Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalar fakulteti amaliy matematika ta



Yüklə 81,31 Kb.
səhifə1/5
tarix11.12.2023
ölçüsü81,31 Kb.
#146126
  1   2   3   4   5
SHOXOBIDDIN QO`SHINMCHA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TALIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
AXBOROT TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI

AMALIY MATEMATIKA TA’LIM YO‘NALISHI
II BOSQICH 202-GURUH TALABASI
FAYZIYEV SHAXOBIDDINNING
Algoritmik tillar va dasturlash”fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
MAVZU: OTM kafedrasi professor o‘qituvchilarning yillik yuklamasini taqsimlash tizimi.

ILMIY RAHBAR: GULOMQODIROV KOMILJON ALISHEROVICH


TERMIZ 2023
Reja:
Kirish.
I.Bob. C# TILI VA UNING IMKONIYATLARI
1.1. C# dasturlash tilining yaratilish tarixi.
1.2. C# dasturlash tili alfaviti.
1.3C# tilida takrorlash operatorlari.
II.Bob. OTM kafedrasi professor o‘qituvchilarning yillik yuklamasini taqsimlash tizimini ishlab chiqish.
2.1. Oliy ta’lim muassasasi professor o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt meyorlari.
2.2 Oliy ta’lim muassasasi professor o‘qituvchilarning o‘quv- uslibiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz - shogird”ishlarini turlari.
2.3.Dastur kodi va olingan natijalar.
Xulosa.
Foydalangan adabiyot va sayitlar.

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: XX asrning 80 - yillaridan oldin ishlab chiqilgan kompyuterlar uchunkatta dasturiy sistemalarni ishlab chiqish juda ham mushkul vazifa edi. Buning eng katta sababi shu davrga xos bo’lgan kompyuterlarning imoniyatlarining chegaralanganidadir. Dasturiy komplekslarni ishlab chiqishda asosiy cheklanishlar kompyuter tezkor xotirasining sig’imi, ma’lumotlarni ikkilamchi xotira qurilmalaridan (magnit lentalar, barabanlar va x.k.) o‘qish tezligi,prostessorning ishlash tezligi (ularning takt chastotalari bir necha yuz
mikrosekund bo‘lgan) bilan bog‘liq. Bu davrdagi kompyuterlar xalq
ho‘jaligining hisob-kitob bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarini yechish uchun
mo‘ljallangan edi. Kompyuterlarda boshqa xarakterdagi masalalarning
yechishning iloji yoq edi. Dasturchilar uchun shu kompyuterlarda
yechilayotgan masala uchun berilgan ma’lumotlarni hisobga olgan holda
masalaning yechish algoritmini ishlab chiqish birinchi o‘rindagi vazifa
hisoblangan. Bu borada N. Virtning mashhur ma’lumotlar+algoritm=dastur
formulasini yodga olish yetarli.
80-yillardan keyin ishlab chiqilgan kompyuterlarning imkoniyatlari
kengayib, ishlab chiqarish narxi keskin pasaygani tufayli ulardan foydalanish
samarasi ortib bordi. Natijada, dastlab matn va grafiklar uchun muharrirlari
ishlab chiqildi, keyinchalik multimedia qurilmasi yordamida tovushli
ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatlari ham paydo bo‘ldi. Kompyuter
tasviriy imkoniyatlarining kengayishi foydalanuvchilar uchun qulay bo‘lgan
grafik muloqot interfeysini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Natijada yuqori
murakkablikdagi katta amaliy dasturlarni yaratish foydali hamda zarur bo‘lib
qoldi. Dasturiy vositalarni ishlab chiqish uchun qurol sifatida yuqori bosqichli
algoritmik tillardan foydalanildi. Bu dasturiy vositalar dasturchi va dasturchilar
guruhi imkoniyatlarini kengaytirib, dasturiy mahsulotlarning murakkablik
darajasining ortishiga ham sabab bo‘ldi. Kompyuter tillari oʻz-oʻzidan emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliqlikda mavjud boʻladi. Har qanday yangi til u yoki bu shaklda oldingi yaratilgan tillarning xossalarini oʻziga meros qilib oladi, yaʼni ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada bitta tilning imkoniyatlari boshqalari tomonidan foydalaniladi (masalan, yangi xususiyatlar mavjud kontekstga birlashtiriladi, tilning eski tuzilishlari esa oʻchirib yuboriladi). Kompyuter tillarining evolyutsiyasi shunday tarzda roʻy beradi va dasturlash mahorati takomillashtiriladi. C# tili yuqoridagilardan istisno emas, u boshqa dasturlash tillarining koʻplab foydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng koʻp qoʻllaniladigan ikkita kompyuter tillari — C, C++, shuningdek Java tili bilan uzviy bogʻliqdir. C# tili 1972 yilda Nyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richie tomonidan yaratilgan. Bu til oʻzini shunchalik yaxshi koʻrsatdiki, oxir oqibatda unda Unix operatsion tizimlarining 90 % yadro kodlari yozildi (oldin quyi darajadagi til assemblerda yozilgan). C# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan, (Pascal ulardan eng mashhuri hisoblanadi), yetarli darajada muvaffaqiyatli foydalanilgan, lekin aynan C# tili dasturlashning zamonaviy davri boshlanishini belgilab berdi. 1960-yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga olib kelgan inqilobiy oʻzgarishlar C# tilini yaratish uchun asosiy imkoniyatlarni belgilab berdi. Strukturaviy dasturlashlarning paydo boʻlishiga qadar katta dasturlarni yozish qiyin boʻlgan, satr kodlari miqdorining oshishi sababli dasturlarning oʻtish joylari chalkash massalariga aylanib ketishiga olib keladi. Strukturaviy tillar dastur tuzuvchi instrumentariysiga shartli operatorlarni, lokal oʻzgaradigan tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qoʻshib bu muammoni hal qildi. Shunday tarzda nisbatan katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi. Aynan C# tili kuch, elegantlik va maʼnodorlikni oʻzida muvaffaqiyatli birlashtirgan birinchi strukturaviy til boʻldi. Uning boʻlishi mumkin boʻlgan xatolar masʼuliyatini tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda koʻplab tarafdorlarini topdi. Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni oʻz oʻzidan anglashiladigan deb hisoblaymiz, lekin S da birinchi marotaba dastur tuzuvchiga zarur boʻlgan ajoyib yangi imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada 1980 yillardan boshlab S strukturaviy dasturlash tillari orasida eng koʻp foydalaniladiganlaridan biri boʻlib qoldi. Biroq, dasturlashning rivojlantirish choralariga koʻra bundanda kattaroq dasturlarni qayta ishlash muammosi kelib chiqmoqda. Loyiha kodi maʼlum bir hajmga yetgan zahoti (uning raqamli ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan instrumentlarga bogʻliq boʻladi, lekin taxminan 5000 satr kodlari nazarda tutilayapti) S-dasturlarini tushunish va kuzatib borishda qiyinchiliklar yuzaga keladi.


Yüklə 81,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə