Термиз давлат университети 5А110902 “Педагогика ва психология” йўналиши 1-курс магистранти Донаева Нозима Норбўтаевнанинг


Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)



Yüklə 63,5 Kb.
səhifə7/10
tarix01.03.2022
ölçüsü63,5 Kb.
#84206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dissertatsiya reja va kirish

Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Ushbu mavzu yuzasidan ko’plab xorijiy va mahalliy olimlar ilmiy ishlar va tadqiqotlarni olib borganlar. Jumladan O. Yespersen, A.I. Smirniskiy, V.G. Gak, V.V. Panfilov, Yu.S. Stepanov, A.V. Bondarko, V.D. Admoni, L.S. Barxudarov, V.N. Yarseva, Raximov S.R., N.A. Slyusarova, G.A Zolotova, N.Yu. Shvedova, Ye.S. Kubryakova, U.Cheyf, Yu.D.Apresyan kabi mashxur tilshunoslarning nazariy mulohazalari tadqiqotimizning daslabki metodologik asosi qilib olindi.

Mazkur dissertatsiyada ko‘tarilgan xususiy masalalar, ya’ni nutq masalalari ularning funksional-semantik va kognitiv tahlili, og’zaki nutqni rivojlantirish masalalrida ham bir qator ilmiy ish va adabiyotlar yozilgan: V.G.Admoni, Yu.D.Apresyan, I.V.Arnold, N.D.Arutyunova, J.S.Barxudarov, A.B.Bondarko, V.V.Burlakova, V.V.Vinogradov, V.A.Vinogradov, Ye.M.Volf, V.G.Gak, Ye.I.Shendels, M.M.Guxman. va boshqalarning ilmiy faraz va tavsiyalari ushbu mavzuni ochish va tahlil qilish jarayonida o’rganib chiqildi.

Mamlakatimiz tilshunos olimlaridan ushbu masalada S.R.Raximov, G.X.Bakieva, M.I.Rasulova, U.Q.Yusupov, J.Jalolov, O’.Xoshimov, I.Yaqubov, kabi chet tili o’qitish metodikasi masalalari bilan shug’ullanganlar, rus metodist olimlaridan S.F.Shatilov, G.V.Rogova, N.I.Vershagina, kabilar ushbu masalada o’z qarashlarini bildirishgan.

Jumladan dialektika va tilshunoslikning umumiy muammolaridan biri bo’lgan lakuna muammosi ham tadqiqot mavzusiga birmuncha aloqadordir. Lakuma muammosi bilan shug‘ullangan olimlar qatorida V.Gak lakunalarni “til leksik sathidagi bo‘shliqlar, bor bo‘lishi kerak bo‘lgan so‘zlarning mavjud emasligi” deb izohlaydi. Mazkur izohdan sezish mumkinki, olim til leksikasini boshqa til bilan qiyoslamasdan ham undagi lakunalarni aniqlash va baholash mumkinligini e’tirof etadi. Bu esa tildagi shevaning madaniy nutqda ishlatilish muammosiga parallel yechim sifatida o’rganilishi mumkin.

XX asrning 20-50-yillarigacha dialektal so‘zlar haqida etiborga molik tadqiqotlarni bajarish imkoniyati davr siyosiy holati tasirida birmuncha qiyin jarayon bo’lgan.

XX asrning 50-yillarining ikkinchi yarmidan dialektal so‘zlar masalasiga amaliy jihatdan e’tibor berish boshlangan. Yosh dialektolog olimlarning sheva so‘zlarini jamlagan katta-kichik ilmiy maqolalari o‘sha davr muhiti va ilmiy jurnallari darajasida e’tirof etilgan va ilmiy to‘plamlarda birin-ketin nashr etila boshlangan. Shu ilmiy to‘plamlarda bosilgan ko‘p maqolalar o‘rganilayotgan sheva(lar)ning fonetikasi va morfologiyasiga oid materiallar bilan birga shu sheva leksikasiga oid dialektal so‘zlarning talqini, tavsifi va ilmiy tahlillarga asoslangan izohlari berilgan. XX asrning 80-yillari oxirida, aniqrog‘i, 1988-yilda “Shevalar lug‘atiga kiritiladigan so‘zlar” nomli maqola va 1989-yilda “O‘zbek dialektal leksikografiyasi” nomli monografik tadqiqot katta ilmiy xodim Ahmad Ishayev tomonidan tayyorlanib, nashr etilgan.




Yüklə 63,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə