Tarmoq xavfsizligi


Log fayllarni tadqiq etish



Yüklə 305,53 Kb.
səhifə39/80
tarix27.12.2023
ölçüsü305,53 Kb.
#163603
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80
Tarmoq xavfsizligi-hozir.org

Log fayllarni tadqiq etish
Agar siz qachondur Tarix darslariga qatnashgan bo’lsangiz, “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” degan ma’nodagi frazalarni eshitgansiz. Bunda axborot xavfsizligi sohasida ham tadbiqiga ega bo’lgan chuqur ma’no bor. Bizning holatda tarix darsligi sifatida log fayllar (logs) xizmat qiladi. Ular voqealar jurnali, registratsiya fayllari deb ham nomlanadi. Qanday nomlanishiga qaramasdan mazmuni bitta – barcha voqealar to’g’risida xronologik tartibda yozuvlarni saqlash. “Voqealar” deganda aniq nimalar tushinilishiga keyinroq yana to’qtalamiz.
Ko’pchilik tizim administratorlari loglarga beparvolik bilan munosabat qilishadi. Loglarni umuman yig’maydi yoki ularga diqqat qaratishmaydi. Ayni paytda, loglar nosozliklarni izlashda (troubleshooting) va turli hodisalarni tekshirishda eng kuchli uskunalardan biri hisoblanadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin, masalan: Marshrutizatorga kirishga nechta muvaffaqiyatsiz urinishlar sodir bo’ldi? Qachon VPN-tunnelga hujum amalga oshirildi? Qurilmaning qayta yuklanganidan berli qancha vaqt o’tti va bu elektrning o’chishi bilan bog’liqmi? Konfiguratsiyada oxirgi o’zgartirish qachon amalga oshirildi? Ushbu va boshqa ko’plab shu kabi savollarga biz faqat loglarga murojat qilgan holda javob topishimiz mumkin.
Loglash (logging) amalda sizning tarmog’ingizda sodir bo’lgan hamma narsani ko’rish imkonini beradi. Barcha qurilmalarni real vaqt rejimida kuzatib borish mumkin emas, ayniqsa hodisalar tunda sodir bo’lsa, tarmoq esa o’nlab kommutatorlar va marshrutizatorlardan tashkil topgan bo’lsa. Bundan tashqari, loglarni davriy ravishda ko’rib chiqish kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olishga yordam beradi.
Afsuski, Cisco (va boshqa ishlab chiqaruvchilar) ning tarmoq qurilmalari loglar uchun juda cheklangan joyga (bufer) ega, bu o’z navbatida loglarda aks etishi mumkin bo’lgan vaqt oralig’iga ta’sir qiladi. Bufer hajmi tugagandan so’ng, eng eski loglar oddiygina o’chiriladi. Bundan tashqari, qurilma qayta yoqilganda, loglar qayta tiklanmaydigan ko’rinishda yo’qoladi. Ushbu muammolarni hal qilish uchun Log-serverlaridan foydalaniladi.



Yüklə 305,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə