannel mantiqiy kanal fizik kanal bo`ylab kadrlarni taqsimlaydi, raqamli belgiga ega kadrda manzil to`g`risida axborotlarga tegishli ikkilik shablonda ifodalaydi, dastlabki bosqichida mantiqiy kanalda fizik kanallardan biri tanlaniladi. EtherChannel kanallarni taqsimlash Cisco xeshlash algoritmiga asoslanadi.

Cisco qurilmasida kanalni agregatsiyalashni sozlashda bir nechta terminlardan foydalaniladi:

    • EtherChannel — kanallarni agregatsiyalash texnologiyasi. Termin kanallarni agregatsiyalash uchun Cisco da foydalaniladi. EtherChannel dan ekranlanmagan juft o`ramli kabellar (UTP) yoki bir va ko`p moddali optik tolali kabellar orqali lokal tarmoqda kommutatorlarni, marshrutizatorlar, serverlar, mijozlar bir-biri bilan bog`lashda foydalaniladi.


    • port-channel — mantiqiy interfeys, ya’ni fizik interfeyslarni birlashtiradi.


    • channel-group — bu buyruq qaysi mantiqiy interfeys fizik interfeysda joylashganligini va qaysi agregatsiyalash rejimidan foydalanishi ko`rsatadi.


5.7-rasm. Port-channel mantiqiy interfeys

Bu terminlar kanallarni agregatsiyalashda foydalaniladi.

Sxemada channel-group buyrug`idan keyingi son Port-channel mantiqiy interfeys raqamini bildiradi. Ikki tarafi Agregatsiyalangan kanalli mantiqiy interfeys raqami bir-biriga mos kelishi kerak. Raqam bitta kommutatorda turli port guruxlarini farqlashda foydalaniladi.



Yüklə 305,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə