Buyuk Britaniya va Shveytsariya ta’limi tizimi Buyuk Britaniya yuz yillardan beri sifatli klassik ta’limi bilan mashhurdir.
Bu ta’lim davr sinovidan o‘tgan va xalqaro ta’lim bozorida yetakchi o‘rinda turadi.
Hozirda 800 mingdan ortiq xorijiy talabalar britan ta’lim tizimi yutuqlaridan
bahramand
bo‘lmoqda.
Buyuk Britaniya universitet va kollejlarining bitiruvchilari mustaqil va
zamonaviy fikrlash malakalari, optimal va nostandart yechimlar topish
ko‘nikmasi bilan boshqalardan ajralib turadi. Buyuk Britaniya ta’lim tizimi
quyidagi
4
darajadan
iborat:
Boshlang‘ish
(Elementary
school)
O‘rta
(Sekondary
School)
O‘rtadan
keyingi
(Further
Education)
Oliy
(Higner
Education)
Maktab
bitiruvchilari
bitiruv
imtixonlari
topshirib,
o‘rta
ma’lumot
to‘g‘risida sertifikat GCSE (General Cyertifikate of Secondary Education) oladilar.
Bu sertifikat bilan mustaqil mehnat faoliyatini boshlash mumkin, lekin u bilan oliy
o‘quv yurtiga kirib bo‘lmaydi. O‘rta ta’lim to‘g‘risidagi britaniya yoki bir qancha
xorijiy davlatlardagi oliy o‘quv yurtlariga imtihonsiz kirish huquqini beruvchi
3
turga
bo‘linadi:
Kollejlar- (Colleges of Higner Education)- universitetlardek ilmiy daraja
(faqat bakalavr darajasida) va oliy ma’lumot haqida diplom beradi. Lekin
universitetlardan farqli holda ular rassomchilik, dizayn, musiqa, teatr san’ati,
ta’lim
kabi
tor
sohalarda
ixtisoslik
beradi.
Politexnika
institutlari-
muhandislik
mutaxassisligini
beradi.
Klassik universitetlar- hozir Buyuk Britaniyada 102 ta universitet mavjud
bo‘lib, ularning ko‘plari davlatga qarashlidir. O‘qish muddati talaba tanlagan
mutaxassislikka
va
darajaga
bog‘liq
bo‘ladi.
Bakalavriat- uch yillik ta’lim bo‘lib, uni tugatganlar oddiy yoki imtiyozli
bakalavr darajasini oladilar. Bakalavr darajasining bir qancha tiplari mavjud.
Beshta asosiy daraja, bu gumanitar fanlar bakalavri BA, tabiiy fanlar bakalavri BS,
texnika fanlari bakalavri Yeng, huquq bakalavri LLB va medisina bakalavri BM.
Bakalavr darajasi keyingi magistr va doktorlik darajalari beruvshi dasturda ta’lim
olish
uchun
zaruriy
hisoblandi.
Magistratura va doktorantura -oliy ta’limda beriladigan akademik kurs. Bu
ikki : nazariy kurs va ilmiy tadqiqot shaklida olib boriladi. Tadqiqotchi magistr
darajasini ko‘pincha falsafa magistri deb ataladi. Bu darajani olish uchun katta
professor-o‘qituvchilar rahbarligida 1-2 yil davomida mustaqil ilmiy tadqiqot bilan
shug‘ullanish
zarur.
Tadqiqot
natijasida
magistr
darajasi
beriladi.
Doktorlik
darajasini
beruvchi
ko‘p dasturlar bu-tadqiqot loyihalaridir.
Bunda leksiya yoki seminarlar olib borilmaydi. Tadqiqot dasturini yakunlash
ushun 2-3 yil kerak bo‘ladi. Bu vaqt ishida talaba olingan tadqiqot natijalarini
nashr qilishi kerak. Nashr qilingan materiallar bo‘yicha dissertasiya yozishi va
uni
himoya
qilishi
lozim.