Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‘shib olib borish
11

Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‘ich bo‘g‘ini bo‘lmish korxona va 
firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub‘ektlarning xatti-harakati, 
xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va 
boshqa resurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to‘lashning, 
talab va taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‘rganish markaziy o‘rin 
tutadi. 
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta‘minlash asosida milliy 
iqtisodiyotning to‘laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug‘ullanadi. Milliy 
mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi 
masalalari bu tahlil ob‘ekti bo‘lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va 
makroiqtisodiyot o‘zaro bog‘langan va bir-biri bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘ladi. 
Induktsiya va deduktsiya
bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro 
bog‘liqlikdagi fikrlash usulidir. 
Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga 
qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga 
tomon harakati deduktsiya deb ataladi.
Misol uchun, biz «A» korxonadagi 
ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat 
unumdorligining oshishiga olib kelganligini guvohi bo‘ldik, deb faraz qilaylik. 
Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tegishli bo‘lgan «ishchilar ish haqining 
oshirilishi, boshqa sharoitlar o‘zgarmagani holda, mehnat unumdorligining 
oshishiga olib keladi», degan umumiy xulosa chiqarishimiz 
induktsiyadir

Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, 
alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz 
deduktsiyani
anglatadi. 
Iqtisodiy jarayonlarni o‘rganish va tahlil qilishda

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə