Tayanch iboralar


Sanoatni chiqindi suvlari va ularni tozalash usullari



Yüklə 94,5 Kb.
səhifə3/6
tarix08.02.2023
ölçüsü94,5 Kb.
#100461
1   2   3   4   5   6
Kimyo sanoatida suv,Suvni tozalash

Sanoatni chiqindi suvlari va ularni tozalash usullari.

Turli texnologik jarayonlarda ko‘plab miqdorda kimyoviy moddalarning ishlatilishi natijasida turli xil organik va anorganik birikmalar bilan ifloslangan chiqindi suvlari hosil bo‘ladi. Quyida ba’zi kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari va ularning ajratadigan chiqindi suvlarining tarkibi berilgan.




Жадвал

Chiqindi suvlarining kelib chiqish manbai

Asosiy zararli birikmalar

Mineral va anorganik tuzlar ishlab chiqarish korxonalari

Anorganik kislotalar, ishqorlar, tuzlar

Organik va neft—ximiyaviy ishlab chiqarish korxonalari

Yog‘li kislotalar, aromatik birikmalar, spirt, aldegiddar

Sintetik smolalar, polimerlar, sintetik tolalar, ishlab chiqaruvchi korxonalar

Yuqori molekulyar birikmalar, monomerlar, polimer qoldiqlari

Neftni qayta ishlovchi zavodlar, yonilg‘ini qayta (termik) ishlovchi korxonalar

Neft mahsulotlari, yog‘lar, smolalar, sirt faol moddalar

Chiqindi suvlar-bular nihoyatda murakkab, ko‘p komponentli, tarkibida eruvchan va erimaydigan, agressiv, zaxarli, yonuvchan va portlovchi moddalar tutgan suvlardir. Ko‘p hollarda ularning tarkibida o‘ta qo‘lansa hidli moddalar bo‘ladi (sulfidlar, disulfiddar, vodorod sulfid, merkaptanlar va x.k.). Kimyoviy ishlab chiqarishda ajralgan suvlarning tarkibida oson polimerlanadigan zarrachalarning mavjud bo‘lishi quvurlarni va kollektorlarning chiqindilar bilan ifloslanib, to‘lib qolishiga olib keladi. Sirt faol moddalar esa suvlarning yuzida jadal ravishda ko‘piklarni hosil qiladi.


Chiqindi suvlarning quyidagi usullar yordamida tozalash mumkin: fizik—mexanikaviy (tindirish, fil’trlash), fizik—kimyoviy (adsorbsiya, ekstraksiya, suv bug‘i bilan haydash), termik (masalan, quruq qoldiq holidagi organik qismni yondirish yoki bug‘latish), kimyoviy (neytrallash, cho‘ktirish) va biokimyoviy usullar.
Tindirish jarayoni yordamida suv tarkibidagi dag‘al dispers moddalar suv tubiga cho‘ktiriladi. Bu jarayon to‘xtovsiz ishlovchi tindirgich (betonli rezervuarlar) da olib boriladi.
Suvni to‘liq tindirish uchun suvdagi mayda zarralarni koagulyatsiyaga uchratiladi. Koagulyatsiya—geterogen sistemalarni, xususan suvdagi eng mayda loysimon zarrachalarni ajratishni eng samarali usullaridan biridir. Koagulyatsiyada tozalanayotgan suvga Аl2(SО4)3, FeSO4 elektrolitlaridan oz miqdorda koagulyant sifatida qo‘shiladi. Koagulyantlar qarama-qarshi zaryadli qo‘shimchalar bilan o‘zaro birikib, erimaydigan kolloid cho‘kmalarni hosil qilish imkonini beradi.
Filtrlash ko‘p hollarda tindirish jarayonidan so‘ng olib boriladi. Bunda suv suspenziyalardan qumli filtrlar va boshqa filtrlar orqali tozalanadi.
Kimyoviy usullar yordamida kalsiy va magniy tuzlarini yuqotish bilan suvni yumshoqligini ta’minlash mumkin. Bu usudda erimaydigan, cho‘kmaga tushadigan kalsiy va magniyning tuzlarini hosil qiluvchi reagentlar suvga qo‘shiladi. Qo‘llanilayotgan reagentga qarab: so‘ndirilgan ohak, sodali, fosfat (tri natriyfosfat), natron (o‘yuvchi natriy) usullariga bo‘lish mumkin.
Jarayon davomida quyidagi reaksiyalar boradi: 1.So‘ndirilgan ohak yordamida ishlash (vaqtinchalik qattiqlikni yo‘qotishda)



Yüklə 94,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə