Tarmoq xavfsizligi



Yüklə 305,53 Kb.
səhifə30/80
tarix27.12.2023
ölçüsü305,53 Kb.
#163603
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80
Tarmoq xavfsizligi-hozir.org

Standart ACL ro‘yxati
Router(config)#access-list {permit | deny | remark} {address | any | host}[source-wildcard] [log]
  • permit: ruhsat;


  • deny: rad etish;


  • remark: kirish ro‘yxati bo‘yicha sharx;


  • address: tarmoqqa ruxsat berish yoki rad etish;


  • any: barcha ruxsat yoki rad etish;


  • host: hostga ruxsat yoki rad etish;


  • source-wildcard: WildCard tarmoq maskasi;


  • log: ushbu ACL yozuvidan o‘tadigan paketlarni jurnalga yozishni yoqish.


Interfeysga biriktirish

Router(config-if)#ip access-group < ACL nomi yoki ro‘yxat nomeri> {in | out}


  • in: kiruvchi yo‘nalish;


  • out: chiquvchi yo‘nalish;




access-list access-list-number {permit|deny} {host|source source-wildcard|any}.
Standart ACL (faqat ro`yxatdan o‘tgan mijozlar uchun) IP paketlarni uzatuvchi manzili bilan ro`yxatga kiritilgan manzillarni solishtirish orqali trafikni boshqaradi.
Standart ACL ro`yxat bo`yicha tanlangan hostni tarmoqqa kirishiga ruxsat berish

9.1- rasm. Standart ACL ro`yxat bo`yicha tarmoq tuzilishi


9.1– rasmda Hostni tarmoqqa kirishiga ruxsat berilishi ko‘rsatilgan. B tarmoqdagi xost 192.168.10.1 dan A tarmoqqa yo‘naltirilgan barcha trafiklarni qabul qiladi va bir vaqtda boshqa B tarmoqdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan barcha trafiklar rad etiladi.

R1 marshrutizatorning jadvali tarmoq xostga qanday kirishga ruxsat berishini ko‘rsatadi. Chiqish ma’lumotlari quyidagicha:


  • bu konfiguratsiya IP manzili 192.168.10.1 bo‘lgan xostni R1 marshrutizatorga Ethernet 0 interfeys orqali o‘tkazadi;


  • bu xostda A tarmoqning IP xizmatlariga kirish mavjud;


  • B tarmoqning boshqa xostlari A tarmoqqa kira olmaydi;


  • ACL da ruxsat bermaslikning boshqa instruksiyasi sozlanmagan.


Har bir ACL ning oxirida noaniq sharoitda deny all (barchani ta’qiqlash) mavjud. Barchasi ruxsat etilmasa, barchasi bekor qilinadi.

ACL B tarmoqdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan IP paketlarni, B tarmoqdan chiquvchi paketlardan boshqa barcha paketlarni filtrlaydi. B xostdan A tarmoqqa yo‘naltirilgan paketlar ruxsat etiladi.
ACL ni sozlashni boshqa usuli:


Yüklə 305,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə