28
Narx va talab hajmining o‘zgarishi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlikni
ko‘rsatuvchi bu chiziq talab egri chizig‘i deyiladi
18
.
Talab miqdoriga narxdan tashqari ta‘sir qiluvchi omillar. Talab hajmining
o‘zgarishi faqat tovar narxiga emas, balki boshqa bir qator omillarga ham bog‘liq
bo‘ladi. Bu omillar talabning narxdan tashqari omillari deyiladi
19
.
Talabga narxdan tashqari quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi:
1) iste‘molchining didi;
2) bozordagi iste‘molchilar soni;
3) iste‘molchining daromadlari;
4) bir-biriga bog‘liq tovarlarning narxi;
5) kelajakda narx va daromadlarning o‘zgarishi ehtimoli.
Daromadlar o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari bog‘liqlikda o‘zgaradigan
tovarlar past toifali tovarlar deyiladi.
Iste‘molchilar daromadi va ular tomonidan sotib olinadigan tovarlar miqdori
o‘rtasidagi bog‘liqlik nemis iqtisodchisi va statisti Ernst Engelь (1821-1896)
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. SHunga ko‘ra, iste‘molchi
daromadi bilan u
tomonidan sotib olinishi mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik Engelь qonuni deyiladi.
O‘zaro bir-birini almashtiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan
boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi to‘g‘ri bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan,
sariyog‘ narxining oshishi margaringa bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi.
Sariyog‘ narxining pasayishi esa margaringa bo‘lgan talabni kamaytiradi.
O‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi tovarlardan birining narxini o‘zgarishi bilan
boshqasiga bo‘lgan talabning o‘zgarishi teskari bog‘liqlikda bo‘ladi. Masalan, agar
avtomobilning
narxi oshsa, benzinga bo‘lgan talab qisqaradi. Aksincha,
avtomobilning narxi tushsa, benzinga bo‘lgan talab oshadi.
5. Kelgusida iste‘molchi daromadlari, tovar narxi o‘zgarishining kutilishi va
tovarlar miqdorining etarli bo‘lishi yoki bo‘lmasligi
kabi omillar talab hajmini
o‘zgartirishi mumkin. Kelgusida narxning nisbatan oshishining kutilishi,
iste‘molchi joriy talabining oshishiga olib keladi. Aksincha, narxning pasayishi va
daromadning ko‘payishining kutilishi tovarlarga bo‘lgan
joriy talab hajmining
qisqarishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: