bel, 5 ta dumg’aza va 4-5 ta dum umurtqalaridir. Katta odam umurtka pog’onasi «4 ta egrilikdan
iborat. 1-chi egrilik bo’yin qismida oldinga qarab bo’rtib chiqqan. 2-chi egrilik ko’krak qismida
orqaga qarab, 3- chi egrilik bel qismida oldinga qarab. 4-chi egrilik dum va dumg’aza qismida
orqaga qarab bo’rtib chiqqan. Bog’cha yoshining oxirida umurtqa pog’onasining egriliklari hosil
bo’ladi. Usmirlik davrida bel egriligi vujudga keladi. Odamning 23-26 yoshida umurtqaning
barcha qismi suyaklanadi. Umurtqa pog’onasining egiluvchanligi tog’ay to’qimasining bulishi va
tugallanmagan suyaklanish tufayli parta va stollarda» notug’ri utirishi natijasda umrtqa
pog’onasining notug’ri shakllanishi - umurtqa pog’onasining bir tomonga egilishini, skolioz va
boshqa patalogik holatlarga olib keladi. Umurtqa pog’onaning buyin va bel qismi juda
harakatchang. Umurtqa pog’onaning uzunligi erkaklarda 75 sm, ayollarda 68 sm ga
teng.Umurtqa pog’onasi bo’kiladi va yoziladi, o’ng va chapga egiladi ko’|ndalang o’q atrofida
buriladi.
Ko’krak qafasi skyelyeti.
Ko’krak qafasi 12 juft qovirg’alar va tush suyagining birikishidan hosil bo’ladi. Ko’krak
qafasining shakli 2 xil: uzun ensiz va qisqa keng. Ko’krak qafasining asosiy shakllari
konussimon, tsilindirsimon va yassi 6o’lishi mumkin. Ko’krak qafasiiing shakli bolaning yoshi
ortishi bilan o’zgarib turadi. Bolaning bir yoshida ko’krak qafasi konus shaklida bo’ladi.
Bolaning 12— 13 yoshlarida uning shakli katta odamnikiga uxshash bo’ladi. Ko’krak qafasining
jinsiy farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda ug’il bolalarda Ko’krak qafasidagi pastki
qovirg’alar qiz bolalarda esa yukoriga qovirg’alar ko’tariladi. Ko’krak qafasining aylanasida
ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko’krak kafasining aylanasi 1 yilda 1-2 sm,
jinsiy voyaga yetish davrida esa 11 yoshdan boshlab 2-5 sm ga ortadi. Bolaning tana og’irligi
ortishi bilan ko’krak qafasining aylanasi ham ortadi. Jinsii koyaga yetish davrida yez va kuz
oilarida Ko’krak qafasiniig aylanasi tez usadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham
bog’liq. Suzish, qayiq xaydash yaxshi ta‘sir kursatadi. Bolani partaga notug’ri utkazish, partaga
o’qragini tirab utirish natijasida ko’krak kafasi deformatsiyalanadi. Bundan tashqari turli raxit,
o’pka shamollashi ham uning
rivojlanishita salbiy ta‘sir ko’rsatadi.
Qo’l skyelyeti.
Qul skeleti yelka kamarining suyaklari-kurak va umrov, bilak, tirsak, nanja suyaklaridan
iborat. Yelka suyagi 20-25 yoshda, bilak suyagi 21-25 yoshda, tirsak suyagi 21-24 yoshda, kaft
usti suyaklari 10-13 yoshda, kaft suyaklari 12 yoshda, barmoq; falanga suyaklari 9-11 yoshda
suyaklanadi. U narsa ta‘lim-tarbiya, mehnat, jismoniy tarbiya, rasm solish va yozishda e‘tiborga
olinishi kerak.
Dostları ilə paylaş: