Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Ish haqi – ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va 
unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi 
ifodasidir
38
.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan 
chambarchas bog‘liqdir. CHunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat 
sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me‘yori bilan iste‘mol 
me‘yori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ta‘minlashdan iboratdir. 
Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki 
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. SHu 
sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. 
Nominal ish haqi – bu ma‘lum vaqt 
davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
Misol uchun, 
mexanika zavodi ishchisi yanvarь oyida 200 ming so‘m, fevralь oyida 190 ming 
so‘m, mart oyida 220 ming so‘m ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi. 
Real ish haqi – bu nominal ish haqi summasining qanchalik tovarlar va 
xizmatlar miqdorini sotib olishga etadigan quvvatidir
. Boshqacha aytganda real 
ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyatidir. O‘z-o‘zidan aniqki, 
real ish haqi nominal ish haqi miqdoriga va xarid qilinadigan tovarlar (va 
xizmatlar) narxiga bog‘liq. SHunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil 
bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri mutanosibdir va iste‘mol buyumlari va 
38
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014. page 
614 


61 
xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini 
formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: 
Р
V
V
н
p


bu erda: V

– real ish haqi; V

– nominal ish haqi; R – iste‘mol buyumlari va 
xizmatlarning narx darajasi. 
Nominal ish haqi ishchining ishlab topgan pul daromadi darajasini, real ish 
haqi esa uning iste‘moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. 
Ish haqi aholi daromadlarining asosiy tarkibiy qismlaridan birini tashkil qilib, u 
istiqbolda ham o‘zining etakchi rolini saqlab qoladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə