Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə223/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
 
 
 
2-masala 
Jadval ma‘lumotlari asosida firmalarning qaysi birini dempingni tatbiq etishda 
ayblash mumkin: 
Mahsulot birligi 
tannarxi, doll. 
Ichki narx, doll. 
Eksport narx, doll. 
A firma
100 
100 
110 
B firma
100 
120 
110 
C firma
100 
90 
105 
 
Yechish: 
Javob topish uchun dempingning mohiyatini esga olamiz. Demping – bu 
tovarlarni ularning tannarxidan pastroq narxda yoki ichki bozordagiga nisbatan 
yanada pastroq narxda eksport qilish. Jadvaldan ko‗rinib turganidek, S firmasi 
mahsulotlarining ichki narxi uning tannarxidan past, ya‘ni bu firma dempingni 
qo‗llaydi.
 
Mustaqil ishlash uchun masalalar 
1.AytaylikF mamlakatda bir dona Z tovarni ishlab chiqarishga 10 soat, bir dona W 
tovarni ishlab chiqarishga esa 15 soat sarflanadi. Ushbu tovarlarni ishlab chiqarish 
bo‗yicha V mamlakat nisbatan pastroq unumdorlikka ega, ya‘ni bir ona mahsklot 
ilab chiqarish hajmi Z tovar uchun 19 soat, W tovar uchun 45 soatni tashkil qiladi. 
Ushbu mamlakatlar o‗rtasida ikki tomon uchun ham manfaatli bo‗lgan savdoni 
yo‗lga qo‗yib bo‗ladimi? Agar mumkin bo‗lsa har bir mamlakat qaysi tovarni 
eksport qilishini izohlab bering. 
2.A mamlakatda X tovarga talab funksiyasi D = 100-10P, taklif funksiyasi esa
S= -50 +20 P ko‗rinishga ega. B mamlakatda esa X tovarga talab funksiyasi D = 
50- 5P, taklif funksiyasi esa S = 20 +10 P ko‗rinishga ega. Agar tovar eksporti va 
importi faqat shu ikki davlat o‗rtasida ro‗y beradi deb hisoblasak, savdo aloqalari 
o‗rnatilganidan so‗ng X tovarning jahon bozoridagi narxi va sotilish hajmi qancha 
bo‗ladi? 


240 
3.
A mamlakat X tovarni 60 AQSh dollarga, ya‘ni jahon bozori baholarida eksport 
qiladi. Bu mamlakatda X tovarga talab va uning taklifi egri chiziqlari funksiyasi 
quyidagicha: 
Q

= 400- 5P; Q

= -50 +5 P 
Bitta tovarga 10 dollarlik eksport boji kiritilishidan oldin va so‗nggi eksport 
hajmini aniqlang. Eksport boji kiritilishidan davlat oladigan daromad va 
iste‘molchilar ko‗radigan manfaatni aniqlang. 
4.
Mamlakat hukumati shakar importiga 1 kg. shakar uchun 0,02 dollarlik tarif 
kiritishga qaror qildi. Jahon bozorida 1 kg. Shakar narhi 0,1 dollar. Shakar ishlab 
chiqarishning ichki hajmi erkin savdo sharoitida yiliga 6 mln. kg.ni, tarif 
kiritilganidan so‗ng esa 8 mln. kg.ni tashkil etadi. Shakar iste‘mol qilishning ichki 
hajmi erkin savdo sharoitida yiliga 22 mln. kg.ni, tarif kiritilganidan so‗ng esa 20 
mln. kg.ni tashkil etadi. Mamlakatga shakar importi tarif kiritilgunga qadar 16 
mln. kg.ni, tarif kiritilganidan so‗ng esa 12 mln. kg.ni tashkil etadi. 
Hisoblang: 
a) shakar importiga tarif kiritilishi natijasida mazkur mamlakat aholisi ko‗radigan 
yo‗qotishlarni; 
b) mamlakat ishlab chiqaruvchilarining bu tadbirdan ko‗radigan yutuqlarini; 
v) shakar importiga tarif kiritilishi natijasida davlat budjeti daromadlarining 
qanchaga ko‗payishini; 
g) importni cheklash natijasida mamlakatda turmush darajasidagi sof yo‗qotishlar 
miqdorini. 
5.
Hukumat avtomobil importiga bir yilda 600 birlik miqdorida kvota 
belgiladi. Avtomobillarga jahon bahosi 6000 doll. Kvota joriy etilgandan 
so‗ng mamlakatdagi ichki narx 7000 doll. Erkin savdo sharoitlarida 
avtomobillar ishlab chiqarishning ichki hajmi bir yilda 1200 birlikni, kvota 
joriy qilingandan so‗ng esa bir yilda 1400 birlikni tashkil etdi. Erkin savdo 
sharoitlarida ichki iste‘mol bir yilda 2200 birlikni, kvota joriy qilingandan 
so‗ng esa bir yilda 2000 birlikni tashkil etdi. Quyidagilarni aniqlang:
 
a) kvota joriy qilinishidan ishlab chiqaruvchilarning yutug‗i;
b) ushbu chora qo‗llanganda iste‘molchilar yo‗qotishlari; 
v) davlat budjeti daromadlari;
g) milliy farovonlikdagi sof yo‗qotishni.


241 
6.
Mamlakat bolalar trikotajini eksport qiladi. Uning jahon bozoridagi 
bittasining bahosi 3 doll. Mamlakatda ushbu mahsulotning taklif egrisi
quyidagi tenglamada keltirilgan S = 800 + 200P, talab egrisi esa: D = 700 - 
200P. Mamlakatda eksport tarifi joriy qilingandan so‗ng 1 mahsulotga ichki 
narx 2 doll. bo‗ldi. Eksport tarifining quyidagi ta‘sirini aniqlang:
a) iste‘molchilarning farovonligini;
b) ishlab chiqaruvchilarning daromalari (yo‗qotish), eksport hajmi;
v) davlat budjeti daromadlari; 
g) milliy farovonlikdagi sof yo‗qotishni; 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə