Termiz davlat universiteti axborot texnologiyalar fakulteti amaliy matematika ta


II.Bob. Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlari



Yüklə 81,31 Kb.
səhifə3/5
tarix11.12.2023
ölçüsü81,31 Kb.
#146126
1   2   3   4   5
SHOXOBIDDIN QO`SHINMCHA

II.Bob.
Oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me’yorlari
OTM professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmi qanday hisoblanadi?
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirining “Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i loyihasi joylashtirildi. Hujjat bilan oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, tashkiliy va ma'naviy-ma'rifiy ishlarini belgilash qoidalari tasdiqlanishi mumkin. Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilar tarkibining o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlarini belgilash qoidalariga ko‘ra, oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilari tarkibi (bundan buyon matnda professor-o‘qituvchilar deb yuritiladi) mehnatini normalashtirish har o‘quv yili uchun professor-o‘qituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (fakultet dekani) tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlarining turlari kiritiladi. Ish turlari professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalarida to‘liq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o‘quv yili yakunida faqat mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi. O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor-o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin. Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o‘quv yuklamasi hamda ilmiy-uslubiy va “Ustoz-shogird” (Tyutorlik) ishlari:to‘liq shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida;to‘liq shtatda bo‘lmagan va o‘rindosh sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida; shuningdek, mehnatga haq to‘lashning soatbay shartlari asosida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi ushbu Qoidalarga muvofiq shakllantiriladi. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasining bajarilishi muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta'lim muassasalarida o‘quv bo‘limi (o‘quv-uslubiy boshqarma) va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan nazorat qilib boriladi. Professor-o‘qituvchilarning (madaniyat va san'at yo‘nalishlari o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etadigan konsertmeysterlarning) o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasiga kiritilgan, uning asosiy qismi bo‘lgan o‘quv yuklamasining soatlardagi hajmi nazarda tutilgan Oliy ta'lim muassasasi professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasi hajmini hisoblashning vaqt me'yorlarida belgilangan ish turlaridan kelib chiqib, professor-o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida hisoblanadi. Professor-o‘qituvchilarning egallab turgan lavozimlari bo‘yicha o‘quv yuklamasi hajmi fakultet dekani (kafedra mudiri)ning taklifiga muvofiq oliy ta'lim muassasasining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. O‘quv yuklamasi bo‘yicha hisoblangan soatlar hajmi oliy ta'lim muassasasining shtat birliklari sonini hamda professor-o‘qituvchilarning oylik maoshlarini belgilash uchun asos bo‘lmaydi. Shtat birliklari professor-o‘qituvchilarning talabalar soniga nisbati bo‘yicha, oylik maoshi esa xarajatlar smetasi bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 133-son qarori bilan tasdiqlangan Ijodiy ta'tillar berish tartibi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan normalarga muvofiq olib borilayotgan ilmiy-metodik va ilmiy-tadqiqot ishlarini rag‘batlantirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning o‘quv ishlari yuklamasi hajmi kafedra yig‘ilishining qaroriga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Bunda professor-o‘qituvchilarning tegishli o‘quv yuklamasining muayyan qismi kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasiga qo‘shimcha ravishda taqsimlanadi.Ma'ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda (ma'ruza mashg‘ulotlari hajmi ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda) oliy ta'lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma'ruza mashg‘ulotlarini o‘tishga ruxsat beriladi. Professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma'ruza, amaliy (yakka), seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Kafedraga sohaning yetakchi mutaxassislari (akademiklar va professorlar) jalb etilganda, ushbu o‘quv soatlari hajmiga oliy ta'lim muassasasi Kengashi qaroriga muvofiq o‘zgartirish kiritish mumkin.1.O‘quv (ma’ruza, amaliy, seminar, yakka va laboratoriya) mashg‘ulotlarini o‘tkazish.O‘quv mashg‘ulotlari o‘quv rejaga muvofiq bir akademik soatdan (45 minut) yoki tanaffussiz ikki akademik soatdan (80 minut) o‘tkaziladi. Bunda amaliy va seminar mashg‘ulotlari talabalar soni, odatda, 25 nafargacha talaba bo‘lgan akademik guruhlarda; ma’ruza mashg‘ulotlari, odatda, 100 nafardan oshmagan birlashgan akademik guruhlarda
Dastur kodi va olingan natijalar

Yüklə 81,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə