Tarmoqlanuvchi algoritm; Tarmoqlanuvchi operatorlar


Tarmoqlanuvchi operatorlar



Yüklə 55,79 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü55,79 Kb.
#133040
1   2   3   4   5
2) 3- ma\'ruza matni


Tarmoqlanuvchi operatorlar


Oldingi mavzularda misol tariqasida keltirilgan dasturlarda operatorlar yozilish tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajarilgan holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan–kam masalalar shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar esa yuzaga keladigan turli holatlarga bogʻliq ravishda mos qaror qabul qilishni (yechimni) talab etadi. C++ tilida dasturning alohida bo‘laklarini bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega. Masalan, dastur bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra dasturning u yoki bo‘lagiga boshqaruvni uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun tarmoqlanuvchi operatorlardan foydalaniladi.

Shartli operator - to‘liqsiz tarmoqlanish

if operatori


if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirish natijasiga ko‘ra dasturda tarmoqlanishni amalga oshiradi:
if ( )1;
Bu yerda har qanday ifoda bo‘lishi mumkin, odatda u taqqoslash operatori bo‘ladi.
Agar tekshiriladigan shart rost (true) bo‘lsa, 1 bajariladi, aks holda (false) dastur keyingi operatorlarni bajarishga o‘tadi.
C++ tilining qurilmalarida operatorlarni blok ko‘rinishida bo‘lishiga imkon beradi. Blok ‘{‘ va ‘}’ belgi oraligʻiga olingan operatorlar ketma-ketligi bo‘lib, u kompilyator tomonidan yaxlit bir operator deb qabul qilinadi.
Quyida keltirilgan dasturda if operatoridan foydalanish ko‘rsatilgan.
#include
int main()
{
int b;
cin>>b;
if (b>0)
{ // b>0 shart bajarilgan holat
cout << “b – musbat son”<cout<<“Uning ildizi ”<< sqrt(b)<< “ ga teng ”< }
if (b<0)
cout <<“b – manfiy son”; // b < 0 shart bajarilgan holat
return 0;
}
Dastur bajarilishi jarayonida butun turdagi b o‘zgaruvchi e’lon qilinadi va klaviaturadan qiymati kiritiladi. Keyin b qiymatini 0 sonidan kattaligi tekshiriladi, agar shart bajarilsa (true) ‘{‘ va ‘}’ belgilar ichidagi operatorlar bajariladi va ekranga “b – musbat son” va uning ildizi chiqariladi. Agar shart bajarilmasa, bu operatorlar cheklab o‘tiladi. Navbatdagi shart operatori b o‘zgaruvchi qiymatini manfiylikka tekshiradi, agar shart bajarilsa yagona cout ko‘rsatmasi bajariladi va ekranga “b – manfiy son” xabari chiqadi.

Yüklə 55,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə