Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va 
makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko‘plab 
infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir
47
.
Milliy xo‘jalikning 
tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi. 
Makrodarajada qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi quyidagilar 
o‘rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo‘ladi: 
- mavjud ishlab chiqarish resurslari;
- resurslarning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy 
sub‘ektlar o‘rtasidagi taqsimot hajmi;
- iqtisodiy sub‘ektlarning ishlab chiqarish hajmlari;
- milliy mahsulotning ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste‘mol 
qilish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari.
Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini sodda ko‘rinishda quyidagi chizma 
orqali tasvirlash mumkin. 
Milliy iqtisodiyotni barqaror va samarali rivojlantirish o‘ta murakkab jarayon 
bo‘lib, u uzoq muddatli, har tomonlama o‘ylab olib boriluvchi iqtisodiy siyosatga 
asoslanadi. CHunki, iqtisodiy rivojlanishda turli beqarorlik holatlari, inqirozlar ruy 
berib turadi. Jumladan, 2008 yilda AQSHda boshlangan jahon-moliyaviy iqtisodiy 
47
McConnell, Campbell R. Economics : principles, problems, and policies 17th ed. 2008 page 131 


77 
inqirozi ham milliy iqtisodiyotimizga o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qolmadi. Bunday 
ta‘sir quyidagi holatlar orqali namoyon bo‘lmoqda: 
birinchidan, mamlakatimiz eksport qiladigan mahsulotlar (qimmatbaho va 
rangli metallar, paxta, uran, neftь mahsulotlari, mineral o‘g‘itlar va boshqalar)ning 
jahon bozoridagi narxlarining keskin tushib ketishi natijasida eksportdan 
olinadigan daromad hajmining pasayib ketishi; 
ikkinchidan, umuman dunyo bozoridagi talabning keskin tushib ketishi 
oqibatida mahsulot sotish hajmining qisqarishi; 
uchinchidan, jahondagi investitsion faollikning pasayishi natijasida uzoq 
muddatli investitsion loyihalarimizni amalga oshirish muddatlarining kechikishi va 
h.k. 
Makroiqtisodiyot
 
– bu mamlakat miqyosida iqtisodiyotning o‘zaro aloqada va 
ta‘sirda harakat qiladigan sohalari, tarmoqlari, hududiy tuzilmalarini bir butun qilib 
birlashtirgan milliy xo‘jalik tizimidir

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə