Reja: Ijtimoiy normalar tizimi



Yüklə 23,73 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü23,73 Kb.
#152417
ijtimoiy normalarning umumiy va o\'ziga xos hususiyatlar


IJTIMOIY NORMALARNING UMUMIY VA O'ZIGA XOS HUSUSIYATLAR
Reja:

Ijtimoiy normalar tizimi


Ijtimoiy normalar tushunchasi va ularning tasnifi
Ijtimoiy normalarning umumiy, o’ziga xos xususiyatlari va narmativ tartibga solishning turi sifatida
Ijtimoiy normalar tizimida huquqning o’rni

Ijtimoiy normalar tizimi - bu jamiyatda kishilar xulq-atvorini, muayyan guruh va jamoalar doirasidagi munosabat­larni tartibga soluvchi ijtimoiy normalar hamda ularning tabiat bilan o‘zaro aloqalarini qat’iy belgilovchi ij­timoiy-texnik normalar majmuidir.


Jamiyatda amal qiladigan barcha normalar ikki katta guruh – ijtimoiy va texnik guruhlarga bo‘linadi. Mazkur bo‘linish tartibga solish predmetiga asoslanadi. Agar ij­timoiy normalar kishilar xulq-atvori va ular o‘rtasidagi munosabatlarni tar­tibga soladigan bo‘lsa, texnik normalar esa odamlar bilan tashqi dunyo, tabiat, texnika o‘rtasidagi munosabatlarda shu vazifani bajaradi. SHu jihatdan olganda, texnik normalar “inson va mashina”, “inson va meh­nat quroli”, “inson va ishlab chiqarish” tipidagi, ya’ni inson bilan uni o‘rab turuvchi jonsiz predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi deyish mumkin. Ijtimoiy normalar tizimi - bu jamiyatda kishilar xulqatvorini, muayyan guruh va jamoalar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qoidalar majmuidir.
Ijtimoiy norma - bu kishilar hamda ularning jamoalari o‘rtasidagi muayyan munosabatni tartibga soluvchi xulq-atvor qoidasidir.
Ijtimoiy normalarning quyidagi turlari mavjud:
1 ) axloq normalari;
2 ) siyosiy normalar;
3) diniy normalar;
4) korporativ normalar;
5) urf-odat normalari;
6 ) an’ana normalari;
7) huquq normalari va boshqalar.

Axloq normalari - adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlik, ezgulik va yovuzlik, maqtov va isnod, jamiyat tomonidan rag‘batlantiriladigan yoki qoralafladigan xatti-harakatlar, or-nomus, vijdon, burch, qadr-qimmat kabilar ko‘rinishida ijtimoiy hayot sharoitlarining bevosita ta’siri sifatida kishilar ongida shakllanadigan qarashlar, tasavvurlar va qoidalardir.


Siyosiy normalar - jamiyatni boshqarish jarayonida siyosiy hokimiyat subyektlarining o‘zaro va shaxslar bilan bo‘ladigan munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalar. Ayni paytda jamiyatda yuz beradigan siyosiy tortishuvlarni hal etishda siyosiy normalar bilan birga huquq normalarining ham o‘rni va roli muhimdir. Shu bilan birga, bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari ta’siri ostida insonlarning fikrlari, qarashlari ozgarib bormoqda. Huquq ham siyosiy mazmun kasb etib qolmoqda. Biroq siyosiy va huquqiy normalar o'rtasida muvozanat bo‘lishi zarur».
Diniy normalar - shaxslarning ibodatga, muayyan din hukmron mafkura bo'lgan mamlakatlarda esa o‘zaro muomalasiga oid munosabatlarni ham tartibga solishga qaratilgan qoidalar.
Korporativ normalar - shaxslarning muayyan uyushmalari, guruhlari doirasida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan xulq-atvor qoidalari. Xususan, jamoat tashkilotlari ichki vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish va o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etish. maqsadida korporativ normalarni ishlab chiqadi. Korporativ normalar muayyan bir jamoat tashkilotining rahbar organlarini shakllantirish va ularning faoliyat ko'rsatish tartibi, vakolatlari, tashkilot a’zolarining huquqlari, majburiyatlari va boshqalar to‘g‘risidagi normalar bo'lib, ular faqat o‘sha tashkilot a’zolariga nisbatan joriy etiladi va faqat ular uchun majburiy ahamiyat kasb etadi.
Urf-odat normalari - kishilar o‘rtasida ko‘p marta takrorlanganligi sababli odatga aylangan va shu tariqa avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xulq-atvor qoidalari. Urf-odatlar muayyan ijtimoiy muhitda tarkib topib, avloddan-avlodga o‘tib yuradigan xulq-atvor qoidalari sifatida kishilarning tabiiyhayotiy ehtiyoji ko‘rinishida maydonga chiqadi va qayta-qayta takrorlanish natijasida ular uchun odatiy hoi bo‘lib qoladi. An’anaviy normalar - jamiyatda qaror topgan ilg'or, ijobiy an’analarni asrash munosabati bilan yuzaga keladigan umumlashgan va barqaror xulq-atvor qoidalari. An’analar kishilar avlodlari o‘rtasidagi vorisiylikning xilma-xil bog‘lanish yo'nalishlari sifatida, kattalar tajribasi yoshlar tomonidan o‘zlashtiriladigan uzatish mexanizmi sifatida maydonga chiqadi.
2.Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi va ularning tasnifi
M a’lumki, jamiyat - bu kishilar o'rtasidagi o‘zaro harakatlarning mahsuli, ular hayotining ma’lum bir tashkiliyligi, mohiyati jihatidan kishilar va ularning guruhlari o‘rtasidagi turli xil (iqtisodiy, fuqarolik, oilaviy, ma’naviy, mehnat, diniy va boshqa) munosabatlar va aloqalar yig'indisidir.
Ijtimoiy munosabatlar - ijtimoiy subyektlar o‘rtasidagi hayotiy ne’matlarni taqsimlash, moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish yuzasidan kelib chiqadigan aloqalardir. Ijtimoiy munosabatlarning quyidagi turlari mavjud: milliy, etnik, guruhiy, shaxsiy va boshqalar. Ijtimoiy munosabatlar faqat ijtimoiy subyektlar, ya’ni shaxslar va ularning uyushmalari o‘rtasida yuzaga keladi. Shu jihatdan olganda, insonning o‘zi yaratgan sun’iy obyektlari va tabiat ne’matlari (o'simlik va hayvonot dunyosi)dan foydalanishini ijtimoiy aloqalar sifatida tavsiflab bo‘lmaydi.
Ijtimoiy munosabatlar deganda jamiyatda kishilar o‘rtasida yuzaga keladigan ongli, maqsadga yo‘naltirilgan aloqalar tushuniladi.
Ijtimoiy munosabatlar kishilarning ozaro mavhum aloqalari emas. U moddiy va ma’naviy madaniyatda o‘z ifodasini topgan kishilarning bir-biriga ta’siri, muloqoti, qiziqish va ehtiyojlarining uyg'unlashuvi, fikr va e’tiqodlarining qiyoslashuvi, faoliyat va tajriba almashuvi natijasidir. Muloqotda kishilarning ratsional, emotsional va erkin tarzda bir-biriga ta’siri, kayfiyatlari va qarashlari shakllanadi, turmush va xulq-atvor tarzi, odatlar, qiliqlar o'zlashtiriladi, ahillik, hamkorlik kabi guruhiy yoki ij'timoiy faoliyatini ifodalovchi xislatlar yuzaga keladi. «Ijtimoiy munosabatlar», «normativ tartibga solish», «ijtimoiy normalar» kabi kategoriyalar davlat va huquq hodisalarini, xususan, huquqning funksiyalari va vazifalarini yanada teranroq anglashda muhim ahamiyatga egadir. Jamiyat a’zolari o'rtasidagi munosabatlar nafaqat huquq normalari bilan, balki boshqa ijtimoiy normalar bilan ham tartibga solinadi. Ayni paytda shaxslarning texnik obyektlardan, hayvonot va o'simlik dunyosidan foydalanishi bilan bog‘liq masalalar sof ijtimoiy normalar bilan tartibga solinmaydi.
3. Ijtimoiy normalarning umumiy, o’ziga xos xususiyatlari va narmativ tartibga solishning turi sifatida
Ijtimoiy normalar o'zaro umumiy jihatlar bilan birgalikda o‘ziga xos xususiyatlarga ham ega. Buni huquq va axloq normalarining o‘zaro nisbatida ham ko‘rib chiqish mumkin.
Huquq va axloqning umumiyligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - ular birgalikda normativ tartibga solish tizimini tashkil etuvchi ijtimoiy normalardan iboratdir; - falsafiy nuqtai nazardan huquq va axloq - ijtimoiy-iqtisodiy,/madaniy va boshqa omillar bilan bir xil darajada bog‘liq bo‘lgan ustqurma kategoriyalardir; - huquq va axloq mavjud ijtimoiy munosabatlardan iborat birdan-bir boshqarish obyektiga ega hamda ularning har ikkalasi ham shaxslar va ularning jamoalariga yo'naltirilgan; - huquq va axloq normativ hodisalar sifatida shaxslarning zarur va mumkin bo‘lgan xatti-harakatlari chegaralarini belgilaydi hamda shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni uyg'unlashtirish vositasi sifatida maydonga chiqadi; - inson faoliyatini tartibga soluvchi omil sifatida ular shaxs irodasining erkinligi va xatti-harakatlarini tanlash imkoniyatlariga asoslanadi.
- huquq va axloq oxir-oqibatda bir xil vazifa, ya’ni ijtimoiyhayotni tartibga solish va takomillashtirish, unga tashkiliy asoslarni kiritish, adolat va insonparvarlik tamoyillarini qaror toptirish vazifalarini ko‘zda tutadi.
M a’lumki, jamiyat kishilar o'rtasida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlar tizimidan iborat. Ushbu tizim o‘z doirasiga turfa xil munosabatlarni qamrab olgan murakkab jamlanmadir. Bunday murakkablik va turfa xillik ijtimoiy munosabatlar bilan o‘zaro ta’sirli aloqada bo‘lgan hodisalardan ham xuddi shunday mutanosiblikni talab etadi. Shunday ijtimoiy hodisalardan biri huquqdir.

Huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi regulyator bo‘lib, uning bu xususiyati ijtimoiy munosabatlar bilan bo‘ladigan muntazam aloqadorlikni ta’minlaydi. Ijtimoiy munosabatlar xilma-xil, biroq shunga qaramay ular ma’lum darajada ixtisoslashadi, mazmunan muayyan guruhlarga birlashadi. Ushbu obyektiv jarayonni parallel ravishda ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquq ham o‘z boshidan kechirishini kuzatishimiz mumkin. Ya’ni umummajburiy xulq-atvor, yurishturish qoidalari ham tegishincha guruhlanadi, tizimlanadi va yaxlit huquqni tashkil etadi.


Ijtimoiy normalar tizimida huquqning o’rni
Jamiyatda normalarning ikki tizimi mavjud: 1) texnikaviy; 2) ijtimoiy.
Texnikaviy normalar “ inson-mashina” munosabatlarini tartibga soladi. Ijtimoiy normalar-odamlar va ularning birlashmalari o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi umumiy xulq-atvor qoidalari bo`lib, ular “ inson-inson” munosabatlarini tartibga soladi.
Axloq va huquq. Axloq-kishining jamiyatdagi xulqini normativ tartibga soluvchi usullardan biridir. Axloq-ijtimoiy ong shakllaridan biri, shu bois butun ijtimoiy ong singari uning ham tuzilishi bir xil emas. Axloqning alohida xususiyati shundan iboratki, axloq normalariga amal qilish jamoatshilik fikri orqali ta`minlanadi. Huquq – ma`lum yuridik shakllar, ya`ni manbalarda-qonun, farmon, qaror va huquqda namoyon bo`luvchi ijtimoiy xulq-atvor qoidalarining qat`iy ifodalangan tizimidir. Axloq yozilmagan hulq-atvor qoidalari majmuidan, huquq normalari yozilgan xulq-atvor qoidalari yig`indisidan iborat. Axloq va huquq o`rtasidagi asosiy farq:
1) Huquq normalari davlat tomonidan belgilangan va ruxsat etilgan bo`ladi, axloq normalari esa davlatning yordamisiz o`z-o`zidan shakllanadi;
2) Huquq normalarida davlat irodasi, axloq normalarida esa jamoatchilik fikri ifodalanadi;
3) Huquq normalari davlatning majburlov kuchi bilan, axloq normalari esa jamoatshilik fikri orqali amalga oshiriladi;

4) Axloq normalari keng doirani, huquq normalari esa tor doirani qamrab oladi.


5) Huquqda xulq-atvorni baholash mezoni “ qonuniy-noqonuniy”, axloqda “halol-nohalol”deb qabul qilingan.
6) Huquq normalari aniq ko`rinishga ega.
Huquq normalarining tuzilishi. Huquq normasi –davlat tomonidan belgilanadigan, kafolatlanadigan va bu muhofaza qilinadigan barcha uchun majburiy xulq-atvor qoidalaridir. Huquq normasi tuzilishiga ko`ra ush tarkibiy qismdan tashkil topgan.
1. Gipoteza – huquq normasining tarkibiy qismi bo`lib, unda norma amal qila boshlaydigan, ijro etiladigan sharoitlar bayon etiladi. Masalan, sudning fuqarolik ishlari bo`yicha arizalarni qabul qilishni rad etishga asos bo`luvchi gipotezali huquq normalari: da`vogarning bahslarni qonunda belgilangan tartiblarga rioya etib, dastlab suddan tashqari hal etishi, ishning ushbu sudga dahldor emasligi, layoqatsiz shaxs tomonidan ariza berilishi.
2. Dispozisiya – huquq sub`yektining yuridik muhim ahamiyatga ega bo`lgan hatti-harakati mazmunini ochib beradigan huquq normasining tarkibiy qismi. Agar gipoteza hokimiyat ko`rsatmasini qo`llashga farmon bersa, dispozisiya o`zida yuridik normalarning asosini aks ettiradi.
3. Sanksiya – huquq normasini bajarmaganlik uchun davlat organlari qo`llaydigan majburlov chorasi. Uning turlari: hayfsan, jarima, ozodlikdan mahrum etish. Huquq normasi quyidagilarni belgilab beradi: 1) kim, nimani va qashon qilishi kerak-dispozisiya; 2) bu harakatni qaysi sharoitlarda amalga oshirish kerak-gipoteza; 3) huquq normasi bajarilmasligining oqibatlari qanday – sanksiya.

Huquq (yuridik ma’noda) - bu davlat tomonidan himoya qilinadigan, o'zida erkinlik, tenglik va adolat tamoyillarini ifodalaydigan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy xulq-atvorqoidalari yig’indisi.



Fopydalanilgan adabiyotlar

2.Saydullayev Sh.A. “Davlat va huquq nazariyasi”: darslik. - Toshkent: TDYU, 2021.


1.Odilqoriyev.X.T.“Davlat va huquq nazariyasi”: darslik. - Toshkent: Adolat, 2018-yil.
Yüklə 23,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə