Tashkilot rahbari


Tomonlarning majburiyatlari



Yüklə 24,8 Kb.
səhifə2/3
tarix11.12.2023
ölçüsü24,8 Kb.
#144705
1   2   3
мажбурий шартнома

3. Tomonlarning majburiyatlari
3.1. Tashkilotning majburiyatlari:
3.1.1 Bola va ota-onalar huquqlarini hurmat qilish.
3.1.2. Faoliyat jarayonida quyidaglarni taʼminlash:
• Bolalarning hayotini muhofaza etish hamda ularning jismoniy va ruhiy salomatligini mustahkamlash;
Bolalarning bilim olish, nutq, ijtimoiy-shaxsiy, badiiy-estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirish;
• Bollarning yoshni eʼtiborga olgan holda fuqarolik, inson huquq va erkinliklariga hurmat, atrof-muhitga, Vatanga, oilaga muhabbat hissini shakllantirish;
• Bolalarning jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish boʼyicha zarur korrektsiya ishlarini amalga oshirish;
• Bolalarning toʼlaqonli rivojlanishini taʼminlash uchun ularning oilalari bilan oʼzaro aloqalarni yoʼlga qoʼyish;
• Bolalarning taʼlim-tarbiyasi, ularni rivojlantirish masalalari boʼyicha ota-onalarga(ularning oʼrnini bosuvchi shaxslarga) konsultativ va metodik yordam berish.
3.1.3. Bola va maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari oʼrtasidagi munosabatlarni oʼzaro hamkorlik, bola shaxsini hurmat qilish asosida tashkil etish.
3.1.4. Bolaning maktabgacha taʼlim tashkilotida boʼlgan chogʼida hayoti va sogʼligʼini himoyalashni taʼminlash.
3.1.5. Bolaning yutuqlari haqida ota-onalarni muntazam xabardor etish.
3.1.6. Oʼquv-tarbiyaviy jarayon sifatini nazorat etish.
3.1.7. Bolaning rivojlanishi, oila tarixi va oilaviy munosabatlarning oʼziga xos jihatlari haqidagi maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash.
3.2. Ota-onalar majburiyatlari:
3.2.1. Guruh ishida faol ishtirok etish.
3.2.2. Ota-onalar majlisiga qatnash.
3.2.3. MTT_________________ telefoni boʼyicha mashgʼulotga kelolmasligi haqida ogohlantirish
3.2.4 Bolaga tegishli (ismi-familiyasi, tugʼilgan yili, yashash joyi, pastport maʼlumotlari, ish joyi) va oʼziga tegishli maʼlumotlarni saqlashga rozilik berish.
4. Tomonlar huquqlari
4.1. Tashkilot quyidagi huquqlarga ega:
4.1.1. Ota-onani oʼquv-tarbiya jarayoniga jalb etish.
4.1.2. Maktabgacha taʼlimga qoʼyiladigan Davlat talablari hamda Oʼzbekiston Respublikasi bir yillik majburiy taʼlim guruhlarda bolalarni maktabga tayyorlash Dasturi asosida mashgʼuotlarni tashkil etish, oʼqitish metodikasi va tarbiyalashning rang-barang shakllaridan foydalanish.
4.1.3.Ishlab chiqarish zarurati yoki xodimning malakasini oshirish talab etilgan hollarda mashgʼulotlar jadvalini oʼzgartirish.
4.1.5. Nooʼrin xatti-harakat yuz berganda yoki assosiz eʼtirozlar bildirilgan hollarda xodimning huquqlarini himoya qilish.
4.1.6. Yozma tarzda shikoyat taqdim etilgan taqdirdagina ularni koʼrib chiqish va xodim tomonidan kasb meʼyrlari talablari buzilish hollari boʼyicha intizomiy tekshirishlarni amalga oshirish.

Yüklə 24,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə