Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


 ―Resurslar-tovarlar va xizmatlar‖ hamda ―daromadlar –xarajatlar‖ning



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

2. ―Resurslar-tovarlar va xizmatlar‖ hamda ―daromadlar –xarajatlar‖ning 
doiraviy oqimi modeli. 
Har qanday iqtisodiy tizimda tovarlar va xizmatlarni takror ishlab chiqarish 
umumiy jarayonini resurslar, tovar va xizmatlar, daromadlar hamda xarajatlarning 
doiraviy oqimi modeli ko‗rinishida tasavvur qilish mumkin. Bu sodda model 
makroiqtisodiy tahlil asosini tashkil etadi. Faqat xususiy mulkka tayangan ( ya‘ni 
davlat ishtiroki mavjud bo‗lmagan) yopiq iqtisodiyotda bunday doiraviy oqimi
firmalar va uy xo‗jaliklari o‗rtasida amalga oshiriladi. 
Uy xo‗jaliklari ishlab chiqarish uchun zarur bo‗lgan barcha iqtisodiy 
resurslarni resurslar bozoriga etkazib beradilar, korxonalar esa bu resurslarni sotib 
olib turli xil mahsulotlarga, xizmatlarga aylantiradilar, so‗ngra esa ularni tayyor 
mahsulotlar va xizmatlar bozoriga etkazib beradilar. Ayni paytda ―resurslar - 
tovarlar va xizmatlar‖ oqimiga qarama qarshi yo‗nalishda ―daromadlar - 
xarajatlar‖ning ham doiraviy oqimi amalga oshiriladi. Ya‘ni, uy xo‗jaliklari o‗zlari 
etkazib bergan iqtisodiy resurslar evaziga daromad oladi hamda ularni tovarlar va 
xizmatlar iste‘mol qilish uchun sarflaydilar yoki aksincha korxonalar resurslar 
uchun sarf-xarajatlar qiladilar hamda tayyor mahsulotlarni sotish evaziga daromad 
oladilar. 
9.2.1-rasm. Sof bozor iqtisodiyoti sharoitida ―resurslar-mahsulotlar‖ va 
―daromadlar–xarajatlar‖ning doiraviy aylanishi modeli.
43
 
Resurslar hamda tovarlar va xizmatlar oqimi jami taklifni, daromadlar va 
xarajatlar oqimi jami talabni ko‗rsatadi. Davlat ishtiroki mavjud bo‗lmagan yopiq 
43
Djumaev Z.A. ―Makroiqtisodiyot‖ fanidan O‗quv-uslubiy majmua.-T.: TDIU.-2014 y. 


72 
iqtisodiyotda yalpi talab va yalpi taklifning o‗zaro teng bo‗lishi firmalarning yalpi 
sotuvi, yoki yalpi ishlab chiqarishi hajmi uy xo‗jaliklarining yalpi daromadlari, 
yoki yalpi daromadlariga teng bo‗lishi shaklida namoyon bo‗ladi. 
Bu ko‗rsatkichlar o‗rtasidagi tenglikning buzilishi ishlab chiqarishning 
pasayishi, inflatsiya va ishsizlik darajalarining ko‗tarilib ketishiga sabab bo‗ladi. 
Davlat aralauvi mavjud bo‗lgan iqtisodiyotda bu model ancha murakkab ko‗rinish 
oladi.
Bunday iqtisodiyotda resurslar - tovarlar va xizmatlar, daromadlar- 
xarajatlarning uzluksiz harakati ham bozor mexanizmlari orqali, ham davlat 
aralashuvi bilan ta‘minlanadi. Bunda hukumat ishlab chiqaruvchilar va 
iste‘molchilarning harakatini bevosita boshqarmaydi, balki resurslar va tovarlar 
bozorlarida qatnashish orqali ularning iqtisodiy faoliyatiga qulay sharoitlar 
yaratadi. Davlat korxonalar va uy xo‗jaliklarini soliqqa tortish bilan birga 
korxonalarga subsidiyalar berish, aholiga transfert to‗lash orqali ularning ishlab 
chiqarish imkoniyatlari va xaridga qodir talablariga ta‘sir etadi. Ayni paytda davlat 
resurslar bozoridan hamda tovarlar va xizmatlar bozorida sotib oluvchi sifatida 
ishtirok etadi. Davlat o‗z ishtiroki bilan firmalarning ishlab chiqarish hajmlari va 
uy xo‗jaliklarining tovarlar va xizmatlar xarid qilish miqdolari to‗g‗risidagi 
qarorlari o‗zaro mos kelmagan hollarda ro‗y beradigan iqtisodiy tebranishlarni 
tartibga solib turadi. Ochiq iqtisodiyot sharoitida doiraviy oqimlar modeli yanada 
murakkablashadi. Endi unda to‗rtinchi makroiqtisodiy sub‘ekt- tashqi dunyo ham 
paydo bo‗ladi. 
Chet el investitsiyalarinig kiritilishi va xorijga investitsiya qilish, eksport va 
import operatsiyalari shu jumladan moliyaviy bozor orqali jamg‗armalarning 
investitsiyalarga oqib o‗tishi va moliyaviy mablag‗larning qayta taqsimlanishini 
e‘tiborga olsak ko‗rib o‗tilgan model mukammal emasligiga iqror bo‗lamiz. Ammo 
shu ko‗rinishda ham bu model makroiqtisodiy jarayonlarni yaxlit holda tasavvur 
qilishga imkon beradi. Doiraviy oqimlar modelidan chiqariladigan xulosa shuki, 
davlat, firmalar, uy xo‗jaliklari va tashqi dunyoning yalpi xarajatlari yalpi ishlab 
chiqarish hajmiga teng bo‗lishi resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimlari (ya‘ni real 
oqim) bilan daromadlar va xarajatlar oqimlari ( ya‘ni pul oqimlari) o‗zaro teng 
bo‗lishining asosiy shartidir Yalpi xarajatlar hajmining oshishi ishlab chiqarish 
hajmlari va ish bilan bandlilik darajasining o‗sishiga olib keladi . Bu esa o‗z 
navbatida yalpi daromadlarning oshishiga sabab bo‗ladi. Kattaroq hajmdagi yalpi 
daromadlar unga mos hajmdagi yalpi xarajatlarni belgilab beradi. Sabab oqibat 
bog‗lanishlari o‗rin almashishi tufayli doiraviy oqimlar modeli doiraviy aylanish 
ko‗rinishini oladi. Iqtisodiyot barqaror rivojlanib borishi uchun yalpi xarajatlar 
to‗xtovsiz o‗sib borishi shart. Bu vazifa budjet-soliq siyosati vositalari bo‗lgan 


73 
soliqlarni hamda davlat xarajatlarini o‗zgartirish hamda pul-kredit siyosati 
vositalari yordamida mul massasini o‗zgartirish orqali bajariladi.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə