12.00 dan 13.00 gacha tushlik uchun tanaffus beriladi. Chorshanba kuni tushlikdan
so‘ng, shanba va yakshanba kunlari dam olish kunlari hisoblanadi.
Bryusseldagi
flamand
maktab
dasturiga
birinchi
yoki
ikkinchi
sinfdan
boshlab, fransuz tilini o‘qitish kiritilgan. Qolgan flamand maktablarining ko‘p
qismida bu fan boshlang‘ich maktabning 3-bosqichida o‘rgatiladi. Mamlakatning
fransuz tilida so‘zlashuvchi qismida o‘quvchining hohishiga ko‘ra
ingliz yoki
niderland tillari ham o‘rgatiladi. German tilida so‘zlashuvchi qismida fransuz tili
majburiy tarzda o‘qitiladi. Shuningdek, Belgiyada,
belgilangan ijtimoiy guruh
(dengizchi va diplomatlar bolalari)ga yo‘naltirilgan qator xususiy maktablar ham
faoliyat
ko‘rsatadi.
O‘quvchilar boshlangich maktabni tugatib, xuddi shunday 3 ta 2
yillik
bosqichdan iborat o‘rta maktabga o‘tadilar. Bu bosqichda o‘quvchilar fanlarni
ma’lum guruhlar orasidan tanlashlari shart bo‘ladi va bu tanlov ma’lum darajada
ularning dars jadvalini aniqlab berishga asos bo‘ladi. Dars
jadvalidan bu tanlangan
fanlardan tashqari xamma uchun majburiy fanlar ham joy olgan. Masalan, davlat
tili
va
jismoniy
taribiya
fanlari
va
hokazo.
Dostları ilə paylaş: