«Tasdiqlayman» Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari, dotsent



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə5/254
tarix30.12.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#167269
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254
Зоология ва экология-fayllar.org

Tayanch iboralar: Don ishlab chiqarish, don zahirasi, donni qabul qilish, donni saqlashga tayyorlash, donni yo’qotishsiz saqlash, elevator, omborxona, don sifatini yaxshilash, elevator sanoatining strukturasi, don ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ishlab chiqarish korxonalari, un tortish korxonasi, yorma ishlab chiqarish korxonasi, omixta yem ishlab chiqarish korxonasi, texnologik jarayonlar.

Gorizontal yoki qiya polli inshoot, mahalliy materiallar, tekis polli zamonaviy omborxonalar, tomnnig karkasi, vaqtinchalik omborxonalar, mexanizatsiyalashtirilmagan omborxonalar, mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar, donni faol shamollatish qurilmalari, devorlar, darvozalar, derazalar, pollar, kurakli konveyer, shnek, o’zioqar quvur.

Tayyorlov elevatorlari, ishlab-chikarish elevatorlari, oshirib beruvchi elevator, bazis elevatori, port elevatorlari, don mahsulotlari kombinatlari, Qabul qilish moslamalari, yuklab yuborish moslamalari.
Don ishlab chiqarishning mavsumiyligi va yil davomida iste’mol qilish uchun yetarli zahiralarning kerakliligi katta don miqdorini saqlashni talab qiladi. Don zahira sifatida hamda qishloq xo’jaligini urug’lik materiali bilan ta’minlash uchun saqlanadi.
Donni qabul qilish, saqlashga tayyorlash va donni yo’qotishsiz to’liq saqlanishini ta’minlash – elevator – omborxona sanoatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Elevator sanoati quyidagi vazifalarni bajarishga mo’ljallangan:

  • o’z vaqtida xo’jaliklardan donni qabul qilish va saqlash vaqtida uning sifatini yaxshilash;


  • sanoat hamda savdoni don va uni qayta ishlash mahsulotlari bilan ta’minlash;


  • zahiralarni yaratish va saqlash.


Don ham istalgan mahsulot singari omborxonada ishlov bermasdan va tashishsiz iste’molga tayyor bo’lmaydi. SHu sababli omborxonalarning ishlab chiqarish funktsiyasi katta ahamiyat kasb etadi. Donni saqlash xonasi – don omborxonasi deb ataladi.


Saqlanadigan don massasi, maqsadi, texnik ta’minlanganligiga qarab don omborxonalari: oddiy – bostirma va omborlar; mexanizatsiyalashtirilgan omborxonalar; elevatorlar – donni tozalash, quritish va ko’chirish uchun mashina va apparatlar bilan jihozlangan, don maxsus vertikal sig’imlarda saqlanadigan inshootlarga bo’linadi.


Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   254




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə