Tasdiqlayman” G‘ijduvon tuman 2-son kasb-hunar maktabi O‘ibdo‘: N. Ortiqov



Yüklə 1,91 Mb.
tarix11.12.2023
ölçüsü1,91 Mb.
#143821
Ona tili ochiq dars bayonnomasi


TASDIQLAYMAN”
G‘ijduvon tuman 2-son
kasb-hunar maktabi O‘IBDO‘:
_________N.Ortiqov


G‘ijduvon tumani 2-son kasb-hunar maktabi Tillar kafedrasi Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Uzoqova Zarinaning “Tilim boyligim” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars


B A Y O N N O M A S I
18-oktabr 2023 yil G‘ijduvon tumani
Ishtirok etdilar:


O‘IBDO‘: N.Ortiqov
Kafedra rahbari: D.Hayotova
Bo‘lim boshlig‘i: O.Xoliqov
Uslubchi: Sh.Jo‘rayev


O‘qituvchilar: ___nafar oqituvchi
38-23 guruhi 26 nafar o‘quvchilari


K U N T A R T I B I



  1. Tillar kafedrasi ona tili va adabiyot fani “Tilim boyligim” mavzusida o‘tkazilgan ochiq dars tashkil etilganligi to‘g‘risida.

E SH T I L D I

Kun tartibidagi masala yuzasidan kasb-hunar maktabi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari N.Ortiqov Tillar kafedrasi o‘qituvchisi Uzoqova Zarina tomonidan 38-23 guruhiga ona tili va adabiyot fani “Tilim boyligim” mavzusida tashkil etilgan ochiq darsning mazmun-mohiyati bilan tanishtirib o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.


Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘IBDO‘ N.Ortiqov Tillar kafedrasi o‘qituvchisi Uzoqova Zarina tomonidan 38-23 guruhida ona tili va adabiyot fani “Tilim boyligim” mavzusidagi ochiq darsning to‘g‘ri tashkil etilganligi, dars jarayoni vaqt me’yorlari asosida bosqichma-bosqich olib borilganligi, o‘qituvchi tomonidan dars jarayonida guruhni har bir o‘quvchisi bilan alohida shug‘ullanganligi va foydalanilgan metodlarning to‘g‘ri tanlanganligi hamda qo‘llanilganligi, o‘quvchilar tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarning qiziqish va ishtiyoq bilan bajarganligi yuzasidan o‘z fikrlarini aytib o‘tdi. O‘quv bo‘limi uslubchisi Sh.Jo‘rayev dars mashg‘uloti davomida qo‘llangan metodlarning samaradorligini e’tirof etdi va videomateriallar bilan ishlash va vaqt taqsimoti masalalarida maslahatlari bilan bo‘lishdi.
Ochiq darsning asosiy qismida dastlab baholash me’zonlari bilan tanishtirildi, o‘quvchilar o‘tgan mavzuni takrorlashda “Tomchilar so‘zlaganda” metodi, “Mustaqil fikr bayoni” metodi asosida baholandi. Yangi mavzu o‘qituvchi tomonidan taqdimot, videomateriallar hamda darslikdan foydalanilgan holda aniq misollar bilan tushuntirib berildi. Yangi mavzu “Bo‘sh o‘tirma – bosh qotir” metodlari orqali mustahkamlandi va darslikdagi topshiriqlar asosida mavzu yuzasidan mashqlar bajarildi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar tashkil etilgan dars jarayonida o‘qituvchi tomonidan rag‘batlantirilib borildi, dars yakunida baholandi. Ochiq darsda o‘quvchilar faol ishtirok etishdi.


Q A R O R Q I L A D I:



  1. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan ma’ruzachilarning ma’ruzasi ma’lumot uchun qabul qilinsin.




  1. Ta’lim muassasasida tashkil etgan tilar kafedrasi o‘qituvchisi Uzoqova Zarina tomonidan ona tili va adabiyot fanidan 38-23 guruhiga “Tilim boyligim” mavzusidagi ochiq dars o‘z maqsadiga erishilgan deb topilsin.



Bayonlashtirdi: Sh.Jo‘rayev





















Yüklə 1,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə