Tasdiqlangan



Yüklə 498,92 Kb.
səhifə20/33
tarix24.12.2023
ölçüsü498,92 Kb.
#158100
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
374 29 11 2001 ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI

3.1. Elektr sinovlari
Umumiy nizomlar
3.1.1. Himoya vositalari elektr sinovlaridan oldin ularning o‘lchami, but va rasoligi, jihozlanganligi, izolatsion yuzasining holatini tekshirish uchun tashqi ko‘rikdan o‘tkazilishi zarur. Ushbu Qoidalar talablariga to‘g‘ri kelmagan kamchiliklar bartaraf qilinmaguncha himoya vositalari sinovdan o‘tkazilmaydi.
3.1.2. Hamma sinovlar, odatda, 15° S — 20° S haroratda 50 Gts chastotali o‘zgaruvchan tok bilan o‘tkaziladi.
Kuchlanishni ko‘paytirish tezligi sinov kuchlanishini 1/3 qismiga qadar ixtiyoriy, undan keyin kuchlanishni ko‘paytirish tez va bir me’yorda olib borilishi lozim, lekin sinov kuchlanishi 3/4 qismdan oshganda o‘lchov asbobining ko‘rsatgichi hisobini olib borish uchun imkoniyat tug‘ilsin. Kuchlanish talab qilingan darajaga ko‘paytirilgandan keyin ma’lum vaqt o‘tishini kutmasdan (bir maromda ko‘paytirish) yoki ma’lum vaqt saqlab turib (1 minut mobaynida) kuchlanish zudlik bilan nolgacha pasaytirilishi yoxud kuchlanish 1/3 miqdorga yoki sinov kuchlanganidan kam miqdorga etganda o‘chirilishi zarur (GOST 1516.2-76). Rezinadan yasalgan himoya vositalarini o‘zgarmas (to‘g‘rilangan) tok bilan sinovdan o‘tkazish mumkin. O‘zgarmas tok bilan sinov o‘tkazganda sinov kuchlanishi miqdori o‘zgaruvchan tok kuchlanishining 2,5 barobariga teng bo‘lishi darkor. Bunda mahsulotdan o‘tayotgan tok aniq belgilanmaydi. Sinov vaqti esa o‘zgaruvchan tok bilan sinash vaqtiga teng.
3.1.3. Sinovlarda yuqori kuchlanish himoya vositasining izolatsiyalovchi qismiga berkitadi. Himoya vositasini to‘liq sinash uchun kerakli yuqori kuchlanish manbai bo‘lmaganda, uning izolatsiyalovchi bo‘laklarini alohida sinashga ijozat beriladi. Bunda himoya vositasini izolatsiyalovchi qismi ko‘pi bilan 4 bo‘lakka bo‘linadi; har bir bo‘lakka uning uzunligiga proporsional bo‘lgan va 20 foiz qo‘shilgan miqdordagi to‘liq sinov kuchlanishining qismi berilishi lozim.
3.1.4. 1000 V dan 110 kV kuchlanishgacha bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr uskunalarida qo‘llaniladigan asosiy izolatsiyalovchi himoya vositalari tarmoq kuchlanishining 3 hissasiga teng bo‘lgan kuchlanish bilan sinaladi, lekin bu 40 kV dan kam bo‘lmasligi lozim. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uskunalari uchun mo‘ljallangan asosiy himoya vositalarini sinash kuchlanishi esa faza kuchlanishining 3 hissasiga teng bo‘lishi lozim. Elektr uskunalarida foydalanishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha izolatsiyalovchi himoya vositalari elektr uskunalaridagi kuchlanishdan qat’i nazar, kuchlanish sinovidan o‘tkaziladi.
3.1.5. Chinnidan va ba’zi bir o‘ziga nam tortmaydigan materiallar uchun (masalan, shishaplastika) berilgan to‘liq sinov kuchlanishi davomiyligi 1 minutni va qattiq organik materiallardan qilingan izolatsiyalar uchun (masalan, bakelitdan) esa 5 minutni tashkil qiladi. Rezinaga izolatsiyalar uchun ishlatish sinovlarida berilgan kuchlanish davomiyligi 1 minutni tashkil qiladi, qabul qilish-topshirish sinovlarida esa texnik shartlar bilan aniqlanadi.
3.1.6. Teshilish, elektr yoy bilan chokni qoplab o‘tish va yuzadagi razryadlar o‘lchov asboblari ko‘rsatishi hamda ko‘rik natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Buyum orqali o‘tuvchi toklar kuchlanish ko‘rsatgichlari uchun me’yorlanadi, rezinali buyumlar va izolatsiyalovchi uskunalar kuchlanish ostida ishlashga mo‘ljallangan kuchlanish bilan me’yorlanadi.
3.1.7. Qattiq organik materiallardan tayyorlangan izolatsiyalovchi vositalar darhol sinovdan keyin dielektrik yo‘qotish natijasida mahalliy qizish yo‘qligi ushlab ko‘rib tekshirilishi lozim.
3.1.8. Teshilish, elektr yoy bilan chokni qoplab o‘tishlar va yuzadagi razryadlar sodir bo‘lganda, sizib kamayish toki qiymati me’yordan oshganda, dielektrik yo‘qotish natijasida mahalliy qizishlar sodir bo‘lsa, himoya vositasi yaroqsiz deb topiladi.
3.1.9. Elektr sinovlarining me’yori va davriyligi 5-ilovada keltirilgan.

Yüklə 498,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə