Bazaviy va uzatish elevatorlari noriyalarining yillik ish hajmi
Jarayonning nomi
|
Hajm A
|
Uzatish
|
Bazaviy
|
Qabul qilish
|
1,0
|
1,0
|
Tozalash
|
|
|
Qabul qilishda
|
0,3 x 1 = 0,3
|
0,5 x 1 = 0,5
|
Saqlash jarayonida
|
0,2 x 2 = 0,4
|
0,5 x 2 = 1,0
|
Quritish
|
0,15 x 2 = 0,3
|
0,2 x 2 = 0,4
|
Ichki ko`chirishlar
|
0,15 x 2 = 0,3
|
0,5 x 2 = 1,0
|
Saralash
|
-
|
0,5 x 1 = 0,5
|
Inventarizatsiya
|
0,1 x 1 = 0,1
|
0,2 x 1 = 0,2
|
Jo`natish
|
1,0
|
1,0
|
Jami
|
3,4 A
|
5,6 A
|
YUk aylanish koeffitsientlarini hisobga olganda uzatish va bazis elevatorlari noriyalarining umumiy ish hajmi quyidagicha bo`ladi: uzatish – 3,4 x 6,0 = 20,4 A, bazaviy – 5,6 x 3,5 = 19,6 A, tayyorlov elevatorlarida bu ko`rsatkich 8,55 A ni tashkil qiladi. SHunday qilib, bazis va uzatish elevatorlarida noriyalardan foydalanish, tayyorlov elevatorlarnikidan yuqori bo`ladi.
Bazaviy – uzatish elevatorlarining turlari. 58–rasmda tasvirlangan elevator donni avtomobil, tyemir yo`l va suv transportidan qabul qiladi va tyemir yo`l transportiga yuklaydi. Ishchi binoda unumdorligi 350 t/soat bo`lgan beshta noriya, yuk ko`taruvchanligi 70 t bo`lgan beshta cho`michli tarozi, unumdorligi 100 t/soat dan bo`lgan to`rtta separator o`rnatilgan. Don, ishchi binoning zinapoya panjarasiga tutashgan, alohida binoda joylashgan to`rtta quritgichda quritiladi.
Etti qatorli silos korpusi, 7 m va balandligi 30 m bo`lgan, shaxmat tartibida joylashgan siloslardan iborat. Distantsion boshqaruv tizimi bilan jihozlangan elevator yuklash – bo`shatish ishlarini quyidagi xajmini bajaradi, t/sut:
Qabul qilish:
Avtomobil transportidan 6000
Suv transportidan 8000
Tyemir yo`l transportiga yuklash 8000
Fond omborxonalari. Ular donni tyemir yo`l, suv transportidan qabul qilish; konditsion holatga keltirish jarayonini bajaradi va donni uzoq muddat saqlanishini ta`minlaydi. Fond omborxonalarining tavsifli tomoni – sig’imining kattaligi (80…100 ming t va undan ortiq) va aylanish koeffitsientining kichikligi hisoblanadi (0,3…0,4). Fond omborxonalarida omborxonalar va siloslarning chiziqli joylashuvidan foydalaniladi (60 – rasm). Don omborxonalarining sig’imi elevatorlar (16…20 %) va omborxonalardan (80…84 %) iborat bo`ladi; ular omborxonaning 1…2 oylik sig’imiga hisoblanadi. YUklash qurilmalari yuqori unumdorlikni ta`minlab, bu butun donni zudlik bilan jo`natish zaruratidan yuzaga kelgan.
Keltirilgan don konditsion holatga keltirilganligiga qaramasdan, qo`shimcha tarzda tozalanadi va quritiladi. Buning uchun fond omborxonalarida donni tozalash mashinalari va quritgichlar ko`zda tutiladi.
Fond omborxonalari noriyalarining yillik ish hajmi
Jarayonlarning nomi
|
A hajm
|
Donni qabul qilish
|
1,0
|
Tozalash (barcha keltirilgan don tozalanadi deb hisoblanib, uning yarmi qabul qilishda, yarmi siloslarda, saqlash vaqtida barcha don yana bir marta separatordan o`tkaziladi, ya`ni [0,5 +(0,5 2) + (2+1)]
|
3,5
|
Quritish [qabul qilingan donning 20 %, ya`ni 0,2 x 2]
|
0,4
|
Sovutish, yangilash, yirik turkumlarni yaratish, inventarizatsiya
|
2,5
|
Donni yuklash
|
1,0
|
Jami
|
8,4 A
|
Agar bu hajm aylanish hajmini hisobga olib tasavvur qilinsa, fond omborxonalarining ishi 8,4 x 0,4 = 3,36 A, ya`ni noriyalar bazaviy va uzatish elevatorlardagiga nisbatan samarasizroq foydalaniladi.
Fond don omborxonalari 30 - yillarda qurila boshlangan, bunda elevatorlar va don omborxonalari mexanizatsiyalashgan oqimlar ko`rinishida qurilgan.
Mexanizatsiyalashgan oqimlarning markazi elevatorlar hisoblangan.
Fond don omborxonalarining oxirgi loyihalaridan, iste`mol hududlari uchun qurilgan sig’imi 150 ming t bo`lgan elevator qiziqish uyg’otadi. Jihozlar donni avtomobillardan, vagonlardan qabul qilish, tozalash, quritish, vagonlarga va avtomobil transportiga yuklash imkoniyatini beradi.
Don ikkita oqimdan vagonlarga tomidagi tuynuklardan yuklanadi. Quritish uchun RD – 2x25-70 don quritgichi ko`zda tutilgan. Keyin don oxirgi tozalash uchun separatorga va trierlarga yuboriladi, don DN – 2000 avtomatik tarozilarida o`lchanadi.
Elevatorning umumiy sig’imi 157,2 ming t (25,4 ming t oltita silos korpusi va ishchi binodagi 4,8 ming t to`plam bunkeri). elevator 262 ming t yillik don kelishiga mo`ljallangan. elevatorning don bilan amalga oshiradigan maksimal jarayonlari hajmi quyidagicha, t/soat:
Tyemir yo`l transportidan qabul qilish 3000
Quritish, reja, t/sut 1025
Quruq donni tozalash 1025
Vagonlarga yuklash 3000
Avtomobil transportiga yuklash 2000
Dostları ilə paylaş: |