|
Tasdiqlayman” Koson 2-son kasb-hunar maktabi direktori I. M. KarimovMavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar
|
səhifə | 180/206 | tarix | 21.04.2023 | ölçüsü | 8,85 Mb. | | #106608 |
| 1Fizika majmuaMavzuga doir nazariy savol va amaliy topshiriqlar
1.Suyuqliklarning dinamik bosimi deganda nimani tushunasiz?
2.Laminar va trubulent oqimlar qanday taʼriflanadi?
3.oʼzingiz yashaydigan joyda oquvchi suvlar qanday koʼrinishda oqishini taʼriflab bering.
4.Nima sababdan suyuqlik tezligi ortsa uning bosimi kamayadi?
23-mavzu. GARMONIK TEBRANISHLAR. PRUJINALI VA MATEMATIK MAYATNIKLAR Reja;
1.Garmonik tebranishlar.
2.Garmonik tebranishlarni xarakterlovchi asosiy parametrlari.
3.Prujinali mayatnik.
4.Matematik mayatnik
U yoki bu darajada takrorlanuvchanligi bilan ajralib turadigan jarayonlarga tebranishlardeyiladi. Takrorlanayotgan jarayonning fizik tabiatiga qarab tebranishlar mexanik, elektromexanik, elektromagnit va boshqalarga ajraladi. Biz mexanik tebranishlarni ko’ramiz. Tebranishlar erkin(yoki xususiy) tebranishlar, majburiy tebranishlar, avtotebranishlar va parametrik tebranishlarga bo’linadi.
Muvozanat holatidan chiqarilganidan so’ng, o’zicha tebranadigan sistemadagi tebranishlarga erkinyoki xususiytebranishlar deyiladi. Masalan, matematik mayatnikning tebranishi erkin tebranishlarga misol bo’ladi.
Tebranishlar sinus yoki kosinus qonuni bo’yicha sodir bo’lsa, bunday tebranishlarga garmonik tebranishlar deyiladi. Garmonik tebranishlar tenglamasi shunday yoziladi:
X Acos Acos( ), (9.1)
bu yerda A - amplituda, - tebranish fazasi, - doiraviy yoki siklik chastota.
Tebranish amplitudasiAdeb tebranayotgan nuqtaning muvozanatdan chetga maksimal siljish kattaligiga aytiladi. Tebranish fazasining fizik ma’nosi shundan iboratki, u vaqtning istalgan paytidagi siljishni, ya’ni tebranayotgan sistemaning holatini belgilaydi. Fazaning 2 rad o’zgarishiga bir davrTga teng vaqt oraligi mos keladi. Vaqt birligidagi tebranishlar soni n ga chastota deyiladi. U T davr bilan shunday bog’langan:
. (9.2)
Tebranish chastotasining birligi 1 Gers. I Gerschastota bir sekunddagi nuqtaning tebranishlariga teng. Garmonik tebranma harakat qilayotgan jismning V tezligi (9.1) ifodadan vaqt bo’yicha olingan hosilaga teng.
Dostları ilə paylaş: |
|
|