78
o‘sishi yoki pasayishi tahlil qilinib, xulosa chiqariladi. Ular yordamida davlat
o‘z iqtisodiy siyosatini belgilaydi. Bu tizimga kiruvchi turli xil ko‘rsatkichlar,
birinchidan,
bizga ma‘lum vaqt oralig‘idagi ishlab chiqarish hajmini hisoblash
va milliy iqtisodiyotning faoliyat yuritishiga bevosita ta‘sir qiluvchi omillarni
aniqlash imkonini beradi.
Ikkinchidan,
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimi,
milliy mahsulot va uning tarkibiy qismlari harakatining barcha
bosqichlarida, ya‘ni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste‘mol
bosqichlarida ko‘rgazmali shaklda aks ettirish imkonini beradi. Nihoyat,
uchinchidan,
mazkur ko‘rsatkichlar tizimi mavjud resurslar va ulardan
samarali foydalanish darajasini, iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari
o‘rtasidagi mutanosiblik va muvozanatlik holatini aks ettiradi.
Butun milliy iqtisodiyotning holatini tavsiflovchi muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar – yalpi ichki mahsulot (YAIM), sof milliy mahsulot (SMM),
milliy daromad (MD), aholi daromadlari (AD), ishchi kuchi bandligi, ishsizlik,
inflyatsiya va boshqa shu kabilar hisoblanadi. Bu ko‘rsatkichlar moddiy
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi barcha xo‘jaliklar iqtisodiy
faoliyatining umumiy va pirovard natijalarini qamrab oladi
49
.
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari
Jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining muntazam
ravishda yangilanib va takrorlanib turishi ijtimoiy takror ishlab chiqarish
deyiladi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish ikki ko‘rinishda amalga oshirilishi mumkin:
oddiy va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish.
Dostları ilə paylaş: