57
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda davlatning
jamiyat a‘zolari ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun cheklangan
iqtisodiy resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta‘minlovchi, umumiy
iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab
chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha faoliyati tushuniladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi
iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikni ta‘minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va
xalqaro maydonda mustahkamlash va uni o‘zgarib turuvchi sharoitga moslashtirish
hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalaridan
quyidagi ikki turini ajratib ko‘rsatish
mumkin:
1)
bozor tizimining samarali amal qilishiga imkon tug‘diruvchi huquqiy asos
va ijtimoiy muhitni ta‘minlash;
2)
raqobatni himoya qilish.
Davlatning boshqa vazifalari iqtisodiyotni
tartibga solishning umumiy
tamoyillaridan kelib chiqadi. Bu erda
davlatning uchta vazifasi
alohida
ahamiyatga ega:
1)
daromad va boylikni qayta
taqsimlash;
2)
resurslarni qayta taqsimlash;
3)
iqtisodiyotni barqarorlashtirish, ya‘ni iqtisodiy
tebranishlar vujudga
keltiradigan inflyatsiya va bandlilik darajasi ustidan nazorat qilish hamda iqtisodiy
o‘sishni rag‘batlantirish.
3. Davlatning iqtisodiyotga ta‘sir qilish usullari va vositalari
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi.
Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
-
bevosita ta‘sir qilish usullari;
-
bilvosita ta‘sir qilish usullari;
-
tashqi iqtisodiy usullar.
Markazdan boshqarish tartibi ustun bo‘lgan
mamlakatlarda davlatning
iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta‘sir qilish usullari ustun bo‘lsa,
bozor iqtisodiyoti esa asosan iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan
bog‘langan. SHu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning
davlat sektori
mavjud. Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning
davlat shakliga asoslanib, u
asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:
1) ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan
tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;
2) davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba‘zi hollarda yaxlit
tarmoqlarni barpo etish;
3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aktsiyalarini
sotib olish va
aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish.
58
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga
ustunlik beriladi. U davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o‘z ifodasini topadi.
Dostları ilə paylaş: