oyoq, gavda, nafas olish muskullari kiradi. Ular tez qisqaradi. Organizmdagi muskullarning
qisqaruvchi qismi tanasi va passiv qismi paylari bor. Skelet muskullari shakliga qarab uzun,
kalta, serbarg bo’ladi. Uzun muskullar duk shaklida bo’lib qo’l va oyoqda joylashgan. Serbarg
muskullar tanada jonlishgan. Skelet muskullari organizmga ma‘lum shakl berib turadi.
Skyelyet muskulllrining qisqarishi.
Skelet muskullari nerv tolasidan kelayotgan qo’zg’alish impulsi qisqarish bilan javob
beradi. Muskulga bitta qisqarish kelsa yakka qiskarish ruy beradi. Organizmdagi muskullarning
qisqarishi yakka qisqarishlar yig’indisidan iborat bo’ladi. Yakka qisqarishni faqatgina
laboratoriya sharoitida maxsus asbob yozib olishi mumkin. Muskullarga markaziy nerv
sistemasidan doimo impulslar uzoq qisqarib turadi. Muskullar bu impulslarga uzoq qisqarib
turadi. Nerv tolasida impulslarning tez-tez kelib turishi tufayli muskulning shu tariqa qisqarishi
tetonik qisqarish yoki tetanus deb ataladi. Tetanus ikki xil bo’ladi: tishchali va silliq tetanus.
Muskulning ishi kilogrammometrlar bilan o’lchanadi, ya‘ni yuqori ko’tarilgan yuk
og’irligini ko’tarish balandligiga ko’paytmasi bilan o’lchanadi. Muskullar statik va dinamik ish
bajaradi. Muskullarning uzoq vaqt qisqarmasdan tura olishi statik ish hisoblanadi. Dinamik ishda
muskullar yuk ko’taradi. Statik holatga tik turish kiradi. Muskullar statik ishda dinamik ishga
nisbatan kam energiya sarf qiladi. Dinamik ishda ko’p energiya sarf bo’ladi, modda almashinuvi
ortadi. Dinamik ishda muskullar kamrok charchaydi. Statik ishda muskulga qon kelishi
kamayadi, ovkatlanish susayadi. Muskullarni ish qobilyatini o’lchash uchun ergograf asbobi
qo’lloniladi. Bolaning 6- 7 yoshidan boshlab muskulning kuchi orta boradi, 8-9 yoshda muskul
kuchining ortishi ancha tez bo’ladi. Muskullar ish vaqtida yoki statik hollarda uzoq muddat
qisqarib turishi yoki bironta jismoniy ish bajarganda charchaydi. Bolaning yoshi qancha kichik
bo’lsa u shuncha tez va oson charchaydi, ayniqsa, bir turli muskul faoliyatida, harakatsiz holatda
kattalarga nisbatan tez charchaydi. Musko’llar charchashining boshlanishida markaziy nerv
sistemasining hal qiluvchi rol o’ynashini Sechanov I.M., Pavlov I.P., Vvedenskiy N.Ye. va
Uxtomskiylar A.A. o’z tekshirishlarida ko’rsatib berdilar. 7-8 yoshgacha bo’lgan bolalarda
mayda muskullarni
qisqarishining koordinatsiyasi yetarli bo’lmaganligi sababli ular aniq mayda va nozik
xarakatlarni juda qiyinlik bilan amalga oshiradilar. Shuning uchun ular tez charchaydilar. 7 -12
yoshli bolalarda harakatlarning koordinatsiyalashmaganligi tufayli tez charchash vujudga keladi.
Shuning uchun jismoniy tarbiya 40-45 minutdan ortmasligi kerak. 7 -8 yoshli bolalar katta
odamga nisbatan ko’p mayda harakatlarni bajaradilar, lekin kam energiya sarf qiladilar. 14
yoshli bolalarda nerv sistemasi va harakat apparati yetarli rivojlanmaganligi tufayli katta odamga
nisbatan 2:5 marta, 16 yoshda 2 marta ortiq charchash vujudga keladi. Bu ma‘lumotlar turli xil
jismoniy mashg’ulotlarni olib borishda, maktab oldi yer uchastkasida, ishlab chiqarishda
e‘tiborga olinishi kerak.
Jismoniy mehnat davrida ish holatini, tempini, pozasini o’zgartirish, tez-tez dam
berish, ijobiy emotsional xolatini vujudga keltirish kerak.7-8 yoshli bolalard muskullarning aniq,
nozik harakatlarni bajarish qobiliyatiga ega bo’lgan chaqqonlik bo’lmaydi. Bunday chaqqonlik
asta-sekin paydo bo’ladi. Jismoniy mashqlar harakat tezligi va chaqqonlikni orttiruvchi
omillardan biri hisoblanadi. 30 yoshdan so’ng muskul qisqarishining yashirin davri uzayadi,
harakat tezligi kamayadi. Chapaqay bolalarda chap tomondagi gruppa muskullarni maksimal
chastotasi o’ng tomondagi shunday gruppa muskullarga qaraganda yuqori bo’ladi. 7 yoshdan 16
yoshgacha xarakat tempi 1,5 martaga ortadi. O’smirlarda balog’atga yetish davrida
muskullarning kuchi tez ortadi. Bolaning 6- 7 yoshida yozuvchi muskullarining uchi bukuvchi
muskullarning kuchiga nisbatan ortiq bo’ladi. 8-10 yoshdan boshlab o’ng qo’lni kuchi ortiq
bo’ladi. Bunga sabab o’ng qo’l ko’p qon bilan ta‘minlanadi. 8-10 yoshda o’g’il bolalar o’ng
qo’lining kuchi qiz bolalardan 1-Zkg. ortiq, 13 yoshda 7 kg., 16 yoshda 15 kg., 19 yoshda 17,5
kg., 22 yoshda 18 kgga teng. Chidamlilik ma‘lum gruppa muskullarni ish qobilyatini uzoqroq
saqlash, o’ziga xoslilik bilan harakterlanadi. Yosh ortgan sayin dinamik ishga chidamlilik ortib
boradi. Chidamlilik 12-15 yoshda o’g’il bolalarda ancha ortadi.
Dostları ilə paylaş: