|
Tashkiliy-pedagogik asoslariISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023boshlangich-sinflarda-innovatsiyalarni-tatbiq-etishning-tashkiliy-pedagogik-asoslari ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
78
MARCH, 2023
tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab
etmoqda.
Ta’lim sohasi – mamlakatimizda birinchilardan bo‘lib faol innovatsion harakatni
boshladi. Ma’lum bosqichda XX asr oxirlarida bunday harakatlar yo‘lga qo‘yilgan edi.
Masalan, A.G.Rivin va V.K.Dyachenko tomonidan o‘qitishni jamoaviy o‘qitish, D.B.Elkonin,
V.V.Davыdov, L.V.Zankovlar tomonidan ilgari surilgan rivojlantiruvchi innovatsion ta’lim
to‘o‘risidagi qarashlar o‘z vaqtida ma’lum ahamiyat kasb etdi. Shu bilan birga boshqa
innovatsion ta’lim texnologiyalari: dialektik o‘qitish usullari (A.I.Goncharuk, V.L.Zarina),
o‘qitishning individual yo‘nalishli usuli (A.A.Yarulov), “Ekologiya va dialektika”
(L.V.Tarasov),
evristik
o‘qitish (A.V.Xutorskoy) dialog madaniyati (V.S.Bibler,
S.Yu.Kurganov), loyihali o‘z-o‘zini refleksiya (G.P.Shedrovitskaya) va b.q.larni keltirish
mumkin.
Yuqoridagi keltirilgan texnologiyalar o‘qitishda o‘zlashtirishni yuqori ko‘tarish, o‘quv
jarayonida qiziqtirishni, o‘quv materialini tushunishni yaxshilashni, funksional savodxonlikni
shakllantirishni, loyihali savodxonlikni, nazariy tafakkurni, ekologik va iqtisodiy tafakkurni,
kommunikativlikni, ijtimoiy faollikni, fuqarolik ongini, o‘z-o‘zini anglash va boshqa
vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan edi.
Hozirda boshqa faoliyat sohalari, jumladan, ishlab chiqarish rivojlanishining innovatsion
yo‘liga o‘tgach, ta’lim sohasi ularga faqat yetakchilarni tayyorlash funksiyasini bajardi. Lekin
aslida esa boshqacha ko‘rinish ko‘zga tashlanadi. Ilgari jamiyat uchun uncha ko‘p bo‘lmagan
va mustaqil shakllangan innovatorlar yetarli edi. Yuqorida sanab o‘tilgan ta’lim texnologiyalari
uchun innovatorlar faqat pedagoglar edi va ularning innovatsiyalari o‘quvchilarda zaruriy
sifatlarni shakllanishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, innovatsion tafakkur va qobiliyatni innovatsion
faoliyatiga yo‘naltirishga e’tibor qaratilmagan. Bildirilgan fikrlar “innovatsion ta’lim
texnologiyalari” va “innovatsion ta’lim” tushunchalarini quyidagi tarzda ajratib, alohida qarab
chiqishni talab etadi:
- innovatsion ta’lim texnologiyalari va dasturlari ;
– bu barcha ta’lim texnologiyalari, yaratuvchi va ularni rivojlantiruvchi pedagog
innovatsion faoliyatining natijasi hisoblanadi.
Bir qator rivojlangan mamlakatlar ilmiy laboratoriyalarida (IMEN) IMENpedagogikaga
“bilimlarni ixtiro qilish” deb nomlangan yangi metod yaratildi. IMEN ning integratsiya asoslari
eng ko‘p tarqalgan barcha innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan birgalikda ishlab
chiqildi. Buning qo‘shimcha samarasi – turli pedagogik texnologiyalarni amaliy dialektika
tilida yozib chiqish imkonini beradi. Dunyodagi global o‘zgarishlar jarayoni,
mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy– madaniy sohalardagi o‘zgarishlar, ta’lim tizimida
tayyorlanayotgan mutaxassislarga jiddiy e’tibor qaratishni taqozo etadi.
Olimlar innovatsion jarayon mikrotuzilmasini tahlil qilishda hayotning davriyligi
konsepsiyasini farqlaydilar. Bu konsepsiya yangilik kiritishga nisbatan o‘lchanadigan jarayon
ekanligidan kelib chiqadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsiya jarayoni sxemasi
beriladi. U quyidagi bosqichlarni qamrab oladi:
1. Yangi o‘oya tug‘ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi, u kashfiyot
bosqichi deb ham yuritiladi.
|
|
|