Tasdiqlangan


Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlar



Yüklə 498,92 Kb.
səhifə25/33
tarix24.12.2023
ölçüsü498,92 Kb.
#158100
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
374 29 11 2001 ELEKTR USKUNALARIDAN FOYDALANILADIGAN HIMOYA VOSITALARINI

Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlar
3.1.41. Qabul qilish-topshirish va ishlatish sinovlarida dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlar yuqori kuchlanish bilan sinaladi, bunda ushbu buyumdan o‘tayotgan tok o‘lchanadi.
3.1.42. Dielektrik qo‘lqoplar, etiklar va kalishlarni sinashda ular harorati 15° S — 35° S bo‘lgan suvli metall vannaga tushiriladi. Suv ushbu buyumlarning ichiga ham quyiladi. Vannadagi hamda buyumlarning ichidagi suv sathi qo‘lqopning va etikning yuqori chetidan 50 mm, kalishning yuqori chetidan esa 20 mm pastda bo‘lishi zarur. Sinalayotgan buyumlarning chiqib turgan qismi quruq bo‘lishi kerak. Sinov transformatorining bir chiqish simi metall vannaga ulanadi, ikkinchisi yerga ulanadi. Buyum ichiga milliampermetr orqali yerga ulangan elektrod sim tushiriladi. Ushbu buyumlarni sinash sxemasidan biri 3.3-chizmada ko‘rsatilgan. Sinash mobaynida P almashlab ulagichi buyumning elektr yoyi bilan teshilganligi yoki teshilmaganligini signal lampa orqali aniqlash uchun avval “a” holatiga o‘tkaziladi. Buyumda teshilishlar bo‘lmasa almashlab ulagich buyumdan o‘tayotgan tokni o‘lchash uchun “b” holatga o‘tkaziladi.
Agar buyumdan o‘tayotgan tok me’yordan oshib ketsa yoki milliampermetr stryelkasida kuchli tebranish kuzatilsa, ushbu buyum yaroqsizga chiqariladi.
Buyum elektr yoyidan teshilganligi aniqlangan taqdirda nuqsonli buyum yoki sinov uskunasi darhol o‘chiriladi.
Sinov tamom bo‘lgandan so‘ng buyum quritiladi.
3.1.43. Qo‘lqoplarni qabul qilish-topshirish sinovlari texnik shartlarga asosan, etiklar va kalishlar esa GOST ga asosan sinovdan o‘tkaziladi.
Dielektrik qalpoqlar
3.1.44. Dielektrik qalpoqlar tayyorlangandan keyin 2 minut mobaynida 10 kV kuchlanish bilan ularning elektr mustahkamligi sinaladi, ishlatish mobaynida esa har 3 yilda 1-marta 10 kV kuchlanish bilan bir minut davomida sinaladi. Dielektrik qalpoqlarning sinash uslubi dielektrik qo‘lqop, etik va kalishlar sinovi bilan bir xildir.
Izolatsiyalovchi tagliklar va dielektrik gilamlar
3.1.45. Izolatsiyalovchi tagliklarni qabul qilish-topshirish sinovlari ularga o‘rnatilgan tayanch izolyatorlarini 36 kV kuchlanish bilan sinashdan iboratdir. Izolatsiyalovchi tagliklarning tayanch izolyatorlarini alohida yoki taglik bilan birgalikda sinash mumkin. Bunda hamma izolyatorlarning metall qalpoqchalari bir-biri bilan hamda izolyatorlarning asoslari bir-biri bilan ulangan bo‘lishi zarur. Sinov kuchlanishi qalpoqchalarga va izolyatorlar asosiga beriladi.
3.1.46. Sinov jarayonida izolyatorlarning holati kuzatib turilishi lozim; agar izolyator yuzasida sirg‘anuvchi razryadlar yoki elektr yoy bilan chokni qoplab o‘tish bo‘lsa, izolatsiyalovchi taglik yaroqsizga chiqariladi.
Sinovdan so‘ng tayanch izolyatorlar asosiga ularning sinalganligi to‘g‘risida shtamp bosiladi. Yaroqsizga chiqarilgan izolyatorlar almashtiriladi.
3.1.47. Dielektrik gilamlarni qabul qilish-topshirish sinovlari GOST ga asosan o‘tkaziladi.
3.1.48. Taglik va gilamlar ishlatish jarayonida elektr sinovlaridan o‘tkazilmaydi. Ular ko‘zdan kechirish jarayonida yaroqsizga chiqariladi. Gilamlar kamida har 6 oyda bir marta chiqindilardan tozalanishi va ko‘zdan kechirilishi lozim. Agar teshiklar, yirtilgan joylar va shunga o‘xshash nosozliklar aniqlansa, ushbu himoya vositasi yangisi bilan almashtirilishi lozim. Tagliklar har 3 yilda 1-marta ko‘zdan kechiriladi.

Yüklə 498,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə