Temperament haqida umumiy tushuncha


Temperamentning fiziologik asoslari



Yüklə 60,97 Kb.
səhifə2/7
tarix17.05.2023
ölçüsü60,97 Kb.
#110797
1   2   3   4   5   6   7
7-mavzu

Temperamentning fiziologik asoslari. Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog‘liq. Gippokrat ta’biricha, inson tanasida to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro (yunoncha “chole”), qon (lotincha “sanguis” yoki “sanguinis”), qora o‘t (yunoncha “melas” – qora, “chole” – o‘t), balg‘am (yunoncha – “phlegma”) kabilardan iboratdir. Uning mulohazasiga ko‘ra:

  1. o‘tning xususiyati – quruqlik, uning vazifasi tana a’zolaridagi quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutish;

  2. qonning xususiyati – issiqlik, uning vazifasi tanani isitib turish;

  3. qora o‘tning xususiyati – namlik, uning vazifasi tana namligini saqlab turish;

  4. balg‘amning (shilimshiq moddaning) xususiyati – sovuqlik, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iborat.

Temperamentning ilmiy psixologik asoslari va uning fiziologik mexanizmlari keyingi ijtimoiy tarixiy taraqqiyotning bosqichlarida yaratiladi hamda bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. Temperamentning fiziologik asoslariga o‘zining ulkan hissasini qo‘shgan olimlardan biri rus fiziologi I. P. Pavlov hisoblanadi.
I.P.Pavlov temperament ham shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlarini keltirib chiqaruvchi omillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqaradi. I. P. Pavlov ta’limoti bo‘yicha, shartli reflekslar paydo bo‘lishining individual xususiyatlari ro‘yobga chiqishining sabablari asab tizimi xususiyatlari mohiyatidandir.
Muallif asab tizimining uchta asosiy xususiyatiga alohida ahamiyat beradi, chunonchi: 1) qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish (to‘xtalish) jarayonining kuchi; 2) qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvozanatlik darajasi (asab tizimining muvozanatlashgani); 3) qo‘zg‘alishning tormozlanishi bilan almashinish tezligi (asab jarayonlarining harakatchanligi). Uning ko‘rsatishicha, har bir hayvonning temperamenti ham mazkur xususiyatlarning u yoki bunisiga aloqador bo‘lmay, balki ularning majmuaviy tarziga, qonuniy birlashuviga bog‘liqdir.
P. Pavlov shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador asab tizimi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini asab tizimining turi deb nomlaydi va uni to‘rtta turga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; ) kuchli, muvozanatli, sust; d) kuchsiz tur.
Gippokratning to‘rt xil modda (suyuqliklar) aralashmasi, ya’ni «temperament» tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, holerik, flegmatik, melanholik) ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo‘llanib kelinmoqda. Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qonning ko‘pligi bilan tavsiflanadi) sangvinik temperament deb ataladi (lotin tilidagi «sangvis» – qon so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik temperament (yunoncha «flegma» – shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganligini holerik temperament (yunoncha «hola» – o‘t so‘zidan); qora o‘t ko‘p bo‘lganda melanholik temperament deb (yunoncha «melayna hole» – qora o‘t) deb ataladi.3
Biz bola taraqqiyotini o‘rganar ekanmiz uning temperament xususiyatlarini yaxshi tushinib olishimiz lozim. Temperament nazariyalarida insonning emotsional tizimidagi farqlar bolalarning o‘z o;zini boshqarish tizimi insonning temperamentiga bog‘liq ekanligini aytib o‘tilgan.Olimlar fikriga ko‘ra temperament xuxusiyati insonning rivojlanish boshlangan davrdan shakillanadi va keyingi yillarda katta o‘zgarishlarga uchramaydi.Temperamentning ta’siri turli davrlarga shaxsga turlicha ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan bolalar sinf jamoasida o‘z temperament xususiyatlarini ancha yaxshiroq nomoyon qiladilar.O‘qituvchilar bolalarning temperament xususiyatlarini yaxshi bilishalari kerak. Chunki bu bolalar ta’lim tizimida muhim ahamiyatga ega. Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin va ularning psixologik tavsifini quyidagi jadvalda ko‘rishimiz mumkin


Yüklə 60,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə