Termiz Davlat Universiteti Amaliy matimatika va intelektual texnologiyalar fakulteti Fizika yo’nalishi 322-guruh 2-kurs talabasi Abdullayevaning Madinaning Fizika òqitish metodikasi fanidan yozgan



Yüklə 105,61 Kb.
səhifə2/10
tarix30.12.2023
ölçüsü105,61 Kb.
#165774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2. fizikani o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitis-fayllar.org

Muammoli ta’lim – ta’lim jarayonini olib borishda o’quvchilar oldiga yechish uchun muammoni qo’yish orqali muammoli vaziyatni vujudga keltirish va mashg’ulot davomida uning yechimini topish. Muammo o’qituvchi tomonidan yoki o’quvchilar tomonidan qo’yilishi mumkin.
Muammoli ta’lim texnologiyalari o’quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.
Muammoli ta’lim texnologiyasining asosi insonni fikrlashi muammoli vaziyatni hal etishdan boshlanishi hamda uning muammolarini aniqlash, tadqiq etish va yechish qobiliyatiga ega ekanligidan kelib chiqadi.
Muammoli ta’lim o’quvchilarning ijodiy tafakkuri va ijodiy qobiliyatlarini oshirishda jiddiy ahamiyatga ega.
Muammoli vaziyat yaratish usullari:
O’qituvchi o’quvchilarga dars mavzusi bilan bog’liq ziddiyatli holatni tushuntirish va uni yechish yo’lini topishni taklif qilish; Bir masalaga doir turli nuqtai nazarlarni bayon qilish; Hal etish uchun yetarli bo’lmagan yoki ortiqcha ma’lumotlar bo’lgan yoki savolning qo’yilishi noto’g’ri bo’lgan masalalarni taklif etish.
Muammoli vaziyatni hal etish darajalari:
O’qituvchi muammoni qo’yadi va o’zi yechadi;
O’qituvchi muammoni qo’yadi va uning yechimini o’quvchilar bilan birgalikda topadi; O’quvchilarning o’zlari muammoni qo’yadilar va uning yechimini topadilar.
Muammoli vaziyatni yechishda qo’llaniladigan usullar:
- Muammoni turli nuqtai nazardan o’rganish, tahlil qilish;
- Solishtirish, umumlashtirish;
- Dalillarni aniqlash va qo’llash;
- Vaziyatga bog’liq xulosalar chiqarish;
- O’quvchilarning o’zlari aniq savollar qo’yishi va boshqalar.
Muammoli ta’lim bosqichlari: 1. Muammoli vaziyat hosil qilish. 2. Muammoni yechish taxminlarini shakllantirish. 3. Yechimning to’g’riligini tekshirish (olingan yechim bilan bog’liq axborotni tizimlashtirish orqali).
Muammoni hal etish bosqichlari:
1. Isbotlash – bu muammoning ilgari to’g’ri deb tan olingan sabablar bilan bog’liqlarini topish asosida amalga oshiriladi.
2. Tekshirish – buni tanlangan sababning oqibatida hal etilayotgan muammo hosil bo’lishi to’g’riligini asoslash bilan amalga oshiriladi.
3. Tushuntirish – bu muammoning yechimi nima uchun to’g’riligini tasdiqlovchi sabablarni aniqlash asosida amalga oshiriladi
Muammoli ta’limni amerikalik psixolog, faylasuf va pedagog D.Dyui 1894 yilda Chikagoda tashkil etgan tajriba maktabida qo’llagan. XX asrning 60 yillarida bu yo’nalishda tadqiqotlar olib borildi. 70-80 yillarga kelib, amaliyotga keng joriy etildi. Muammoli o’qitishni chuqur o’rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo’lib, uning asosida “Tafakkur- muammoli vaziyatdan boshlanadi”-degan g’oya yotadi.
Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o’qitish g’oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.Ya.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan.
Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko’rinishga ega.
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo’yilishi.
3. Muammoning yechimini topish.
Muammoli vaziyatni o’quv mashg’ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko’p shakllantirish o’qituvchiga bog’liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o’quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o’quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o’rgatadi.
Muammoli ta’lim o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi.
Muammoli o’qitish jarayonida beriladigan topshiriqlar o’quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo’yicha topshiriqlar beriladi.
Bunda:
• nostandart masalalarni tuzish bo’yicha;
• shakllantirilmagan savol bilan;
• ortiqcha ma’lumotlar bilan;
• o’zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish;
• yo’riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish;
• olingan natijalarni qo’llash chegaralarini va darajalarini aniqlash;
• hodisaning namoyon bo’lish mexanizmini aniqlash;
• «bir lahzada» topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda yechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi Muammoni qo’yish, ma’lumotlar fondini to’plash, qayta ishlash, yechim modelini aniqlash, qo’shimcha ma’lumotlar to’plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o’rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir. Fizika o'qitishdagi muhim metodlardan biri eksperimental metodlar bo'lib, bunda namoyishli tajriba, laboratoriya ishlari va boshqalarni qo'yishni takomillashtirish zaruriyati borligini ko'rsatadi. Chunki amalda laboraratoriya ishlari va namoyishli tajriba samarali tashkil etilmaydi.
Fizika o'qitishda eksperimental metodi o'zining yuqori darajali ko'rgazmaliligi bilan pedagogik jihatdan eng yaxshi samara beradigan metod hisoblanadi. O'quvchilar o'rganilayotgan fikaviy hodisalar, tushunchalar, qonuniyatlarning juda qo'pchilik qismini namoyish texnikasi va metodikasiga javob beruvchi puxta ishlab chiqilgan tajribalar sistemasisiz yaxshi o'zlashtira olmaydi. Bu narsa amalda pedagog va psixolog olimlar tomonidan mukammal o'rganilgan bo'lib, eshitish, yozish, ko'rish va bajarish orqali uzoq vaqt bilimlarni yodda saqlash mumkin ekanligi isbotlangan.
Umumiy o'rta ta'lim maktablarida fizik tajribalarni quyidagi turlarga bo'linadi: o'qituvchining namoyish tajribasi:

laboratoriya ishlari;


frontal tajribalar;
fizikaviy praktikum ishlari;
eksperimental tajribalar;
sinfdan tashqari tajribalar va boshqalar.
Umumiy o'rta ta'limning fizika eksperimentining bu hamma turlari o'quvchilarning bilish faoliyatidagi onglilik, qo'rgazmalilik, faollik prinsiplarini va fizikaga qiziqishlarini oshishiga yordam beradi. Albatta tajribalarning hamma turlari bilan hal qilinadigan umumiy masalalardan tashqari, har bir tur tajriba o'z maqsadiga ko'ra o'ziga xos texnikasi va o'tkazish metodikasiga ega. Umumiy o'rta ta'lim maktablari 8-sinfi Fizika darsligida "Elektr zaryad" mavzusini tushuntirishda hozirda amalda qo'llanilib kelinayotgan elektr bo'limidan "Elektrometrik kuchaytirgich yordamida elektrostatikaning asosiy tajribalarini bajarish" nomli laboratoriya ishidan o'quvchilarga berilayotgan bilimlarni yanada chuqurroq o'zlashtirishlari uchun qo'shimcha namoyish tajribasi sifatida foydalanish mumkin.
O'quv materialini takrorlashda namoyish tajribalarning o'rni juda katta. Takror o'tkazilgan tajribalar o'quvchilarga avval o'rganilga materialni xotiralarida yaqqolroq tiklash, fizikaviy hodisalar va qonuniyatlar mohiyatini chuqurroq bilib olish, o'rganilayotgan ob'ektlarning avval e'tibordan chetda qolgan hususiyatlarini payqab olish imkonini beradi.
Istalgan namoyishli tajribaning pedagogik samadorligiga ya'ni uni o'quvchilar to'la idrok qilishlari va anglashlariga faqat ma'lum namoyishli tajribalar ko'rsatish metodikasidagina erishish mumkin. O'quv materialini darsda bayon qilish bilan namoyish tajribasi o'rtasidagi bog'lanish dastlabki uslubiy talablardan bir hisoblanadi. Bunday bog'lanishni amalga oshirish uchun namoyishli tajribalar qisqa muddatli bo'lishi kerak. Xuddi shuning uchun ham namoyishli tajribalarning ko'pchiligi sifat jihatidan ko'riladi (ularni mashg'ulotlarda o'tkazish uchun miqdor jihatdan ko'riladigan tajribalarni qo'yilishiga nisbtan ancha kam vaqt talab qilinadi). Namoyishli tajriblar qisqa muddatli bo'lishiga qaramay ular nihoyatda ishonchli va tushunarli bo'lishi lozim. Namoyish tajribalarning bu muhim sifatlari asosan ularni qo'yish texnikasiga bog'liq.
Namoyish texnikasi namoyish tajribalarini o'tkazish uslubi bilan chambarchas bog'liqdir. Namoyish texnikasi deganda xavfsizlik texnikasiga rioya qilinganda namoyishli tajribaning eng katta samarasini va uning o'quvchilar tomonidan bevosita idrok qilinishini ta'minlovchi shart-sharoitlar tushuniladi.


Yüklə 105,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə