Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 O‗zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

3. O‗zbekiston iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda makroiqtisodiy 
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yondashuvlaridan foydalanish. 
O‗zbekiston o‗z mustaqilligining dastlabki yillarida bozor iqtisodiyotiga 
o‗tishning o‗ziga xos yo‗lini tanlab, uni izchil amalga oshirishi natijasida, Mustaqil 
Davlatlar Hamdo‗stligidagi boshqa ko‗plab mamlakatlardan farqli ravishda, ishlab 
chiqarish va aholi turmush darajasining keskin pasayib, davlatning ichki va tashqi 
qarzlari haddan ziyod oshib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikka erishdi.
O‗zbekiston iqtisodiyoti 2000-2003 yillar davomida yiliga 3,8–4,2 foiz o‗sish 
darajasida o‗rtacha sur‘atlar bilan rivojlandi. Qulay ishchan muhit yaratish, ishlab 
chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan 
iqtisodiy 
islohotlarni 
chuqurlashtirish 
jarayonlarining 
natijasi 
sifatida 
mamlakatimiz iqtisodiyoti 2004 yildan e‘tiboran yiliga 7–9 foiz darajasidagi yuqori 
va barqaror o‗sish sur‘atlarini namoyish qila boshladi. 
Jahon iqtisodiyotida saqlanib qolayotgan murakkab vaziyat va dunyo 
bozorlarida yuzaga kelgan noqulay kon‘yunkturaga qaramasdan, mamlakatimiz 
iqtisodiyoti so‗nggi yillarda ham yuqori sur‘atlarda o‗sishda davom etdi. Xususan, 
2015 yil yakuni bo‗yicha mamlakatimizda yalpi ichki mahsulot hajmining real 
o‗sishi 2014 yilga nisbatan 7,9 foizni, 2016 yil yakuni 2015 yilga nisbatan 6,2 
foizni, 2017 yil yakuni 2016 yilga nisbatan 5,2 foizni tashkil etdi (9.3.1-rasm). 
2017-2021 yillarda O‗zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‗nalishlari bo‗yicha Harakatlar Strategiyasi qabul qilingan o‗rta 
muddatli dasturlar asosida makroiqtisodiy muvozanatni saqlash, tarkibiy va 
institutsional o‗zgartirishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning 
yuqori o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. 


74 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə